telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Iqtisodiy tahlil va audit kafedrasi

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Kafedralar » Iqtisodiy tahlil va audit kafedrasi

 

  Kafedra mudiri

  Mukumov Zafar Avazmurotovich

 

  Qabul vaqti:

  1400 - 1600

 

  Telefon:

  (0 371) 239-28-16

 

  E-mail:

 kafita@tdiu.uz

 

  Veb-sayt:

  www.tdiu.uz

 

 

“Iqtisodiy tahlil va audit” kafеdrasining tarixi

Toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеtining «Audit» kafеdrasi «Buxgaltеriya hisobi va audit» fakultеti qoshida 1996-yilda tashkil topgan, 2010-yildan hozirgi kungacha «Iqtisodiy tahlil va audit» kafеdrasi bo’lib faoliyat ko’rsatib kеlmoqda.

«Iqtisodiy tahlil va audit» kafеdrasi 5230900 «Buxgaltеriya hisobi va audit» yo‘nalishi bo’yicha bakalavrlar va 5A230902 «Audit» (tarmoqlar bo’yicha) mutaxassisligi bo’yicha magistrlarni tayyorlaydi.

«Buxgaltеriya hisobi va audit» yunalishi bo’yicha bakalavrlarni tayyorlash maqsadi – rеspublikamizning davlat, aktsiyadorlik, qo’shma, kichik va shirkat korxonalarni, auditorlik tashkilotlarni buxgaltеr va auditorlar bilan ta'minlash. Tayyorlanayotgan mutaxassislar iqtisodiyotning barcha soxalarida faoliyat yuritishlari mumkin. hozirgi kungacha kafеdrada 2700 dan ortiq bakalavr va magistrlar tayyorlanаdi.

Kafedraga  1996-97 yillarda  i.f.d., prof.. Yo’ldoshev S.Sh., 1997-2009-yillarda i.f.d., prof. M.M.Tulaxodjaeva, 2010-2016-yilda i.f.d., prof. B.A.Hasanov rahbarlik qilgan. 2016-yildan boshlab kafedrani Mukumov Zafar Avazmurotovich boshqarib kelmoqda. 

2017-yilga kelib kafedra qoshida PKF «MAK-ALYANS» auditorlik tashkiloti filiali o‘z faoliyatini olib bormoqda. Har hafta amalyotdan yetakchi professional mutaxassislar TDIU professor-o”qituvchilari va talabalariga amalyotdagi holat bo’yicha ma’lumot berib boradilar. Hamda o’zlarining fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashadilar.

KAFEDRANING MA'NAVIY–MA'RIFIY ISHLARI

Kafedrada 2015-2016-o‘quv yili mobaynida muntazam ravishda tarbiyaviy ishlarga e'tiborni qaratib kelinmoqda. Ta'lim va tarbiya bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi sababli, kafedra o‘qituvchilari dars jarayonini boshlashdan oldin dunyodagi va respublikamizda bo‘lib o‘tayotgan voqyealarga e'tiborini qaratishadi.

“Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekistonda moliyaviy hisobotning halqaro standartlari asosida audit o‘tkazish uslubiyoti mavzusida muammoli seminar o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi, auditorlar palatasi, buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, jamoat tashkilotlari faol qatnashdilar.

2016-yil “Sog‘lom bola va sog‘lom ona yili” davlat dasturi munosabati bilan yoshlarimizga qaratilgan e'tibor va ularni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash to‘g‘risida bir qancha maqsadlarni, oldilariga qo‘ydilar, ushbu masala yuzasidan bir qancha chora-tadbirlar to‘g‘risida Farmonlarni o‘rganib chiqilganligini keltirish mumkin. 
Shuningdek, 3-sonli talabalar turar joyida qilingan ma'ruzalari hamda talabalarning tarbiyasi bilan bog‘liq mavzular o‘z ifodasini topmoqda.

2015-yil 2-sentyabr 3-sonli Talabalar turar joyida fakultet talabalariga O‘zbekiston Respublikasi 24 yilligiga bag‘ishlangan “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim-O‘zbekistonim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

“Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi professor-o‘qituvchilar tomonidan 3-sonli talabalar turar joyida O‘zbekiston Respublikasi 24 yilligiga bag‘ishlangan “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim-O‘zbekistonim” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi ijrochi direktori i.f.d., professor Tulaxodaeva M.M.  bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

“Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi i.f.n., dotsentlar Shoalimov A.X., Xodjayeva M.X., Tojiboeva Sh.A., assistentlar: Qodirova Z.N., Abidxodjaeva K.B. 3-sonli talabalar turar joyining Kengashi raisi Narzullaeva G.S. lar fakultet talabalari bilan O‘zbekiston Respublikasi 24 yilligiga bag‘ishlangan “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim-O‘zbekistonim!” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida qatnashdilar.

Mazkur davra suhbati kafedra professor-o‘qituvchilari universitet rektorati tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida ushbu o‘quv yilida talabalar turar joyida olib borayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarining navbatdagisi bo‘lib, uni o‘tkazishdan maqsad yoshlarimizni vatanga bo‘lgan mehr-muhabat, sadoqat, ruhida tarbiyalash va shunga o‘xshash muhim masalalarga e'tibor qaratildi.

Tadbir davomida i.f.n., Faxriy professor Shoalimov Anvar Xasanovich so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 24 yilligiga bag‘ishlangan “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim-O‘zbekistonim”, “Shu aziz vatan barchamizniki!” mavzu doirasida keng ma'lumot berdi.

Murabbiylar tomonidan talabalar bilan olib borilgan ishlar

Murabbiylar “Ustoz – shogird” milliy an'analarimizni tiklovchi va davom ettiruvchi ma'sul shaxs sifatida, “Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasining to‘rtta professor-o‘qituvchisi guruhlarda murabbiylik qilishadi, ular Tulaev M.S., Abduraxmonova F.F., Shanasirova N.A., Abidxodjaeva K.B.lar bo‘lib, o‘z faoliyati mobaynida quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar: ma'naviy – ma'rifiy va tarbiyaviy sohada, o‘quv va o‘quv – uslubiy sohada va  ilm – fan va tadqiqotlar sohasida. Shunday ekan bu tizimni yanada takomillashtirish univesitetimiz murabbiylarning hozirgi kundagi eng asosiy vazifalaridan biridir.

2016-yil 19-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Murabbiy soatida “Adabiyotga e'tibor-ma'naviyatga, kelajakka e'tibor” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

“Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti 3 kurs, BRA-75 guruhi talabalari, “Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi katta o‘qituvchisi F.F.Abduraxmanova tomonidan murabbiylik soatida “Ma'naviyat va ma'rifat — inson kuch-qudrati va kamoloti manbai” mavzusida adabiy-badiiy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy “Sharq yulduzi” nashr bo‘limi mudiri Risolat Haydarova bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

“Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti 3 kurs, BRA-75 guruhi talabalari, “Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi katta o‘qituvchisi F.F.Abduraxmanova tomonidan murabbiy soatida “Adabiyotga e'tibor-ma'naviyatga, kelajakka e'tibor” mavzusida davr suhbatida qatnashdilar.

Mazkur davra suhbati  guruhda “Murabbiylik soatlarini” o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishni universitet rektorati tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida ushbu o‘quv yilida murrabiy soatini olib borayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarining navbatdagisi bo‘lib, uni o‘tkazishdan maqsad yoshlarimizni adabiyot davr va jamiyat bilan hamnafas bo‘lishi kerak.

Ma'ruzachi mamlakatimizda yosh avlodni sog‘lom, mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma'naviyatli insonlarni voyaga yetkazish, ular qalbi va ongiga vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy an'ana va qadriyotlarimizda hurmat tuyg‘ularini chuqur singdirish masalasida ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta'kidladi.

Bu boradagi ezgu sa'y-harakatlarda nainki halqimiz, balki bashariyat ma'naviy mulkiga aylangan ajdodlarimiz hayoti, faoliyati, ijodini o‘rganish, uning mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazishga alohida e'tibor berilayotganini aytib o‘tdi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob olishdi va minnatdorchilik bildirishdi.

Ijodiy uchrashuv so‘ngida  R. Haydarova talabalarga o‘z qalamiga mansub ijod namunalari hamda “Sharq yulduzi” jurnalining oxirgi sonlarini tuhfa sifatida topshirdi. O‘z navbatida talabalar ham mazkur ijodiy uchrashuv davomida olgan ma'naviy ozuqa uchun tashakkur izhor qilishib, R. Haydarovaga esdalik sovg‘alari va gullar taqdim qildilar.

Qurbon hayiti munosabati bilan “Olmazor” mahallasidagi keksalarni va nogiron  bolalarni uyiga ko‘tarinki ruh bag‘ishlash maqsadida 23 sentyabr kuni fakultetimiz rahbariyati,  murabbiy, talabalar va “Olmazor” mahallasi faollari “Qurbon hayiti” munosabati bilan 15/3 uy, 56-xonadonda yashovchi Mamarasulova Nilufar opanikiga tashrif buyurildi.

Fakultetimiz rahbariyati, murabbiy va talabalar bilan keksalar va nogiron bolalarga ko‘tarinki rux bag‘ishlash maqsadida biz jamoa bo‘lib ularga xayitlik kilish maqsadida mevalar va shirinliklar bilan uylariga tashrif buyurdik. Ular bizni iliq kutib olishdi va o‘zining sharoitlari bilan tanishtirishdi:

Mamarasulova Nilufar bugungi kunda sog‘ligida nuqsoni bor, nogiron bolalarning yashashi, sog‘ligini tiklashi hamda dam olishi uchun  bajarilayotgan va bajarilishi kutilayotgan tadbirlar bilan tanishtirdi.

Shuningdek, bugungi kunda davlatimiz tomonidan biz, keksalarga hurmat-ehtiromdan behad mamnunmiz – deydi 80 yoshli Shaposhnikova Galina Nikiforovna. So‘ng, ular bizni duo qildilar, ilohim, bizni qadirlagan, ulug‘lagan, xolimizdan xabar olgan insonlarning o‘zlari ham shu yoshlarga kirib, doimo elimiz ardog‘ida bo‘lsinlar, dunyoda tinchlikdan ulug‘, xotirjamlikdan aziz ne'mat yo‘q,- deb ta'kidladilar.

Tashrifdan maqsad: “Olmazor” mahallasidagi keksalarni va nogiron  bolalarni holidan xabar olish va ularga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatish bo‘lib, bu hayrli ishga bosh qo‘shgan fakultetimiz, kafedra jamoasi va talabalarimiz mahallasi faollaridan bir qancha iliq va ibratli so‘zlarni eshitishdi.

“Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti 3 kurs, BRA-75 guruh talabalari, murabbiy F.F. Abduraxmanova va “Olmazor” mahallasi faollari bilan suhbatlashishib, bildirgan minnatdorchiliklari-yu iliq fikrlarini eshitishib, bunday tadbirlarni yanada ko‘proq tashkil etish, mehrga muhtoj oilalarni xolidan xabar olish va ularning kunlarini maroqli o‘tkazishlari maqsadida tadbirlar rejasini ishlab chiqishga kelishib olishdi.

“Qurbon hayiti” munosabati bilan “Samarqand darvoza” mahallasidagi nafaqadagi Fayziev Boqijon xonadoniga fakultetimiz rahbariyati, BRU-76 guruh murabbiyi, talabalar va “Samarqand darvoza” mahallasi faollari “Qurbon hayiti” munosabati bilan tashrif buyurishdi.

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan biz, keksalarga hurmat-ehtiromdan behad mamnunmiz-deydi 70 yoshli Fayziev B. So‘ng, ular bizni duo qildilar, ilohim, bizni qadrlagan, ulug‘lagan, holimizdan xabar olgan insonlarning o‘zlari ham shu yoshlarga kirib, doimo elimiz ardog‘ida bo‘lsinlar, dunyoda tinchlikdan ulug‘, xotirjamlikdan aziz ne'mat yo‘q deb ta'kidladilar.

Tashrifdan maqsad: keksalarni va nogiron bolalarni holidan xabar olish va ularga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatish bo‘lib, bu xayrli ishga bosh qo‘shgan fakultetimiz jamoasi va talabalarimiz – mahallasi faollaridan bir qancha ibratli so‘zlar eshitishdi.

Talabalar turar joyida va ijarada turadigan talabalar bilan olib boriladigan ishlar

Kafedra o‘qituvchilari tasdiqlangan ish rejasi asosida ushbu o‘quv yilida talabalar talabalar turar joyida ma'naviy-ma'rifiy ishlarini amalga oshirib kelmoqdalar.

«Iqtisodiy tahlil va audit» kafedrasi tomonidan 2015-2016 o‘quv yili 6 oyi davomida TDIUning 3-talabalar turar joyida kafedra kunlari o‘tkazib kelindi. “Xotira va qadrlash”, “Talabalarning huquqlari va majburiyatlari”, “Sog‘lom bola yili”, “Yoshlar tarbiyasida islom dinining ahamiyati” va boshqa mavzularidadavra suhbatlari, disputlar o‘tkazildi.

Iqtisodiy tahlil va audit kafedrasi professor-o‘qituvchilar tomonidan 3-sonli talabalar turar joyida “Talabalarning huquqlari va majburiyatlari” mavzusida Toshkent shahar “Chilonzor himoya” advokatlik tashkiloti xodimi, iste'fodagi polkovnik K.Eshonqulov  bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Talabalar bilan uchrashuvda turli viktorina,  davra suhbatlari va tadbirlar tashkil qilindi.

2015-2016-o‘quv yilida kafedramiz professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida “Shaxmat” va “Futbol” musobaqalari o‘tkazildi, shaxmat musobaqasida «Buxgalteriya hisobi va audit» fakultetining quyidagi talabalari ishtirok etib, musobaqa natijasida quyidagi talabalar g‘olib sifatida baholandi:
1. Sayfutdinov J. (BRU-68 guruh talabasi) – 1-o‘rin;
2. Xolmatov K. (BRA-93 guruh talabasi) – 2-o‘rin;
3. Hamroqulov Olim (BRA-91 guruh talabasi) – 3-o‘rin.
Musobaqa g‘oliblari kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan  sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi va barcha talabalarni musobaqada faol ishtirok etganliklari bilan tabrikladilar hamda ular ma'naviy rag‘batlantirdilar.

O‘QUV VA O‘QUV-USLUBIY ISHLARI

Kafedrada biriktirilgan fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari mavjud bo‘lib, ular prof. B.A.Xasanov, prof. Z.T. Mamatov, prof. M.M.Tulaxodjayeva, prof. Xoshimov A., dots. A.X. Shoalimov, dots. K.B.Axmedjanov, dots. M.Xodjaeva, dots.Sh.I.Ilxomov va kat.o‘qit.M.S.Tulaev, kat.o‘qit.F.F.Abduraxmonova, kat.o‘qit.Yusubova A.B., kat.o‘qit. Sh.A.Tojiboeva, ass.A.A.Raximov, N.A.Shonasirova, A.F.Namlar va kafedraning boshqa a'zolari tomonidan ishlab chiqilgan va kafedra majlislarida muhokama qilinib, foydalanishga tavsiya etilgan.

Talabalar bilimini baholashning reyting tizimi joriy etilgan va uning natijalari to‘g‘risida ma'lumot ilovada keltirilgan. Kafedra tomonidan o‘qitiladigan fanlarda bakalavriatda o‘qiydigan 134 nafar talaba  ishtirok etib 134 nafar talaba (96%) o‘zlashtirgan, magistraturada 48 nafar talaba qatnashib 47nafar talaba (96%) o‘zlashtirgan.

O‘quv jarayonlarida keys stadilarni qo‘llash maqsadida kafedra o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha keys stadilar tayyorlandi. Jumladan,“Amaliy boshqaruv hisobi” fanidan B.A.Xasanov, Z.A.Muqumov, “Ichki audit” fanidan Z.T. Mamatov, “Xalqaro audit” fanidan M.X.Xodjaeva, “Audit” fanidan Sh.I. Ilxomov, A.A.Raximov, “Auditorlik faoliyati milliy standartlari” fanidan K.B. Axmedjanov, “Boshqa tarmoqlarda iqtisodiy tahlil va audit” fanidan M.Xodjaeva, “Banklarda iqtisodiy tahlil” fanidan Z.M. Xamraev, “Buxgalteriya hisobida axborot tizimlari” fanidan M.Tulaev, “Iqtisodiy tahlil nazariyasi” fanidan A.X. Shoalimov va Sh.Tojibaeva, “Ekonomicheskiy analiz i audit” fanidan F.F. Abduraxmonova, A.A Raximovlar tomonidan tayyorlandi.

O‘quv jarayonini takomillashtirish va nazorat qilish bo‘yicha tadbirlar bajarildi. Kafedrada 11ta o‘quv qo‘llanma, 28ta amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uslubiy qo‘llanma, 15ta o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar tayorlandi. O‘qituvchilarning o‘zaro darslarga kirishi reja bo‘yicha 16ta bo‘lib 100% bajarildi. Kafedra mudirining o‘qituvchilarning darslariga kirishi 100% bajarildi. 11ta ochiq ma'ruza va 11ta ochiq amaliy mashg‘ulotlar 3 ta video ma'ruza o‘tkazildi.

Davlat attestatsiya komissiyasi faoliyatining natijalari, bakalavrlarning bitiruv malakaviy ishlari himoyasi, magistratura davlat imtihoni va dissertatsiya ishi himoyasi natijalari to‘g‘risida ma'lumot ilovalarda keltirilgan.

BMI himoyasi ta talabaga rejalashtirilgan, haqiqatda 143ta talaba (100%) himoya qildi, shundan 21% “a'lo”, 53% “yaxshi” va 26% “qoniqarli” baholar bilan baholandi va bir nafar talaba himoyaga kelmadi.

Magistrlik dissertatsiya himoyasi 24ta talabaga rejalashtirilgan, haqiqatda 17ta talaba (100%) himoya qildi, shundan 35% “a'lo”, 53% “yaxshi”, 12% “qoniqarli” baholar bilan baholandi.

O‘quv soatlarining bajarilishi haqidagi ma'lumot 4-sonli jadvalda berilgan. Jadval ma'lumotlari shuni ko‘rsatadiki kafedra bo‘yicha o‘quv yuklamasi 22089 soat bajarilgan, rejada 22089 soat,  (100%) bajarilgan.

Hisobot davrida kafedra o‘qituvchilarining rejasini bajarilishi haqida ma'lumot 4, 5 jadvallarda o‘z ifodasini topgan. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, umumiy yillik o‘quv soatlari 100% bajarilgan.

O‘quv-uslubiy ishlar

Bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va “Audit” magistratura mutaxassisliklariga yangi avlod darsliklar, o‘quv qo‘lanmalar bilan ta'minlanganligi 9-jadvalda ko‘rsatilgan.

Lotin  va kirill imlosidagi o‘zbek tilida o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlash rejasi asosida o‘quv qo‘llanmalari tayyorlandi. Jumladan, prof. B.A.Xasanov “Boshqaruv hisobi”, “Buxgalteriya hisobi nazariyasi”, Xasanov B.A., Ibragimov A., Rizaev N.K., “Amaliy boshqaruv hisobi”, darslik, o‘quv qo‘llanmalar tayyorlandi.

Kafedrada o‘qitiladigan 8 ta bakalavriatura va 7 ta fan magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha elektron ma'ruza matnlari yaratilgan va o‘quv jarayonida tatbiq etilgan. Universitetning lokal tarmog‘ida ushbu ma'ruza matnlari mavjud.

Ishlab chiqarish amaliyoti to‘g‘risida hisobotni tuzish, BMI va MD ishlarini tayyorlash to‘g‘risida uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan va har bir bakalavr va magistrga taqdim etilgan.

Hisobot yilida 143 ta bakalavr BMI va 24ta magistr MD ishlarini himoya qilishga rejalashtirilgan va ularning ro‘yxati ilovada keltirilgan.

Ishlab chiqarish amaliyoti va uni o‘tkazish bo‘yicha ish dasturi kafedrada ishlab chiqilgan. Unga muvofiq talabalar turli korxonalarning buxgalteriyasida va auditorlik firmalarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tdilar. Amaliyot natijasi shuni ko‘rsatadiki, talabalarning 28% «a'lo», 41% «yaxshi», 31% «qoniqarli» baholar olganlar va bitiruv malakaviy ishlari uchun yetarli material yig‘ishga erishganlar.

Ma'lumotlar shuni ko‘rsatadiki, umuman fanlarni o‘zlashtirish darajasini yaxshi deb baholash mumkin. Shuni aytib o‘tish kerakki, bu fanlar ancha murakkab fanlar qatoriga kiradi va ularni o‘zlashtirish ko‘p mehnat va talabalar tomonidan o‘z ustida tinimsiz ishlashni talab qiladi.

Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish va ularning uslubiy ta'minoti bajarilgan. Bakalavriaturaning 8 ta fani va magistraturaning 6 ta fani bo‘yicha tayyorlangan namunaviy va ishchi o‘quv dasturlarida mustaqil ishlarning mavzulari, manbalari va ularni tashkil etish to‘g‘risida alohida bo‘lim keltirilgan.

Ta'limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi
1. O‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish hamkorligini amalga oshirish maqsadida “Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi bilan  “Malakali auditor” nomidagi talabalarning ilmiy jamoasi tashkil qildi va ushbu jamoa hozirgi vaqtda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Kafedrada innovatsion hamkorlik doirasida “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyasi, “ODIL AUDIT” auditorlik tashkiloti, O‘zbekiston auditorlar palatasi, “MAK ALYANC” auditorlik kompaniyasi, “AZIYA PRINT” MChJ kabi tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Talabalar bu vazirlik va idoralarda nafaqat malakaviy amaliyot o‘tadilar, balki Bitiruv malakaviy ish va magistrlik dissertatsiyalariga axborot va amaliy ma'lumotlar to‘playdilar. Bu sohada kafedra a'zolari 10 million so‘mlik shartnomalar tuzishdi va uni ijro etish chora-tadbirlarini ko‘rishmoqda.

Xulosa qilib shuni aytish lozimki, kafedra jamoasi hisobot davrida o‘z faoliyatida uchragan ayrim kamchiliklarni kafedra majlislarida muhokama qildilar va kelgusida bunday hollarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tegishli chora tadbirlar belgilab oldilar.

ILMIY-TADQIQOT ISHLARI

“Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi TDIUning “O‘zbekiston Respublikasining yaqin istiqbolga mo‘ljallangan makroiqtisodiy barqarorligi va iqtisodiy o‘sishini ta'minlash” kompleks mavzusi doirasida “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekistonda buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni rivojlantirishning konseptual yo‘nalishlari” mavzusi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot  ishlarini amalga oshirib kelmoqda.

Hisobot yilida kafedra dotsenti, i.f.n., Axmedjanov K.B. o‘zini doktorlik dissertatsiyasini muvofaqqiyatli himoya qildi va monografiya nashr ettirdi. Shuningdek, mustaqil tadqiqotchi Irmatova Z.B. o‘zining dissertatsiya mavzusi bo‘yicha monografiyani Universitet kengashidan tasdiqdan o‘tkazib, chop ettirish uchun nashriyotga topshirdi.

Shuningdek kafedra katta ilmiy-xodim izlanuvchilari Raximov A.A. va Saloxidinov S.A. lar doktorlik dissertatsiyalarini II bobini kafedra muhokamasidan o‘tkazishdi va shaxsiy ish rejalarini bajarishmoqda.

«Iqtisodiy tahlil va audit» kafedrasi tomonidan 2016 yil sentyabr oyida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur anjumanda respublikamizning moliya-bank muassasalari, aksionerlik kompaniyalari vakillari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari, magistratura va bakalavriatura talabalari ishtirok etadilar. Anjuman maqolalari to‘plam shaklida chop etiladi.

Shu jumladan kafedramiz professor-o‘qituvchilari 2016 yil davomida respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda ham o‘z ma'ruza tezislari bilan ishtirok etdilar. Mazkur ma'ruza tezislari hisobotga ilova qilinadi.

Kafedrada hisobot yilida davlat byudjetining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha “Intellektual kapital hisobi va auditi uslubiyotini takomillashtirish masalalari” nomli jami  24500,0 ming so‘mlik fundamental ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilmoqda. Shundan,  hisobot yilida  5000,0 ming so‘mlik fundamental davlat ilmiy-tadqiqot granti bajarildi. Ya'ni, ushbu bajarilgan  fundamental tadqiqot ishlari summasi kafedarada so‘ngi 5 yil davomida bajarilishi lozim bo‘lgan fundamental tadqiqot ishlari hajmining 20,4 foizini tashkil qiladi.

Kafedra tomonidan talabalar Respublika fan olimpiadasining yakunlovchi bosqichida «Buxgalteriya hisobi va audit» fani bo‘yicha  4 kurs talabasi Suxrob Shoraxmatov 1-o‘rinni egalladi. (Ilmiy rahbar Tulaev M.S).

“Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi mudiri prof. B.A.Xasanov rahbarligida 2016 yilda  kafedra tomonidan innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalar Respublika yarmarkasida ishtirok etildi. Yarmarkaga kafedra tomonidan taqdim etilayotgan “1C-Korxona 8.2. versiyasi” innovatsion loyihani tadbiq qilinishi korxona va tashkilotlarda avtomatlashtirilgan iqtisodiy axborot tizimlarini qurilishining tamoyillari va konsepsiyasi, axborot tizimlarining mazmuni va usullari, ma'lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini loyihalashtirish masalalarini qamrab oladi. «1C-Korxona 8.2. versiyasi” innovatsion loyihasini korxona va tashkilotlarda qo‘llanilishi juda ko‘p muammolarni hal qilishi mumkin. «1C-Korxona 8.2. versiyasi” innovatsion dasturiy ta'minoti korxona ma'lumotlarini buxgalteriya hisobini avtomatlashgan tizimida yuritish va moliyaviy hisobot va soliq deklaratsiyalarini elektron topshirish imkoniyatini yaratadi.

Mazkur yarmarka doirasida kafedra faol ishtirok etib,  8 million 100 ming so‘mlik innovatsion shartnomalar tuzilib, ular “ODIL AUDIT” auditorlik tashkiloti va «AZIYA PRINT» MChJlar bilan innovatsion hamkorlik qilinmoqda.

2016-yil 18-25-aprel kunlari Ural davlat iqtisodiyot universitetida Rossiyaning yekaterinburg shahrida “Yoshlarning VII – yevroosiyo  iqtisodiy forumi” bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasidagi iqtisodchilar kongressi tomonidan “Buxgalteriya hisobini tartibga solishda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan foydalanish” mavzusidagi talabalarning xalqaro olimpiadasi tashkil qilindi.

Xalqaro olimpiadada “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti, BRA-64 guruhi, 4-kurs talabasi Akramov Abdulla Bahodir o‘g‘li ham qatnashdi.

Forumda 70 ta davlatdan 700 ga yaqin yosh olimlar va ekspertlar qatnashdi. Forum beshta kongresslarni o‘z ichiga oladi: iqtisodchilar, innovatorlar, moliyachilar, xizmat texnologiyalari va maktab o‘quvchilari. Bunda “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi mudiri, prof.Xolbekov R.O.boshchiligidagi O‘zbekistondan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidan ham komanda muvaffaqiyatli qatnashdi.

“Buxgalteriya hisobini tartibga solishda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan foydalanish” mavzusidagi xalqaro olimpiada ekspertlarining xulosasiga ko‘ra Akramov Abdulla Bahodir o‘g‘li “Yoshlarning VII - yevroosiyo iqtisodiy forumi”ning uchinchi darajali diplomi va moddiy mukofot bilan taqdirlandi.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan Ural davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Buxgalteriya hisobi”, Iqtisodiy tahlil va audit kafedralari bilan Ural davlat iqtisodiyot universiteti “Buxgalteriya hisobi, audit va tahlil” kafedralari o‘rtasida o‘zaro xamkorlik shartnomalarini tuzishga erishildi. Shuningdek, Rossiyaning Moskva davlat universiteti, G.V. Plexanov nomidagi iqtisodiyot universiteti, Chexiyaning Praga davlat iqtisodiyot universiteti oliy menejment instituti, Yaponiyaning Vaseda universiteti kabilar bilan xam hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

KADRLAR MALAKALARINI OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH

1. “Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasidan  TDIU xuzuridagi PKQT markazida i.f.n dots. U.T.Fayzieva, kat.o‘q. M.S. Tulaev, kat.o‘qit. F.F.Abduraxmonovalar o‘z malakalarini oshirdilar. Hozirda kat.o‘qit. A.B. Yusubova, assistentlar: Z.N. Qodirova va K.B. Abidxodjaevalar  o‘z mazkur tarmoq markazida o‘z malakalarini oshirmoqdalar.

Shuningdek, prof.Mamatov Z.T. moliya vazirligida olti oylik, stajirovka o‘tab keldilar.

 

AKADeMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARI BILAN O‘QUV-USLUBIY, MA'NAVIY SOHALARIDA O‘ZARO HAMKORLIK ALOQALARI

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2011 yil 2-noyabrdagi 243-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirishga universitet tomonidan amaliy uslubiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida “Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi Toshkent iqtisodiyot kolleji, Toshkent bank hisob-kredit kolleji, Toshkent bank kolleji bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalarini imzoladilar. Kafedra kollejlar bilan hamkorlik shartnomalariga asosan filiallarini tashkil etib, filial nizomlarini ishlab chiqdilar.

1.Kafedrada Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha yillik ish reja mavjud va bajarilmoqda.

2.O‘quv jarayoniga yangi pedagogik va axborot-komunikatsiya texnologiyalarni joriy etish xamda ta'lim jarayonini samaradorligini oshirish maqsadida kafedramizning professor-o‘qituvchilardan katta o‘qituvchi Bobobekova  G.B. Toshkent bank kollejida, Saloxiddinov S.A. Toshkent bank, hisob-kredit kollejida o‘rindoshlik asosida darslar olib bormoqda.

3. Kafedra Toshkent iqtisodiyot kolleji, Toshkent bank, hisob-kredit kolleji, Toshkent turizm va biznes kolleji, Hamza komp'yuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji, Toshkent aloqa  kasb-hunar kolleji, Toshkent Radiotexnika kollejlari bilan shartnomalar asosida hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

4.Toshkent bank kolleji, Toshkent iqtisodiyot kolleji, Toshkent bank, hisob-kredit kollejlarida kafedramiz filiallari mavjud,  bu filiallarga kafedramiz professor-o‘qituvchilaridan mas'ullar tayinlangan.

5.Ayni paytda kafedraga biriktirilgan kasb-hunar kolejlariga amaliy uslubiy yordam ko‘rsatish, kollejlarda o‘quv jarayoni sifatini oshirishda zamonaviy ta'lim va axborot texnologiyalarini, sohalarda talab qilingan malakali mutaxassislarni tayyorlashning boshqa ilg‘or usullarini joriy qilishga amaliy yordam, kollejlar so‘rovnomalari asosida alohida fanlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishga oliy ta'lim muassasalarining tajribali professor-o‘qituvchilarini jalb qilishga ko‘maklashish, kollej o‘qituvchilarining malaka oshirishini va qayta tayyorlashni hamkorlikda tashkil etish kabilar bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. 

Kafedramiz professor-o‘qituvchilar tomonidan kollej o‘qituvchilari va talabalariga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalar asosida dars o‘tib, prezentatsiyalardan   foydalanishni o‘rgatmoqda.
Kollejlar uchun hamkorlikda “Audit”, “Iqtisodiy tahlil” fanlardan elektron o‘quv qo‘llanmalar va darsliklarning elektron versiyalari, testlar, masalalar to‘plamlari tayyorlanib, o‘quv jarayonida qo‘llanilmoqda.

6.Kafedraning professor o‘qituvchilari i.f.n.,dots.Ilxamov Sh.I. tomonidan hammualliflikda akademik litsey va kasb-xunar kollejlarida o‘qitishga mo‘ljallangan “Audit” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma tayyorlanib, chop etishga topshirildi.  “Audit” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua katta o‘qituvchi Tulaev M.S. tomonidan tayyorlanib chop etishga topshirildi. I.f.n., dots. Shoalimov A.X.va Tojiboeva Sh.A.lar tomonidan hammualliflikda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitishga mo‘ljallangan “Iqtisodiy tahlil” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy majmua tayyorlanib, chop etildi. 

7. Kollejlar uchun kafedramiz professor-o‘qituvchilar tomonidan interaktiv usullar va ilg‘or pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

8.Yangi laboratoriya ishlarini yo‘lga qo‘yilganligi bizning mutaxassislikda mavjud emas.

9. Kollej bitiruvchilarini mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishiga amaliy  yordam ko‘rsatilmoqda va tadbirlarda faol ishtirok etilmoqda.

10. Kollejlar uchun kafedramiz professor-o‘qituvchilar tomonidan “Audit” va  “Iqtisodiy tahlil” fanlaridan o‘quv va ishchi dasturlari tayyorlandi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi mudiri i.f.d., prof. B.A.Xasanov rahbarligida Toshkent viloyati Piskent tumani Sanoat, iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejida mahorat darslari o‘tkazildi. Unda kollejning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.Z.Rashidovlar va boshqa o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar  qatnashib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish-yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir” nomli O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi ma'ruzasi va 2016 yilni mamlakatimizda “Sog‘lom ona va bola yili” deb e'lon qilinganligi hamda 2015 yilning ijtimoiy-iqtisodiy yakunlari va 2016 yilning ustuvor yo‘nalishlari qisqacha mazmuni to‘g‘risida ularga ma'ruza va mahorat darslari o‘tildi. 
Jumladan, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 8 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 8,0 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 7,0 foizga, pudrat qurilish ishlari hajmi 18,0 foizga, xizmatlar ko‘rsatish hajmi 10,8 foizga, chakana tovar aylanmasi hajmi 15,0 foizga o‘sganligi to‘g‘risida ma'lumot berib o‘tdilar va kollej o‘quvchilariga informatsion texnologiyalar bo‘yicha hamda buxgalteriya hisobida axborot tizimlari ya'ni, 1S buxgalteriya bo‘yicha tushuntirish berdilar.

Kun tartibidagi ikkinchi masala bo‘yicha Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti “Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi o‘qituvchilari B. Otajonov, I. Musaxonzoda, K. Maxkamboevlar so‘zga chiqib,ma'ruzada quyidagi masalalar yoritildi:O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2099 “Davlat byudjetining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va byudjet parametrlari”da belgilangan asosiy o‘zgarishlar, yangiliklar, jumladan, ish haqidan daromad solig‘i stavkalari, byudjetdan tashqari fondlarga ushlanma va ajratmalar stavkalaridagi o‘zgarishlar hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartib-qoidalari to‘g‘risda ma'lumot berib o‘tdi.

Suhbat yakunida “Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi jamoasi kollej o‘qituvchilari hamda o‘quvchilarini va ushbu uchrashuvda faol qatnashgan o‘quvchi yoshlarga, kollej rahbariyatiga minnadorchilik bildirib o‘tdi.

Uchrashuv yakunidaToshkent viloyati Piskent tumani Sanoat, iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji rahbariyati va “Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi kelgusida bunday uchrashuvlarni ko‘proq tashkil qilish va hamkorlikni mustahkamlash zarurligi to‘g‘risida kelishib oldilar.

2015-2016 o‘quv yili yil mobaynida kafedra a'zolari va ular mashg‘ulotlar olib boradigan guruhlarda talabalarning e'tiborlariga asosan O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning ma'ruzalari o‘rganilib kelinmoqda. Shulardan “9 may Xotira va qadrlash kuni” mavzusida qilgan ma'ruzasiga bag‘ishlangan tadbir Radiotexnika kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tdi. Kafedramiz professor-o‘qituvchilaridan prof. B.A. Xasanov ma'ruza qildilar. 

Radiotexnika kasb-hunar kollejidagi professor-o‘qituvchilar, ustoz va murabbiylar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob olishdi va minnadorchilik bildirishdi.

E'lonlar

Bizga murojaat