telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Bo‘limlar » Ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi

  Bo‘lim boshlig‘i

  Najimadinov Ravshanbek Dushamboyevich

 

  Qabul vaqti

 1400 - 1600

 

  Telefon

  (0 371) 239-01-58

 

  E-mail

  blmm@tdiu.uz

 

  Veb-sayt

  www.tdiu.uz

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi 1996-yil 9-sentyabr 1559-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim Vazirligining 1996-yil 16-sentyabrdagi 221-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Ma'naviyat va ma'rifat” bo‘limi tashkil etildi. 2016-yilining 5-iyulida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati tomonidan o‘zaro kelishuv asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining tashkiliy tuzilmasini tasdiqlashda “Ma'naviyat va ma'rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi” deb nomlana boshlandi.

Ushbu bo‘lim universitet ta'lim tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida “Ma'naviy-ma'rifiy” tizimga rahbarlik qilish, bu sohada olib boriladigan ishlarni muvofiqlashtirish, ilg‘or tajribalardan foydalangan holda ma'naviy-ma'rifiy masalalar bo‘yicha zarur ilmiy-uslubiy mavzuidagi adabiyotlarni tayyorlash, chop ettirish, barcha soha xodimlarining o‘qishlarini tashkil etish, har xil to‘garaklar, sport, jamoat klubi, uchrashuvlar, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, tarixiy an'analarga, Vatanga muxabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, mustaqillik ruhini, ma'naviyat sohadagi yutuqlarimizni talabalarga keng tushuntirish, yangi turdagi yetuk davr talabiga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ma'naviy-madaniy, ahloqiy-ruhiy jismoniy jihatdan barkamol, Vatanga, el-yurtga sadoqatli kishilar qilib tarbiyalash «ma'naviyat va ma'rifat» bo‘limining bosh vazifasidir.

 

I. «Ma'naviyat va ma'rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi»ning maqsadi:

Talaba yoshlarni mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ma'naviy va madaniy vazifalarning tub mohiyatini anglaydigan malakali mutaxasis, insonparvar shaxs sifatida tarbiyalash, bo‘lajak mutaxasisliklarda mustaqil ijodiy faoliyatga tayyorlashni o‘z-o‘zini anglashning axloqiy asoslarini, mantiqiy fikrlashni, jamoani boshqarish malakalarini shakllantirishni, ularni, hayotda o‘z o‘rnini topish, o‘z taqdirini o‘zi belgilashni, keladakka bo‘lgan ishonchni, mamlakatimiz kelajagini, buyukligini barcha sohalardagi erishayotgan yutuqlari bilan tushuntirib borishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.

 

II. Ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishining asosiy yo‘nalishlari

- Talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar zaminida, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining xaqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;
- Talabalar milliy g‘ururini shakllantirish;
- Xalqimiz qadimiy urf odatlarining eng yaxshilarini tarannum etish va boyitib borish;
- Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sitqidildan bajarishga tayyorlash;
- Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi munosabati bilan olib borilayotgan ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga talabalarni tayyorlash;
- Mamlakatimiz ichki va tashqi siyosati talabi darajasidagi yosh mutaxasisilarni tayyorlash bo‘yicha ish olib borish;
- Talabalarda kasb xunarni egallashga ma'suliyatni oshirish;
- Milliy, oilaparvar, ota-ona, qo‘ni-qo‘shni, mahalla, el-yurt oldidagi burchlarini anglashga bo‘lgan munosabatni tarbiyalash;
- Talabaning shaxs sifatidagi, o‘ziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish;

1. Talabalarni ijtimoiy faollik, tashabuskorlik, o‘qishga va kasbga bo‘lgan hurmat va ijtimoiy ma'sullik hissini keng targ‘ib qilish;
2. Talaba yoshlar manfaatini himoya qilish, ularninng bilim olishlar va sog‘lom hayot kechirishlari uchun barcha qulayliklar yaratish;
3. Talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va taxliliy fikrlarini kengaytirish.
4. Jamiyatdagi salbiy illatlar, ya'ni adolatsizlik, ko‘zbuyamachilikka, poraxo‘rlikka, tanish-bilishchilik va mahallachilik kabi illatlarga qarshi kurash;
5. Xalqaro terrorizm, diniy va siyosiy ekstremizm, giyoxvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba-yoshlar o‘rtasida maffkuraviy imunitetni qaror toptirish;
6. Manzillashgan ma'naviy-ahloqiy ishlarni takomillashtirib borish.

 

III. “Ma'naviyat va ma'rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi”ning vazifalari

Bu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim:
- Ma'naviy-ma'rifiy tarbiya jarayonidagi boshqarish tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish;
- Ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlar rejasi va dasturlarini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta'lim Vazirligining buyruq va ma'lumotlarini shuningdek «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonunda va «Kadralar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan vazifalarni talabalarga, murabbiylarga va professor-o‘qituvchilarga o‘z vaqtida yetkazishni, tashkil etish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ma'ruzalari Vazirlar mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlar talabalarga, professor-o‘qituvchilarga o‘z vaqtida yetkazish, har tomonlama tushuntirish ishlarini tashkil etish;
- Ustoz-murabbiylar tizimini takomillashtirib borish tizimini yo‘lga qo‘yish;
- Ustoz-murabbiylar tomonidan o‘tkazilayotgan ma'naviyat soatlarini samarali o‘tkazilishini ta'minlab borish;
- Universitetda o‘tkaziladigan «Ma'naviyat kuni» tadbirlarining mazmunli o‘tkazilishini tashkil etish; 
-Turli xildagi tarbiyaviy yo‘nalishdagi uchrashuvlar o‘tkazish;
- Huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan xamkorlikda ishlash tizim takomillashtirib borish;
- Talaba-yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy tarbiyasi masalalariga oid ilmiy-uslubiy va amaliy adabiyotlar, qo‘llanmalar tayyorlab borish va ularni chop ettirish ishlarini amalga oshirish hamda tarbiyaviy ahamiyatga molik adabiyotlar bilan ta'minlash;
- Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil qilish;
- Talabalar uyida va ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini muntazam nazorat qilib borishni tashkil qilib borish;
- Universitetda sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy xordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz, sifatli ishlashini ta'minlash maqsadida nazorat qilish;
- Universitetda turli xildagi ko‘rik-tanlovlar, festivallar, spartakiadalar, olimpiadalar, shanbaliklar o‘tkazishni tashkil qilish;
- Moddiy jihatdan kam ta'minlangan ko‘p bolali oilalardan chiqqan, nogiron talabalarning moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida, ularni ahvolini aniqlash hamda ijtimoiy muxofaza qilish bo‘yicha muntazam ish olib borish va universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;
- Bayramlar va allomalarning yubileylari munosabati bilan turli mavzularda tadbirlar tashkil qilib borish;
- Talaba va professor-o‘qituvchilarni kino-teatrlarga, muzeylarga, tarixiy ziyoratgoh joylarga tashriflarini tashkil etib borish; 
- Universitetda talabalarning ota-onalari, mahalliy xokimiyatlar, hayriya jamg‘armalari, mahallalar va fakultetlar tomonidan olib borilayotgan ishlarni tashkil etish va nazorat qilish;
- Talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar zaminida, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining xaqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;
- Talabalar milliy g‘ururini shakllantirish;
- Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik burch va vazifalarini sitqidildan bajarishga tayyorlash;
- Respublika, viloyat, shahar va universitetda bo‘ladigan turli jamoat ishlari, tadbirlarida professor-o‘qituvchilar va talabalarni ishtirokini ta'minlash;
- Tarbiyaviy ishlar yo‘nalishlari va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif kiritish.

IV. HUQUQLARI

1. Universitetda professor-o‘qituvchilarni mehnat-shartnomasida ko‘rsatilgan ma'naviy-ma'rifiy tarbiyaviy ishlar majmuasi bajarilmagan holda, rektorga tegishli takliflar kiritish.
2. Talabalarni o‘quv yurtidan chetlashtirish yoki tiklash bilan bog‘liq bo‘lgan takliflar kiritish.
3. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor bilan quyidagilarni kelishishi kerak:
- O‘quv jarayonida talabalarni kursdan-kursga o‘tkazish, o‘quv yurtidan chetlashtirish, qayta tiklash, rag‘batlantirish yoki jazolash kabilar to‘g‘risidagi bo‘yruqlar;
- Kam ta'minlagan ijtimoiy himoyaga muhtoj professor-o‘qituvchi va xodimlar, talabalar, katta ilmiy xodimlarni ijtimoiy himoyasi bo‘yicha takliflar kiritib borish;
- Turli xil tanlovlar yakuni bo‘yicha mukofatlarga tavsiyalar kiritish va ularni mukofatlashni tashkil etish;
- O‘zbekiston respublikasi Prezidenti nomidagi, shuningdek Beruniy, Ibn-Sino, Navoiy nomdagi maxsus stipendiyalarga talabalar va katta ilmiy xodimlar orasidan nomzodlar tanlash;
- O‘qituvchi va talabalar orasidan xorijiy mamlakatlarga o‘qishga, tajriba almashishga, malaka oshirishga va ishlashga yuboriladigan guruhlarni tuzish;
- Mehnat bitimlari, attestatsiya va kadrlar bilan ishlashga oid masalalar.
4. Ma'naviy-m'rifiy masalalar yuzasidan dekanatlarga, kafedra mudirlariga va bo‘lim rahbarlariga bevosita ko‘rsatmalar berish.

MAQOMI

Ma'naviyat va ma'rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i ish jarayonida faqat Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor va universitet Rektoriga bo‘ysunadi.
Ma'naviyat va ma'rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi quyidagi bo‘limlar bilan Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor rahbarligida ish olib boradi. 
1. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor
2. Murabbiylar va ustozlar kengashi
3. Ma'naviyat va ma'rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi
4. Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari
5. Madaniyat saroyi (Yoshlarning hunarmandchilik markazi va turli yo‘nalishdagi to‘garaklar).
6. Jismoniy tarbiya va sport inshoatlari
7. “Iqtisodchi” radio uzeli va gazetasi
8. Talabalar va katta ilmiy xodimlar turar joyi
9. Umum ovqatlanish va boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish 
10. Jamoat komissiyasi va kengashlar
11. Barcha ijtimoiy-gumanitar kafedralar
12. Ijtimoiy psixologik xizmat markazi
13. Universitet “Ibn-Sino salomatlik” tibbiyot markazi.
14. Internet klublari
15. Kutubxonalar
16. Talabalar Disput va Debat klublari
17. Universitet Sport klubi
18. Universitet muzeyi
19. BKU qo‘mitasi
20. “Kamolot” YoIH BT
21. Xotin-qizlar kengashi
22. Talabalar kengashi

E'lonlar

Bizga murojaat