telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Innovatsion-integratsioan faoliyat

You are here

Bosh sahifa » Faoliyat » Innovatsion-integratsioan faoliyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2016-yil 30-dekabr kuni mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish borasidagi topshiriqlari, 2017-yil 14-yanvar kuni mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida belgilab bergan ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida shakllangan ilmiy salohiyat hamda vazirlik, qo‘mita, tashkilot va korxonalarda mavjud amaliy tajribalardan birgalikda foydalanish orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining strategik yo‘nalishlarini fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi orqali samarali amalga oshirish maqsadida hozirgi kunda 41 ta korxona va tashkilotlar bilan innovatsion-korporativ hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Innovatsion hamkorlik o‘rnatilgan 41 ta tashkilot va korxonalar 126 ta tarkibiy bo‘linmalarini hamkorlik uchun tavsiya qildilar.

17 ta mutaxassislik kafedralarida 62 ta innovatsion guruh shakllantirildi.

Innovatsion guruhlarga jami 117 nafar professor-o‘qituvchi, 24 nafar katta ilmiy xodim izlanuvchi, 6 nafar mustaqil izlanuvchi, 77 nafar magistrant, 246 nafar bakalavriat talabalari jalb qilindi.

Korxonalar jami 283 ta muammoli mavzularni tavsiya qildi.

Korxonalar tavsiya qilgan muammoli mavzular asosida 64 ta doktorlik dissertatsiyalari, 163 ta magistrlik dissertatsiyalari va 271 ta bitiruv malakaviy ishlari mavzulari shakllantirildi.

 

Innovatsion-korporativ hamkorlik o‘rnatilgan korxona va tashkilotlar ro‘yxati

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi

O‘zbekiston Auditorlar Palatasi

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

Toshkent shahar hokimiyati

O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi

"O‘zdonmahsulot" AJ

"O‘zeltexsanoat" AK

"O‘zbekengilsanoat" AJ

"O‘zavtosanoat" AJ

«O‘zkimyosanoat» AJ

“O‘zbekenergo” AJ

“Uzbeklizinginternational” AJ

“O‘zbekoziqovqatxolding” Xolding kompaniyasi

"Toshkentvino kombinati" AJ

"O‘zagrosug‘urta" AJ

"O‘zagrokimyohimoya" AJ

“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ

"Asia Aliance bank"

"Hamkorbank" Chet el kapitali ishtirokidagi bank

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki

"Agrobank" aksiyadorlik-tijorat banki

Aksiyadorlik tijorat "Xalq banki"

"Qishloqqurilishbank" aksiyadorlik tijorat banki

"Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki

"Fayz" Xolding kompaniyasi

“AL RAMI” qo‘shma korxonasi

“O‘zbek-Turk test markazi” qo‘shma korxonasi MChJ

“Norma Hamkor” MCHJ

“O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi”

bmi_md_bazasi.pdf

korhona_va_tashkilotlar_ruyhati.pdf

yangi_bmi_md_mavzulari_15._04._2017.pdf

 

E'lonlar

Bizga murojaat