telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Kafedralar » Kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi

 Kafedra mudiri v.v.b.

Mamajonov Ikromjon G‘anijonovich

 Telefon:

(0 371) 239-28-52

 Manzil:

Toshkent shahri Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy, 5-o‘quv binosi,  301-xona

 E-mail:

kafiqtp@tdiu.uz

 Veb-sayt:

www.tdiu.uz

 

Kafedra tarixi

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qabul qilinganidan so‘ng, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Ilmiy kengashi qaroriga asosan 1997-yil avgust oyida «Iqtisodiy ta’lim pedagogikasi» kafedrasi tashkil etildi va unga rahbar etib iqtisod fanlari doktori, professor Nutfulla Xo‘jayev tayinlandi. 2005-yil 26-avgustdagi universitetning Ilmiy Kengashi qaroriga asosan kafedraning nomi «Pedagogika.Psixologiya» deb nomlandi.

2005-2008-yillar davomida kafedraga psixologiya fanlari doktori, professor Vasila Karimova Mamanosirovna, 2008-2012-yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Xoshimova Ma’suda Komiljanovna, 2012-2016-yillar mobaynida pedagogika fanlari doktori, professor Hakimova Muxabbat Fayziyevnalar rahbarlik qildilar.

2011-yilda universitet Ilmiy Kengashining  qarori bilan kafedraning nomi «Iqtisodiy pedagogika» deb o‘zgartirildi. 2015-yil fevral oyidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘iga asosan «Iqtisodiy pedagogika» kafedrasi ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligini inobatga olgan holda «Kasb ta’limi» (iqtisodiyot) kafedrasi deb nomlandi.

2016-yil 12-apreldan «Kasb ta’limi» (iqtisodiyot) kafedrasi mudiri vazifasini vaqtincha kafedra katta o‘qituvchisi Mamajonov Ikromjon G‘anijonovich bajarib kelmoqda.

 

Kafedraning o‘quv-uslubiy ishlari

“Kasb ta’limi (iqtisodiyot)” kafedrasi o‘quv jarayonini tashkil etish va uni boshqarishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to‘g‘risidagi  Qonunlari,  Prezident  farmonlari,  Vazirlar Mahkamasi qarorlari, OO‘MTV buyruqlari, universitet hamda fakultet Kengashi qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilgan holda olib borilmoqda.

1997-yildan buyon “Kasb ta’limi (iqtisodiyot)” kafedrasida bakalavriatning “Kasb ta’limi (iqtisodiyot)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar hamda 1999-yildan boshlab magistraturaning “Kasb ta’limi nazariyasi va metodikasi” (iqtisodiyot)  mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanib kelinmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan darslik va o‘quv qo‘llanmalarni nashr etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, kafedra professori M.Hakimovaning “kasbiy pedagogika”, “Zamonaviy iqtisodchining shaxsi”, D.Fayzullaevaning “Jahon ta’lim tizimi”, N.Shomurodovaning “Boshqaruv psixologiyasi” kabi o‘quv qo‘llanmalari chop etildi.

 

Kafedraning innovatsion faoliyati

Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishi hamda mutaxassligidan kelib chiqqan holda innovatsion korporativ hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayni paytda kafedra jamoasi TDIU qoshidagi CHilonzor akademik litseyi (direktor O.Abduraxmonov), Toshkent aloqa kasb-hunar kolleji (direktor Adxamov R.), Toshkent iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji (direktor H.Muxitdinov), Toshkent iqtisodiyot kolleji (direktor YArashev O.T.), Toshkent telekommunikatsiya texnologiya kasb hunar kolleji (direktor Nazarov A.), Toshkent bank kolleji (direktor Maxmudov A.), Toshkent viloyati o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi (direktor Axmedov B.) kabi ta’lim muassasalari bilan innovavatsion hamkorlik shartnomalari tuzilgan.

 

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

“Kasb ta’limi (iqtisodiyot)” kafedrasida bugungi kunda 14 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 57 % ni tashkil etadi. Professor-o‘qituvchilardan 2 nafar professor,  fan doktori, 6 nafar fan nomzodi,  dotsent, 4 katta o‘qituvchi, 2 nafar assistent. 

 Kafedraning ilmiy mavzusi - “Pedagogika va psixologiyaning dolzarb masalalari va  zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq qilishning ilmiy asoslari” nomlanadi.

       Kafedraning ilmiy mavzusi - “Pedagogika va psixologiyaning dolzarb masalalari va  zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq qilishning ilmiy asoslari” nomlanadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bitiruv malakaviy ishlar hamda magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlashda bitiruvchilar uchun uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan. Kafedra qoshida ilmiy-uslubiy salohiyatni oshirishga qaratilgan ilmiy metodologik  seminar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Iste’molchilar talablaridan kelib chiqib, 2016 yilda «Kasb ta’limi (iqtisodiyot)» kafedrasi bilan  “OOO  LEMAX DALI” korxonasi bilan 1,0 mln. so‘mlik xo‘jalik shartnomasi  “OOO SAMMIT TREDING” korxonasi  bilan  0,5 mln. so‘mlik hamda “FAROVON TURMUSH SERVIS” korxonasi bilan 5,0 mln so‘mlik shartnomalar tuzilgan. 

Kafedra professor o‘qituvchilari innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha  faol trenerlari hisoblanib, yangi pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayonga tatbiq etish, keys stadi, loyhalash metodi asosida dars utish bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib bormoqdalar. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan respublika hamda xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalari e’lon qilib borilmoqda.

 

Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari

“Kasb ta’limi” (iqtisodiyot) kafedrasida ma’naviy va ma’rifiy ishlar universitet, fakultet hamda kafedraning o‘quv yili uchun tasdiqlangan ish rejalari asosida olib borilib, unda asosiy e’tibor  O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlariga qaratildi.

 

Universitet, fakultet hamda kafedra miqyosida o‘tkazilayotgan barcha tadbirlar mustaqillik, milliy madaniyat va qadriyatlarni e’zozlash, vatanparvarlik hissiyotlarini shakllantirish ruhida amalga oshirilmokda. Barkamol va sog‘lom avlodni tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni va milliy istiqlol mafkurasini yosh avlod qalbiga singdirish, ularni  vatanparvarlik, insonparvarlik, el yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash bo‘yicha qo‘ygan vazifalaridan kelib chiqib fakultet professor – o‘qituvchilari talabalar o‘rtasida keng jamoatchilik ishlarini olib bormoqda.

Описание: C:\Users\Администратор\Desktop\Расмлар Хасанбойдан\Navro'z bayrami 07.04.2016\20160407_112131.jpg

Описание: 20160504_105515

Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasida ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-marifiy va sport sohasiga oid tadbirlar rejalashtirilgan bo‘lib, kafedra a’zolari bu yo‘nalishda bir qator tadbirlarni amalga oshirmoqdalar. Jumladan, 1-sentyabr “Mustaqillik kuni”, 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni”, 8-dekabr “Konstitutsiya kuni”, “Yangi yil bayrami”, 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”, 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni”, 21-mart “Navro‘z bayrami” hamda 9-may xotira va qarlash kuni” kabi umuxalq bayramlari bilan bir qatorda talabalar turar joylarida “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Oila-tarbiya maskani”, “Sport sog‘liq garovi” mavzularida marifiy uchrashuvlar muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

Описание: C:\Users\Администратор\Desktop\Расмлар Хасанбойдан\1 may favvoralar kuni 01.05.2016\20160501_123815.jpg

Описание: http://www.tdiu.uz/Data/Sites/1/media/...716.jpg

 

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik sohasida

“Kasb ta’limi” (iqtisodiyot) kafedrasi professor-o‘qituvchilari akajdemik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikda ijobiy natijalarga erishib kelmoqda.

Описание: IMG_20160625_115233_1

Ayni paytda kafedra akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash rejasi asosida quyidagi kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda:

- Toshkent Iqtisodiyot kolleji

- Mirzo Ulug‘bek texnologiya kasb-hunar kolleji

- Toshkent Turizm kolleji

- Yunusobod Mashinasozlik kasb-hunar kolleji

- Toshkent Bank kolleji

- TDIU qoshidagi Chilonzor akademik litseyi

- Toshkent Pedagogika kolleji

- Piskent sanoat, iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji

- Quyi Chirchiq ijtimoiy-iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji kabilar.

Описание: C:\Users\Admin\Desktop\Pskent Kollej\IMG_5097.JPG

Описание: C:\Users\Администратор\Desktop\Расмлар Хасанбойдан\Илмий тадқиқот ишларига\мастер клас 2016\DSC_0943.JPG

Bugungi kunda “Kasb ta’limi (iqtisodiyot)” kafedrasining “CHilonzor akademik litseyi”, “Toshkent Iqtisodiyot kolleji”da filiallari tashkil etilgan. Kafedraning etakchi professor-o‘qituvchilari D.Fayzullaeva, R.Abdullaeva, G.Musaxanova, G.Ochilovalar tomonidan nafaqat akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilariga, balki o‘quvchilari uchun ham seminar – treninglar tashkil etilmoqda.

E'lonlar

Bizga murojaat