telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Iqtisodiyot

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Fakultetlar » Iqtisodiyot

  Dekan

  Karimov Norboy G‘aniyevich

 

  Qabul vaqti:

  1400 - 1700

 

  Telefon:

  (0 371) 239-29-58​

 

  E-mail:

  dekiqt@tdiu.uz

 

  Veb-sayt:

  www.tdiu.uz

 

 

Fakultet tarixi

“Iqtisodiyot” fakulteti 1952-yilda “Iqtisodiy rejalashtirish” nomi bilan tashkillashtirilgan bo’lib, fakultet talabalari quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tahsil olishdi: “Mehnat iqtisodiyoti”; “Xalq xo’jaligini rejalashtirish”; “Moddiy-texnikaviy ta’minotni rejalashtirish”. 1986-yilda fakultetda “Sanoat iqtisodiyoti”, 1969-yilda esa “Narxlar va baholash” ta’lim yo’nalishlari ochilgan edi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni inobatga olgan holda 1999-yilda fakultet nomi o’zgarib, “Iqtisodiyot va statistika” deb nomlandi. Mazkur yildan boshlab fakultet talabalari “Iqtisodiyotni rejalashtirish”, “Sanoatni rejalashtirish”, “Qishloq xo’jaligini rejalashtirish”, “Statistika” ta’lim yo’nalishlarida tahsil olishdi.

2006-yilda fakultet “Iqtisodiyot va statistika” nomidan “Iqtisodiyot” nomiga o’zgartirildi. Hozirgi kunda fakultetga Iqtisod fanlari doktori, professor Karimov Norboy G‘aniyevich rahbarlik qilib kelmoqda. Fakultet tasarrufidagi kafedralar va dekanat jamoasining sayi harakatlari tufayli hozirgi kunda “Iqtisodiyot” fakulteti universitetning eng ilg’or fakultetlaridan biriga aylandi.

O’quv-uslubiy ishlar

Fakultetda olib borilayotgan o’quv mashg’ulotlar yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib yo’lga qo’yilganligi muhim o’rin egallamoqda. Sifatli dars jarayonlarini tashkil qilish maqsadida ilg’or pedagogik texnologiyalari, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda multimediya vositalaridan foydalanilgan holda o’quv jarayoni tashkil etilgan.

O’quv jarayoni samaradorligi yanada oshirish maqsadida fakultetda quyidagi innovatsiyalar qo’llanilmoqda:

  • O’quv mashg’ulotlarda mavzuga oid muammoviy masalalarni echish;
  • Yangi pedagogik texnologiyalaridan keng foydalanilgan holda talabalarning interaktiv va kritik o’ylash qobiliyatini rivojlantirish;
  • Ma’ruza materiallarini olindan talabalarga taqdim etgan holda ularning o’zlashtirish darajasini tahlil qilish;
  • O’quv mashg’ulotlarini disput va kollokvium shaklida o’tkazish;
  • Keys-materiallardan keng foydalanish;
  • Virtual kutubxonadan foydalanish;
  • IT- texnologiyalarni qo’llash;
  • Video-ma’ruzalarni tayyorlash va videokonferentsiyalarni o’tkazish;
  • Internet global tarmog’idan keng foydalanish.

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Fakultetda ilmiy-tadqiqot ishlariga katta e’tibor berilib, iqtidorli talabalarga qulaylik yaratish, ular bilan muntazam ishlab borish maqsadida barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Buning natijasi sifatida 2012-yil may oyida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent davlat yuridik instituti iqtidorli talabalar o’rtasida “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasida ko’rsatilgan vazifalarni bajarish jarayonida, davlatning roli” mavzusida o’tkazilgan debatda olingan birinchi o’rinni ko’rsatishimiz mumkin.

Hozirda talabalarimizning 20 foizidan ortig’i iqtidorli talabalardan iborat bo’lib, quyida keltirilgan stipendiya va grant sovrindorlari fakultetimizda ta’lim olmoqda:

  • O’zbekiston Respublikasi Prezident stipendiyasi stipendiatlari;
  • “Alisher Navoiy” nomidagi Davlat stipendiyasi stipendiatlari;
  • “O’zbekiston madaniyati va sant’ati forumi” ta’lim granti sovrindorlari;
  • Kamolot YoIH stipendiyasi g’oliblari;
  • Respublika fan olimpiadasi g’oliblari;
  • Respublika tijorat banklari stipendiyasi g’oliblari;
  • Jahon va Respublika miqyosidagi sport musobaqalarining g’oliblari va boshqalar.

Fakultetda ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish bo’yicha bir qator tadbirlar amalga oshirib kelmoqda.

Yaponiyaning Toxoko universiteti bilan hamkorlikda yo’lga qo’ygan prof. N.Xakimov bir gurux yapon olimlarini taklif qilib, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahar filialida tashkil qilingan “Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti va ekologik muammolar” mavzusida davra suhbatini tashkillashtirdi. Ushbu seminarda O’z.R. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, “EKOSAN” xalqaro tashkilotining bir gurux vakillari ham ishtirok etishdi. Integratsion Innovatsiya markazi va kafedra doirasida “O’zbekistonda topinambur industriyasining salohiyati” mavzularida 3 marta davra suhbati va ilmiy hisobotlar tayyorlanib yuqori tashkilotlarga taqdim etildi. Evropa Hamjamiyati va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi doirasida innovatsion loyihalarni ishlab chiqish seminar treningida Prezentatsiya qilindi. O’zbekistonda topinambur industriyasini yaratish va import o’rnini bosuvchi hamda eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish innovatsion guruhi faoliyati muvofiqlashtirildi.

2012-yilda “Makroiqtisodiyot” va “Sanoat iqtisodiyoti” kafedralari bilan hamkorlikda “O’zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish yo’llari” (2012-yilda 25-aprel), “Iqtisodiy tarix”, “Falsafa” va “Iqtisodiy xuquq” kafedralari bilan hamkorlikda “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning iqtisodiy omillari” (2012-yil 1-may) mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanlari o’tkazildi. Fakultet dekani B.Xajiev Qozog’istonning “KIMEP” universiteti va Sloveniyaning “Lyublyana” universiteti bilan xamkorlikda to’rt yilga mo’ljallangan oliy ta’lim sohasi bo’yicha halqaro “Erasmus-Mundos” loyixasi ishtirokchisi sifatida qatnashmoqda va to’rt yillik shartnoma imzolangan.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Fakultetning asosiy vazifalaridan biri,  talaba yoshlarni davr talabi ruhida tarbiyalash, milliy istiqlol g’oyasini ular ongiga singdirib borishdan iboratdir. “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” va “Mustahkam oila yili” Davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash borasida fakultet miqyosida siyosiy va huquqiy ongi hamda fuqarolik pozitsiyalarini yanada yuksaltirish, ularning g’oyaviy-mafkuraviy immunitetini shakllantirish va diniy ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash hamda xavfsizlikni ta’minlash, tarixiy sanalar, milliy bayramlar va buyuk ajdodlarimiz tavalludini nishonlash, talabalarda badiiy-estetik tarbiyani shakllantirish, talabalarda sog’lom turmush tarzini targ’ib etish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish, talabalar o’rtasida qonunbuzarlikning oldini olish borasida qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Fakultet talabalarini sportga bo’lgan munosabatini yaxshilash,  ayniqsa talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talabalar o’rtasida turli sport musobaqalari o’tkazish ma’naviy ma’rifiy ishlarning muhum qismi hisoblanadi. 2012 yil aprel oyida fakultetlar o’rtasida o’tkazilgan futbol musobaqasida fakultet talabalari faxrli birinchi o’rinni egallagan. 2012 yil 23 mart kuni Universitetda o’tkazilgan Navro’z umumxalq bayrami tadbirlarida fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan  Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari urf-odatlarini o’zida aks ettirgan folklor-etnografik sahna ko’rinishlari hay’at tomonidan yuqori baholandi va birinchi o’ringa loyiq deb topildi.

Murabbiylik soatlarining tashkil etilishi, murabbiylar faoliyati hamda uning sifat ko’rsatkichlari fakultet dekani muovinlari va murabbiylar kengashi tomonidan  muntazam nazoratga olindi. Bundan tashqari, talabalar turar joyida dekanat va kafedralar tomonidan doimiy uchrashuvlar, davra suhbatlari  o’tkazib borildi. Bu uchrashuvlarda ichki tartib intizom,  kiyinish va muomala madaniyati, shaxsiy va jamoatchilik gigiena qoidalariga rioya kilish, terrorizm, diniy ekstremizm va giyohvandlikning zararli oqibatlari mafkuraviy kurashlar va ularning maqsadlari haqida muntazam suhbatlar olib borilmoqda.

Xalqaro hamkorlik

Fakultet Buyuk Britaniya, Avstriya, AQSh, Germaniya va boshqa rivojlangan davlatlarning bir qator taniqli oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlik qilmoqda. Misol tariqasida Nyu-York davlat universiteti, Boston universiteti, Barri universiteti (AQSh), Vena malaka oshirish instituti (Avstriya), Sarrey universiteti, Nyurnberg universiteti, Trier Universiteti (Germaniya), Tuluza Universiteti (Fransiya), Olmota Iqtisodiyot Universitetini keltirish mumkin.

E'lonlar

Bizga murojaat