telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Magistratura

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Magistratura

Magistratura bo‘limi haqida ma’lumot


 

Bo‘lim boshlig‘i:

Sabirov Oybek Shavkatbekovich

Qabul vaqti:

Har kuni: 14:00 dan 17:00 gacha

Telefon:

(+998 71) 239-01-29

E-mail:

dekmag@tdiu.uz

Veb-sayt

www.tdiu.uz

 

 

 

Magistratura bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarlari tog‘risida ma’lumot

Bo‘lim boshlig‘i muovini:

Rajaboy Nazirjon Razzoqovich

Qabul vaqti:

Har kuni: 14:00 dan 17:00 gacha

Telefon:

(+998 71) 239-01-29

E-mail:

dekmag@tdiu.uz

Veb-sayt

www.tdiu.uz

 

 

 

 

 

Bo‘lim boshlig‘i muovini:

Nishonov Dilshod Shamsiddinovich

Qabul vaqti:

Har kuni: 14:00 dan 17:00 gacha

Telefon:

(+998 71) 239-01-29

E-mail:

dekmag@tdiu.uz

Veb-sayt

www.tdiu.uz

 

 

 

 

 

Magistratura bo‘limi tarixi

 O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-iyuldagi 342-sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1999-yil 13-maydagi “Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashga ruxsat berish haqida”gi 136-sonli buyrug‘iga binoan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Magistraturasi universitet rektorining 2006-yildagi buyrug‘i bilan tashkil etilgan.

 

Bugungi kunda quyidagi  mutaxassisliklar bo‘yicha magistrantlar tayyorlanadi:

Magistratura faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar

 O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 10-sentabrdagi “O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 190-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi “Oliy ta'limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida”gi 343-sonli Qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish tartiblari to‘g‘risida”gi nizom, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi  36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to'g'risida”gi, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 26-noyabrda 2734-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi nizomlarda belgilangan vazifalardan kelib chiqib malakali pedagogik kadrlar tayyorlanmoqda.

 

Magistratura mutaxassisliklari va ularda o‘quv jarayonlarinining tashkil etilishi

 Magistratura bo‘limida 2016-2017 o‘quv yilida jami 539 nafar talaba, ya'ni, 1-kursda 205 nafar va 2-kursda 334 nafar talaba tahsil olmoqda. Magistratura bo'limida 39 nafar talaba davlat granti asosida va 295 nafar talaba to‘lov-kontrakt asosida tahsil olmoqda.

 Magistratura bo‘limida 146 dan ortiq professor-o'qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, ularning 34 nafaridan ortig’i fan doktori, professor ilmiy darajalariga va 75 nafaridan ziyodi fan nomzodi, dotsent ilmiy unvonlariga ega pedagoglardir.

 Magistratura bo‘limida ta'lim-tarbiya, o‘quv va ilmiy ishlarni tashkil qilishga asosiy e’tibor qaratilgan bo‘lib ushbu ishlar yuqori saviyada amalga oshirilmoqda. Buning natijasida, Magistratura bo‘limida aniq mutaxassisliklar bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini zarur yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlanmoqda. O‘quv jarayoni davlat ta’lim standarti va malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari asosida tashkil qilingan.

 Bugungi kunda Magistratura bo‘limida 18 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Magistraturada jami 16 ta mutaxassislik kafedralar faoliyat olib borishmoqda.

 Jumladan, “Moliya va soliqlar”, “Bank ishi”, “Menejment”, “Marketing”, “Infratuzilmani rivojlantirish va logistika”, “Statistika”, “iqtisodiy tahlil va audit”, “Buxgalteriya hisobi”, “Koporativ boshqaruv”, “Sanoat iqtisodiyoti”, “Makroiqtisodiyot”, “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”, “Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari”, “ Ekonometrika”, “Kasb ta’limi (iqtisodiyot)”,  “Iqtisodiyot nazariyasi” hamda “Turiz va servis”  kafedralaridir. Magistraturada o‘quv jarayoni respublikamizning ko'zga ko'ringan nufuzli tashkilotlarining malakali mutaxassislarini jalb etgan holda turli dolzarb mavzularda o‘quv seminarlari, muammoli ma’ruzalar, “Master klass”lar tashkil etilmoqda. 

 Magistratura bo‘limida dars mashg‘ulotlarini olib boruvchi mutaxassislik kafedralar bilan hamkorlikda bitiruvchi magistrlarni ish joylariga taqsimlash maqsadida “Karyera kunlari” mehnat yarmarkasi tadbirlari har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladi. 

 Unda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank va tijorat banklari, Davlat mulk qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda mamlakatimizdagi boshqa korxona va tashkilotlar vakillari muntazam ravishda qatnashib kelmoqda. Shunga ko‘ra bitiruvchilarni ishga taqsimot natijasi bo‘yicha korxona va tashkilotlardan olingan takliflar umumlashtirilib borilmoqda. Hozirda bitiruvchi kurs talabalarining ishga joylashishi bo‘yicha Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, ATB O‘zsanoatqurilishbank, TIF Milliy banki, ATIB Ipoteka bank, ATB Asakabank, AT Mikrokreditbank, AT Ipak yo‘li bank, ATB Aloqabank, DT Xalq banki, ATB Hamkorbank, XTAB Trastbanklar bilan hamkorlik aloqalari yaxshi yo‘lga qo'yilganligini alohida ta’kidlab o'tish lozim.

 12 nafar magistratura talabalari Chexiyaning Iqtisodiyot va menejment oliy biznes maktabida “ERASMUS” dasturi doirasida tahsil olib qaytishdi. Bundan tashqari “ERASMUS” dasturi doirasida Gretsiya hamda ispaniyaning nufuzli universitetlarida malakalarini oshirib kelishdi.  Ushbu loyihalar  muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi munosabati ushbu loyihani kengaytirish hamda magistratura talabalari ishtirokini yanada oshirish ko‘zda tutilgan

Ozbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida magistrlar tayyorlashni tashkil etish sxemasi

I

bosqich

Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta'lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish tartiblari to‘g‘risidagi Nizom

Iyul

 

II

bosqich

Magistraturaga kirish imtihonlarini otkazilishi

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta'Iim muassasalari magistraturasiga qabul qilish tartiblari to'g'risidagi Nizom

Avgust

 

III

bosqich

Pedagoglar tarkibini shakllantirish

Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta'Iim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom va Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risidagi Nizom

Iyul-avgust

 

IV

bosqich

Magistratura ta'lim jarayonini tashkil qilish

 Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-son qarori

Kamida ikki yil

 

V

bosqich

Magistrlik dissertastiyasini tayyorlash

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risidagi Nizom

Birinchi o'quv yilining birinchi ikki oyi davomida

 

VI

bosqich

Magistrlik dissertastiyasini tayyorlash

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risidagi Nizom

Magistratura talabasining kalendar ish rejasi bo’yicha

 

VII

bosqich

Magistratura talabasi faoliyati ustidan monitoring olib borish

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to'g'risidagi Nizom

Aprel-may

 

VIII

bosqich

Magistrlik dissertastiyasining dastlabki va rasmiy himoyasi

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to'g'risidagi Nizom

Jadval asosida

 

Magistratura bo'limining ilmiy-tadqiqot jarayoni

 Magistratura bo‘limida ilmiy-tadqiqot ishlari dastur va tasdiqlangan reja asosida olib borilmoqda.

 Magistratura bo‘limi talabalari tanlagan magistrlik dissertatsiyalari mavzulari ustida chuqur ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Magistratura bo‘limi talabalari ilmiy izlanishlari natijalarini amaliyotda qo‘llash va dissertatsiya himoyasi chog‘ida Yakuniy Davlat Attestatsiyasi Komissiyasi a’zolariga  taqdim etmoqda. Bundan tashqari, Magistratura bo‘limi talabalarining respublikamiz turli jurnal, gazetalari va ilmiy-amaliy konferensiyalarida ilmiy maqola hamda tezislari chop etilmoqda.

 Magistratura bo’limida har yili an’anaviy tarzda magistratura talabalarining “Moliya, bank va buxgalteriya hisobi tizimlarini takomillashtirish masalalari" mavzudagi ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil qilinmoqda va unda talabalarning ilmiy-tadqiqot mavzusi yuzasidan ma’ruzalari tinglanib, tezislar shaklida chop etilmoqda.

 Bugungi kunda Toshkent moliya instituti Magistratura bo‘limi talabalari ilmiy-tadqiqot faoliyatini ilmiy tekshirish institutlari, shuningdek, davlat, jamoat, tijorat va notijorat tashkilotlari, korxonalar va boshqa muassasalarda o‘tkazmoqdalar. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 26-noyabrda 2734-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra 2016-yilning yanvar oyida   2- kurs magistratura talabalarini stajirovkaga jo‘natish rejalashtirilmoqda.

 Ilmiy-pedagogik amaliyotni o‘tash magistratura mutaxassisliklari magistrantlarining ilmiy-pedagogik mahoratini oshirishda muhim ahamiyatga egadir. Ilmiy-pedagogik ishning maqsadi - magistrantlarni zamon talablariga javob beruvchi ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashdir.

 Ilmiy-pedagogik amaliyotning vazifasi - qo‘yilgan maqsadga mavjud tegishli qonuniy-me’yoriy hujjatlarda qo'yilgan talablarga erishishni ta’minlashdan iborat.

 Bugungi kunda Toshkent moliya instituti Magistratura bo‘limi talabalari ilmiy-pedagogik amaliyotni institutning mutaxassislik kafedralarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi boshqa iqtisodiy oliy o‘quv yurtlari kafedralarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda о‘tkazmoqdalar.

 Bugungi kunda Magistratura bo‘limi tomonidan yuqori malakali amaliyotchilar muammoli ma’ruzalarga jalb qilinib, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida mavjud muammoli masalalar to‘g‘risida ma’ruzalar qilishmoqda.

 Magistratura bo‘limi talabalari mamlakatimizda tashkil qilingan turli xil tanlov va stipendiya dasturlarida samarali ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, “Xalqaro moliya” mutaxassisligi talabasi Muqimov Sherali Axmadali o‘g‘li 2015-2016 o‘quv yili uchun, “Bank hisobi va audit” mutaxassisligi talabasi Xolmurodov Sunnatulla Musurmonqul o’g’li 2016-2017 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindorlari 

        

  Sohibov Ilyov Djurayevich (2015-2016 o‘quv yili)

 

Magistratura bo‘limida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlar

 Har bir jamiyatning ma’naviyat darajasi uning iste’dod egalarini, umuman, qobiliyatli o'quvchi-talabalarni qadrlashi, ularga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishi, kamol topishi uchun yetarli shart-sharoitlarni ta’minlab berishi bilan ham belgilanadi.

 Magistratura bo‘limida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlardan asosiy maqsad magistrantlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni  kamol toptirish, talaba yoshlarni boy ma’daniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, ona-vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash bilan birga, ularda nafaqat kasbiy, balki ma’naviy dunyoqarashni yanada yuksaltirishdan iboratdir.

 Magistratura bo‘limida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘lami kengayib bormoqda. Jumladan:

 Ustoz-shogird tizimi asosida ta’lim tarbiyani yanada jonlantirish maqsadida Institut-oila-mahalla ta’lim-tarbiya tizimi yo'lga qo'yilgan.

 Ta’lim-tarbiya maslahat kengashi, Ota-onalar kengashi tashkil etilib, unda talabalar va ota-onalar bilan muloqotlar olib borilmoqda.

 Bundan tashqari, doimiy ravishda darsdan bo‘sh vaqtlarida magistrantlar bilan turli dolzarb mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish, turli hashar tadbirlarini tashkil etish, qariyalar holidan xabar olish, nogironlar uylariga borib ularning turmush tarzi bilan tanishib, turli sovg'a-salomlar ulashish kabi ishlar olib borilmoqda.

E'lonlar

Bizga murojaat