telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Korporativ boshqaruv kafedrasi

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Kafedralar » Korporativ boshqaruv kafedrasi

“Korporativ boshqaruv” kafedrasiga 2008-yilda asos solingan. O’quv rejasi va dasturlari Davlat ta’lim standartlariga mos ravishda shakllantirilgan. 2008-2011 yillarda O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari tahlillarida «Korporativ boshqaruv” kafedrasining yuqori reyting natijalari qayd etilgan.

Kafedra O’zbekiston Respublikasi Mulk Qo’mitasi bilan bilan hamkorlikda “O’zbekiston Respublikasi aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Mazkur ilmiy tadqiqot ishida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o’qituvchilari, O’zbekiston Respublikasi korxona, bank mutaxassislari, Moliya instituti professor-o’qituvchilari ishtirok etmoqdalar.

Ma’naviy barkamol yosh avlod o’z xalqi, Vatani tarixini, ulug’ siymolarini, milliy va tarixiy qadriyatlarini, urf-odatlari va rasm-rusmlarini, ularning mohiyatini chuqur bilgan holda jahon adabiyoti, san’ati, madaniyati durdonalari bilan yaxshi tanish bo’lmog’i darkor. Bularning barchasini talaba yoshlarga ma’naviy va madaniy tarbiya berish milliy istiqlol g’oyasi targ’ibotiga doir tadbirlarda rejalashtirilgan va diqqat e’tiborga olingan.

O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta’lim to’g’risida” gi qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta ta’lim Vazirligining tegishli buyruqlari va talablari asosida kafedra murabbiylari va professor – o’qituvchilari o’z faoliyatini olib bormoqda.

Kafedra tomonidan iqtidorli talabalar bilan ishlash va ular o’rtasida tanlovlar o’tkazish muntazam ravishda olib borilmoqda. Buning natijasi iqtidorli talabalar soni ortib bormoqda. “Korporativ boshqaruv” kafedrasi mamlakat iqtisodyoti uchun malakali iqtisodchi kadrlar tayyorlab berish bilan birga milliy iqtisodiyotni isloh qilishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug’ullanib kelmoqda.

 

 

Kafedrada olib borilayotgan innovatsion ishlar:

  • Darslarni vaziyatli masala va topshiriqlar bilan boyitish;
  • Dars mashg’ulotlarida yangi pedagogik texnologiyalar, interaktiv, tanqidiy fikrlash usullaridan keng foydalanish;
  • Ma’ruza matnlarini avvaldan tarqatib, talabalarni mashg’ulotga tayyorlanib kelishiga erishish va ularning mavzuni o’zlashtirish darajasini tahlil qilib borish;
  • Dars mashg’ulotlarini munozara ko’rinishida o’tkazish;
  • Pedagogik texnologiyalar;
  • Keys texnologiyalar;
  • Elektron va virtual kutubxonadan foydalanish;
  • Elektron pochtadan foydalanish;
  • Videoma’ruzalar yaratish va videokonferentsiyalar o’qtkazish;
  • Global internet tizimidan foydalanish.

E'lonlar

Bizga murojaat