telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Karera kuni tadbirlari

You are here

Bosh sahifa » Marketing xizmatlari » Karera kuni tadbirlari

O‘tkazilgan “Karera kuni”da bitiruvchilar munosib ish o‘rinlariga ega bo‘ldilar

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2016/2017 o‘quv yili bitiruvchilarini mutaxassisliklari bo‘yicha munosib ish o‘rinlariga joylashtirish maqsadida “Karera kuni” axborot tanishtiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirning kirish qismida so‘z olganlar joriy yil bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoev ma'ruzasida qayd etilgan “Bugunning o‘zida har bir bitiruvchini aniq bir tashkilotga biriktirishni ta'minlash bilan birga, uning bo‘lajak ish joyi, ish haqi va ijtimoiy sharoitlarini aniq belgilash zarur” deya bildirilgan fikrlardan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdilar.

  

“Karera kuni” axborot tanishtiruv tadbiri doirasida bitiruvchi yoshlar vakant lavozimlarni taklif etayotgan vazirliklar, muassasalar, tashkilot va korxonalarning axborot ko‘rgazmali namoyish materiallari bilan tanishish va ishga joylashish bo‘yicha muzokaralar olib borish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. O‘z navbatida bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etayotgan muassasa va tashkilotlar bitiruvchi talabalar to‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan yaqindan tanishib, ularga o‘zlari uchun munosib ish o‘rinlari yuzasidan takliflar berdilar.

  

Tadbir davomida Mikrokreditbank ATB mutasaddilari tomonidan “Bo‘sh ish o‘rinlari va o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan talabalarga mikrokreditlar ajratish tartibi” mavzusida seminar o‘tkazildi.

  

Ma'lumot uchun aytish kerakki, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bakalavriat bosqichida 13 ta ta'lim yo‘nalishi hamda 19 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Joriy 2016/2017 o‘quv yilida ta'lim dargohini 1260 nafar, jumladan bakalavriat bosqichida 927 nafar va magistratura bosqichida 333 nafar bitiruvchi tamomlaydi.

  

O‘tkazilgan tadbir davomida 235 ta korxona va tashkilotlar tomonidan 1088 ta bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilib, bo‘lib o‘tgan suhbatlar natijasida 484 nafar bitiruvchi talaba-yoshlarning ishga joylashishi bo‘yicha shartnomalar imzolandi va tavsiyalar berildi.

  

“Karera kuni” axborot tanishtiruv tadbiri davomida bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda taklif etilgan vazirliklar, qo‘mitalar, kompaniyalar, tashkilotlar, korxonalar va muassasalar o‘rtasida shartnomalar imzolandi.

  

Mamnuniyat bilan aytish mumkinki, bitiruvchilarning munosib ish o‘rinlarini topishida an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Karera kuni” axborot tanishtiruv tadbirining ahamiyati va samarasi nihoyatda yuqoridir. Shu sababli, mazkur tadbir bitiruvchi yosh mutaxassis kadrlar hayotida alohida ahamiyat kasb etmoqda.

  

Tadbirda Davlat bojxona qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, O‘zbekiston temir yo‘llari AJ, “Kamolot” YoIH, Markaziy bank, Milliy bank, Mikrokreditbank, Asakabank, Hamkorbank, Ipotekabank, Agorobank, Turonbank, O‘zsanoatqurilishbank, Davr bank, Asia alliance bank, Orient finans bank, Korzinka.uz, Artel, Next, Makro, Nestle, International hotel Tashkent kabi bir qator tashkilot va muassasalar o‘z bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.

  

“Karera kuni” tadbiri keng axborot ta'minoti asosida tashkil etildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga universitetdagi mavjud moddiy-texnik baza, o‘quv, tarbiyaviy, ilmiy jarayonlardagi innovatsiyalar, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashning eng diqqatga sazovor tomonlarini yoritib berildi.

E'lonlar

Bizga murojaat