telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

“Iqtisodchi” gazetasi

You are here

Bosh sahifa » Nashrlar » “Iqtisodchi” gazetasi

  Bosh muharrir

  Qo‘shbaqov Aybek Shovqiyevich

 

  Qabul vaqti

  900 - 1600

 

  Telefon

  (0 371) 239-28-22

 

  E-mail

  gazeta@tdiu.uz

 

  Veb-sayt

  www.tdiu.uz

 

“Iqtisodchi” gazetasi 1958-yildan buyon chop etib kelinmoqda. Gazetada universitetda o‘tkazilayotgan tadbirlar, xalqaro aloqalar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlarning ilmiy va ijodiy ishlariga oid maqolalari, universitet hayoti, o‘quv jarayoni hamda respublikamiz iqtisodiyotiga oid o‘zgarishlar haqida xabarlar, yangiliklar muntazam yoritib kelinadi.

Shuningdek, TDIU “Kamolot” YOIH boshlang‘ich tashkiloti, Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti, Kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyati haqidaпш xabarlar, turli ko‘rlik-tanlovlar va ularning natijalari, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy mavzudagi tadbirlar va sport yangiliklari chop etilmoqda.

“Iqtisodchi” gazetasi har oyda bir marotaba sakkiz sahifada 2051 nusxada nashr qilinadi.

“Iqtisodchi” oylik gazetasi Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan 2006-yil 29-dekabrda, 02-007-sonli guvohnoma bilan ro‘yxatga olingan. “Iqtisodchi” gazetasining muassisi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Gazeta tahririyati o‘z faoliyatining tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beradigan, muassis tomonidan tasdiqlangan tahririyat Nizomi asosida ish yuritadi.

Tahririyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeski, O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa amaldagi qonunlar, qonun osti hujjatlariga, shuningdek, o‘z Nizomiga amal qiladi. “Iqtisodchi” oylik gazetasi o‘zbek tilida chop etiladi.

 

Tahririyatning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, qonun osti hujjatlari, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hayotini va tezkor ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini yoritib borish;
  • O‘zbekiston Respublikasi, shuningdek, chet ellarda ro‘y berayotgan eng muhim siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy voqealarni yoritib borish;
  • respublikamizda kechayotgan islohotlarning amalga oshirilishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning borishi va madaniy hayotini keng yoritib borish;
  • universitet talabalari va yoshlarini vatanparvarlik, mamlakat mustaqilligiga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuksak axloqiy-ma’naviy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish;
  • gazetani belgilangan tartibda chiqarish.

Tahririyat ushbu maqsadlarga erishish uchun:

  • E’lon qilinayotgan maqolalarni yuksak professional darajada bo‘lishini, obektiv va haqqoniy bo‘lishini ta’minlaydi;
  • Har bir xodim salohiyatining to‘la namoyon bo‘lishiga erishish maqsadida ijodiy jamoada sharoit va muhit yaratadi;
  • Ijro, mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlaydi;
  • Xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini bajarilishi uchun zarur bo‘lgan texnika va boshqa vositalar bilan ta’minlaydi.

 


iqtisodchi_2017-yil_01-02-son.pdf

iqtisodchi_2017-yil_3-son.pdf

E'lonlar

Bizga murojaat