telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagog xodimlarni tayyorlash bo‘limi

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Bo‘limlar » Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik xodimlarni tayyorlash bo‘limi

 Ilmiy tadqiqot ishlari doirasida “Eqonomtrika” kafedrasi professor-o’qituvchikari 2012-2016 yillarga mo’ljallangan “O’zbekiston iqrisodiyotida investisiyalarning tarmoqlararo taqsimlanishini ekonometrik modellashtirish uslubiyotlarini takomillashtirish” mavzusida umumiy hajmi 57 mln. so’mlik bo’lgan fundamental loyiha ishlarini olib borishmoqda. Shuningdek “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” kafedrasi professor-o’qituvchikari F-1-57 «Miliy iqtisodiyotni innovasion rivojlantirish uslubiyotini ishlab chiqishda axborotlashgan jamiyatning ta’siri» mavzusida bir nechta ilmiy tadqiqot ishlari chop etilgan. Jariy yilda professor B.A. Begalov va I.E. Jukoskayalar tomonidan “Место и роль информационно-коммуникационных технологий в экономическом росте” mavzusida monografiya chop etilgan. 2015-2016 o’quv yilida i.f.n. A. Abdurahmonov Evropa Ittifoqining Erasmus Mundus dasturinig CANEM (Central Asian Network of Economics and Management) loyihasi doirasida Italiyaning Genuya universitetida postdoc darajasida malaka oshirdi.

 Fakultetimizda fan, ta’lim va ishlab chiqarish o’rtasida innovatsion  korporativ hamkorlik yo’lga qo’yilgan.  Fakultet kafedralarida innovatsion guruxi a’zolari tarkibi tuzilgan. Xar bir kafedrada 4 tadan ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.

 Fakultеt jamoasi muntazam ravishda rеspublikamizda o’tkazilayotgan “Innovat-sion g’oyalar, tеxnolgiyalar va ishlanmalar” yarmarkasida va “Milliy AKT sammiti”, “Best Soft-Uzbekistan” va “ICTExpo” dasturiy mahsulotlarning milliy ko’rgazmalarida “Multimеdiya” markazi tomonidan yaratilgan dasturiy maxsulotlari bilan faol ishtirok etib kеlmoqda. O’tgan 2016 yilda fakultеtning 4-kurs, “Kasb ta’limi (iqtisodiyot)” ta'lim yo’nalishi talabasi Jalolova Nilufar Ravshanhon qizi “Navoiy” nomli davlat stipеndiyasi sohibi bo’ldi.

 Shuningdek fakultetning "Informatika va axborot texnologiyalari" ta'lim yo’nalishi sobiq talabasi Jahongir Shukurov O’zbekiston Respublikasi Aloqa bankining "Talabalarning eng yaxshi ilmiy innovasion loyihasi" tanlovida "Hazonlarni qayta ishlash va ulardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish" mavzusidagi innovasion loyihasi bilan ishtirok etib, "Aloqa bank"ning 10 000 000 so’mlik grantini qo’lga kiritdi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va "O’zsanoatqurilish bank" hamkorligida  "Eng yaxshi innovasion biznes g’oya" tanlovi o’tkazilda. Tanlovda fakultetning sobiq 4-kurs talabalari A. Salixov va J.Shukurovlar Uzsanoatqurilish bankning  300000 so’mlik sovg’asi va kelgusida Uzsanoatqurilish bankda faoliyat olib borish xuquqini qo’lga kiritdilar.

Fakultetning  xalqaro aloqalari:

  • Mara Axborot texnologiyalari universiteti (Malayziya);
  • Breman universiteti (Germaniya);
  • Xalqaro axborotlashtirish akademiyasi;
  • Notingent universiteti (Buyuk Britaniya);
  • Mons  Politexnika universiteti (Belgiya);
  • Moskva davlat universiteti;
  • Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti;
  • Moskva iqtisodiyot, statistika va informatika davlat universiteti va boshqalar.

E'lonlar

Bizga murojaat