telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Jismoniy madaniyat kafedrasi

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Kafedralar » Jismoniy madaniyat kafedrasi

 Kafedra mudiri

Istomin Aleksandr Alekseevich​

 

  Qabul vaqti

900 - 1600

 

  Telefon

(0 371) 232-63-31​

 

  E-mail

kafjms@tdiu.uz

 

  Veb-sayt

www.tdiu.uz

 

 

Kafedra tarixi

Kafedra 1931 yili “Jismoniy madaniyat va fuqaro mudofasi” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. A.Maksimûchev  ushbu kafedraning birinchi mutaxassisi bo‘lib, kafedrani 1936 yildan 1957 yilgacha boshqardi.

1957-yildan kafedra tarixining ikkinchi davri boshlanadi va kafedra mudiri bo‘lib V.P. Ritikov tayinlandi. 1974-yilda kafedra mudiri qilib S.D. Zelser tayinlandi. Bu davrda sanoat qishloq xo‘jaligining rivojlanishi kuchaydi, shu sababli xalq xo‘jaligiga nafaqat mutaxassis, balkim jismonan sog‘lom va tezkor odamlarga talab oshdi. 1991-yil 1-sentabrdan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e'lon qilindi. Erkin, demokratik, huquqiy davlat yaratilishi bilan birga universitet bo‘limlari, shular bilan bir qatorda Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi tuzilishi bo‘yicha o‘zgarishlar ko‘lga kiritildi.  O‘qituvchilar soni 27 nafardan 12 nafargacha kamaydi, lekin sifati oshdi. Shu yilda kafedraning ikkita o‘qituvchisi: A.A. Borshin va A.T. Pastuxov nashr etilgan ilmiy ishlari, “Jismoniy madaniyat va sport” bo‘yicha yaratilgan o‘quv qo‘llanmalari, Umumittifoq va Respublika anjumalarida qatnashgani uchun dotsent unvonini olishdi. Ilgari o‘quv qo‘llanmalarni yaratgani uchun o‘qituvchi A.A. Istomin ham dotsent ilmiy unvonini  oldi. 1990-yildan boshlab kafedrani A.A.Istomin boshqarib kelmoqda. 2005 yilda “Maxsus tayyorlov” kafedrasi “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi bilan birlashtirildi.

Hozirgi kunda kafedra “Jismoniy madaniyat” nomi bilan faoliyat yuritadi.

 

O‘quv-uslubiy ishlar

Kafedra tomonidan ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarda o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati 
1. Jismoniy madaniyat va sport. Valeologiya asoslari
2. Fuqaro muhofazasi. 
Kafedra tomonidan 100000 Gumanitar soha, 110000 Pedagogika, 5111000 Kasbiy ta'limi (iqtisodiyot), 5111000 Kasbiy ta'limi (informatika va axborot texnologiyalari), 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq, 230000 Iqtisod, 5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 5230200 Menejment  (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 5230400 Marketing  (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 5230700 Bank ishi, 5230800 Soliqlar va soliqqa tortish, 5230900 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha), 5231400 Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 5231600 Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi, 5231700 Kadrlar menejmenti, 5231900 Korporativ boshqaruv bakalavriat mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlanadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi o‘quv-uslubiy adabiyotlar nashr etilgan:

2016-yil “Fuqaro muhofazasi” o‘quv qo‘llanmasi — X.T. Ibadullaeva,  F.T. Xakimova,  N.A. Musayeva, X.N.Barakayeva, D.V. Xalilova, N.X.Xoliyeva.

2016-yil. "Shikastlanishlarda shoshilinch tez tibbiy yordam" o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi — Musayeva N.A., Xakimova F.T., Xolieva N.X.

Fuqaro muhofazasi fanidan atamalar lug‘ati. 2016-yil  Xakimova F.T., Xolieva N.X.

2016-yil. “Fuqaro muhofazasi” o‘quv-uslubiy majmuasi — Xakimova F.T., Barakayeva X.N, Xoliyeva N.X.

Uchebno metodicheskaya kompleks “Grajdanskaya zashita” 2016 g. Musayeva N.A.

2016-yil. “Jismoniy madaniyat va sport” o‘quv-uslubiy majmuasi. Istomin A.A., Maxmudov M.R., Tangriyev A.T.

2016-yil. “Valeologiya asoslari” o‘quv-uslubiy majmuasi — Xakimova F.T, Barakaeva X.N, Xolieva N.X.

2016/2017-o‘quv yili uchun kafedrada o‘qitiladigan barcha fandlar o‘quv-uslubiy majmualar yangilanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi. O‘quv yili davomida ular takomillashtirilib borilmoqda. Jumladan, qabul qilingan yangi qonun , Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda amaldagi qonunlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar e'tiborga olinib o‘quv-uslubiy majmualar yangilanib, zamonaviy o‘quv adabiyotlari bilan boyitib borilmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari malaka oshirish jarayonida egallagan tajribalari asosida ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarida pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanib kelmoqdalar.

 

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar

Yoshlar orasida ijtimoiy-siyosiy hamda mafkuraviy dunyoqarashni yuksaltirish, ma'naviyatimizga, milliy qadriyatlarimiz va an'analarimizga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, yoshlarning qalbi va ongi, sog‘lom tafakkuri uchun kurashish taqozo etilayotgan bugungi kunda ma'naviy-ma'rifiy ishlarga alohida e'tibor qaratish, ma'naviyatni yoshlar ongiga singdirish kafedra tomonidan olib borilayotgan ma'naviy – ma'rifiy ishlarning asosini tashkil etadi.

O‘quv yili davomida mashhur fan arboblari, madaniyat, sport hodimlari va siyosatchilarning talabalar bilan muloqotlari uyushtirilib kelinmoqda.

Universitetimizda 2016-yil 18-mart kuni “Madaniyat saroyi”da Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari, o‘zbek sportining faxriy yulduzlari va talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

E'lonlar

Bizga murojaat