telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Infratuzilmani rivojlantirish va logistika

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Kafedralar » Infratuzilmani rivojlantirish va logistika

  Kafedra mudiri

  Kucharov Abror Sobirjonovich

 

  Qabul vaqti

  900 - 1600

 

  Telefon

  (0 371) 239-28-58

 

  E-mail

  gazeta@tdiu.uz

 

  Veb-sayt

  www.tdiu.uz www.logistika.kaf.uz

 

 

Kafedra tarixi

Kafedra 1993-yili «Xalqaro transport munosabatlari va bojxona ishi» nomi bilan tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Soliq va bojxona tizimini malakali kadrlar bilan a'minlash to‘g‘risida»gi 1995-yil 2 maydagi 175-sonli farmoniga asosan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshida «Eksportni davlat tomonidan tartibga solish va bojxona ishi» kafedrasi tashkil etildi. Respublikamizda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, xalqarotransport munosabatlarini rivojlantirish, bojxona xizmatini xalqaro huquq asosida takomillashtirish vazifalaridan kelib chiqib kafedraning nomi 2001-yildan «Tashqi iqtisodiy faoliyatda bojxona va transport munosabatlari», 2003-yilda «Bojxona ishi va logistika», 2005-yildan «Bojxona ishi» kafedrasi deb, 2011-yil 1-noyabrdan kafedra “Logistika va infratuzilmani rivojlantirish” deb nomlandi. Hozirda kafedra “Infratuzilmani rivojlantirish va logistika” nomi bilan faoliyat yuritmoqda.

 

O‘quv-uslubiy ishlar

Kafedra tomonidan ta'lim yo'nalishlari va mutaxassiliklarda o‘qitiladigan ixtisoslik fanlari ro‘yxati

 1. Logistika

 2. Ishlab chiqarish logistikasi

 3. Omborxona logistikasi

 4. Transport logistikasi

 5. Tijorat logistikasi

 6. Tashqi iqtisodiy faoliyatda transport tashuvlari

 7. Innovatsion logistika

Kafedra tomonidan 5230400 - «Marketing(logistika)», 5230200-“Menejment (kichik biznes va tadbirkorlik) bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlari va 5A230403-«Logistika» va 5A230501 “Bojxona ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)” magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlanadi.

Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan quyidagi o‘quv uslubiy adabiyotlar nashr etilgan:

1. Logistika 2015-yil Qoriyeva Y.K. O`quv qo`llanma

2. Bojxona taomillari 2015-yil Tillaxo`jayev B.T. Kucharov A.S. O‘quv qo‘llanma

3. Transport logistikasi 2016-yil Boyev O.X. O‘quv uslubiy majmua

4. Xalqaro logistika 2016-yil Xo‘jayev F.E. Po‘latxo‘jayeva D.M. O‘quv uslubiy majmua

5. Logistika infratuzilmalari 2016-yil Boboxo‘jayev G‘.N. O‘quv uslubiy majmua

6. Logistikani modellashtirish 2016-yil Qoriyeva Y.K. O‘quv uslubiy majmua

7. Logistikani boshqarish 2016 yil Qosimova M.S. O‘quv uslubiy majmua

8. Bojxona logistikasi 2016 yil Xo‘jayev F.E. Po`latxo`jayeva D.M.O`quv qo`llanma

9. Bojxona ishi 2016-yil Xo‘jayev F.E. Po‘latxo‘jayeva D.M.O‘quv qo‘llanma

10. Kichik korxonalar iqtisodiyoti 2016-yil Muratov R.S. O‘quv uslubiy majmua

2016-2017-oʻquv yili uchun kafedrada oʻqitiladigan barcha fanlar boʻyicha oʻquv-uslubiy majmualar yangilanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi. Oʻquv yili davomida ular takomillashtirib borilmoqda. Jumladan, qabul qilingan yangi qonun, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari hamda amaldagi qonunlarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar e’tiborga olinib oʻquv-uslubiy majmualar yangilanib, zamonaviy oʻquv adabiyotlari bilan boyitib borilmoqda.

Kafedra pedagog-xodimlari malaka oshirish jarayonida egallagan tajribalari asosida ma’ruza va seminar mashgʻulotlarida pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanib kelmoqdalar.

  

 

Kafedraning innovatsion faoliyati

Bakalavriatning «Marketing (logistika)» yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar 4-kurs davomida bitiruvoldi amaliyotini o’taydilar.

Amaliyot O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot tashkilotlari va xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning bo’limlarida o’tkazmoqdalar.

Kafedra logistik markazlar bilan xo’jalik shartnomalari asosida ularning ish faoliyati uchun ishchi hujjatlar to’plami va uslubiyoti materiallari yaratib bermoqda.

 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Yoshlar orasida ijtimoiy-siyosiy hamda mafkuraviy dunyoqarashni yuksaltirish, ma’naviyatimizga, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuygʻusini shakllantirish, yoshlarning qalbi va ongi, sogʻlom tafakkuri uchun kurashish taqozo etilayotgan bugungi kunda ma’naviy-ma’rifiy ishlarga alohida e’tibor qaratish, ma’naviyatni yoshlar ongiga singdirish kafedra tomonidan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning oʻzagini tashkil etadi.

O`quv yili davomida mashhur fan, madaniyat xodimlari va siyosatchilarning talabalar bilan muloqatlari uyushtirilib kelinmoqda.

E'lonlar

Bizga murojaat