telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Marketing kafedrasi

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Kafedralar » Marketing kafedrasi

  Kafedra mudiri

  Ergashxodjaeva Shahnoza Jasurovna

 

  Qabul vaqti:

  1400 - 1600

 

  Telefon:

  (0 371) 239-28-07

 

  E-mail:

  kafmark@tdiu.uz

 

  Veb-sayt:

  www.tdiu.uz

 

 

Kafedra tarixi

“Marketing” kafedrasi 1971 yilda “Savdo iqtisodiyoti” nomi bilan tashkil etilgan. Kafedra 1990 yildan “Savdo iqtisodiyoti va biznes”, 1996 yildan “Marketing va biznes” deb yuritilgan.

TDIU rektorining 2003 yil 9 iyuldagi buyrug‘iga binoan “Marketing va biznes” hamda “Ishlab chiqarish vositalari tijorati va marketingi” kafedralari negizida “Marketing” kafedrasi tashkil qilingan.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalarida faoliyat yuritayotgan iqtisodchi, marketolog mutaxassislarni tayyorlashda shu kafedrada i.f.n., dots. A.H. Ismatullaev, b.f.n., dots. S.A. Salixov, i.f.d., prof. J.J. Jalolov, b.f.n., dots. D. Rahimov, i.f.d., prof. D.M. Muhitdinov, i.f.n., dots. A.Ya. Mirzaev, i.f.d., prof. S.S. Saidmurotov, katta o‘qituvchi Z.Q. Ahmedov, i.f.n., dots. A. Yusupov, i.f.n., dots. M.Yu. Saidkarimova, i.f.n., dots. M.H. Yodgorovlar samarali mehnat qilib, o‘z bilim va tajribalari bilan talabalarga saboq berganlar.

Kafedraga Bahramov Asqar Bahramovich, Mixaylov Fyodor Arxipovich, Salixov Marat Abdullaevich, Ishanov Iskandar Sultonovich, Yuldashev Nuriddin Qurbonovich, Qosimova Mafirat Sobirovna, Samadov Asqarjon Nishonovich, Umarov Sunnat Abdullaevich kabi ustozlar turli yillarda rahbarlik qilganlar.

Hozirgi kunda i.f.d., prof. Sh.J. Ergashxodjayeva kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda.

 

O‘quv-uslubiy ishlar

Bugungi kunda “Marketing” kafedrasida 5230400 – “Marketing” (tovarlar va xizmatlar) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar hamda 5A230401 – “Marketing” (tovarlar va xizmatlar) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislik bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv va ishchi o‘quv rejalari mavjud. 2015-2016 o‘quv yilida magistraturaning “Marketing (tovarlar va xizmatlar)” mutaxassisligi hamda bakalavriatning “Marketing (tovarlar va xizmatlar)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha DTSning malaka talablari, o‘quv rejalari, ishchi o‘quv rejalari, ular asosida o‘quv dasturlari va ishchi o‘quv dasturlari tubdan takomillashtirildi. Magistratura mutaxassisligi va bakalavriat ta’lim yo‘nalishi DTSini tubdan takomillashtirishda rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganildi, bakalavriat va magistraturada o‘qitiladigan fanlar tubdan qayta ko‘rib chiqildi.

5230400 – “Marketing” (tovarlar va xizmatlar) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda Davlat ta’lim standartiga asosan, kafedrada quyidagi fanlar o‘qitilmoqda:

Marketing;

Marketing kommunikatsiyasi;

Marketing tadqiqotlari;

Marketingni boshqarish;

Xalqaro marketing;

Strategik marketing;

Tarmoqlar va sohalar marketingi;

 Metrologiya, standartlashtiirish va sertifikatlashtirish ((“Kasb ta’limi (informatika va axborotlar texnologiyalari)” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun);

Standartlashtirish va sertifikatlash;

Iste’molchilar xulq-atvori.

5A230401 – “Marketing (tovarlar va xizmatlar)” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kafedrada quyidagi fanlar o‘qitilmoqda:

Innovatsion marketing;

Tovarlar va xizmatlar marketingi;

Marketing tadqiqotida statistik tahlil;

Marketingda narx siyosati;

Merchendayzing va PR.

Fan, ta’lim va ishlab chiqarish jarayonlarining o‘zaro integratsiyasini ta’minlash maqsadida “Marketing” kafedrasining “Fayz” xolding kompaniyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi bilan o‘zaro ilmiy, innovatsion hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.

 “Fayz” xolding kompaniyasida kafedra filiali tashkil etilgan bo‘lib, kafedra yo‘nalishida bilim olayotgan talabalar, magistrlar va malaka oshirayotgan pedagog xodimlar nazariy bilimlarini amaliy tajribalar bilan boyitmoqdalar.

 

“Marketing” kafedrasining xalqaro va iqtisodiyotning real sektor korxonalari bilan aloqalari

 

Ilmiy-tadqiqot is hlari

Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalarga bilim berish bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini ham faol olib borishmoqdalar. Ilmiy izlanishlar natijasida olingan xulosa va takliflarni o‘zida aks ettirgan monografiya, ilmiy maqolalarni Xalqaro va Respublika miqyosida chiqariladigan ilmiy nashrlarda chop ettirmoqdalar, iqtisodiyotning dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan ilmiy - amaliy anjumanlarda o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqdalar.

Kafedrada 2012-2016 yillarga mo‘ljallangan F-1-68 “Transaktsiyalar va transaktsiya xarajatlarini boshqarishning ilmiy-metodologik asoslarini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyiha ustida ishlar olib borildi. Loyihada ilmiy rahbar professor Sh.J. Ergashxodjaeva, kichik ilmiy xodim ass. I.B. Sharipovlar ishtirok etmoqdalar. Hisobot davrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish tendentsiyalari va samaradorligi baholandi hamda ular faoliyat yuritishi institutlari va transaktsiya xarajatlari tarkibi tahlil qilindi, ularni kamaytirish yo‘llari bo‘yicha takliflar asoslandi. Olingan natijalar asosida 1 ta monografiya, 2 ta maqola (mahalliy nashrlarda), 2 ta xorijiy maqola, 4 ta tezis chop etildi.

  

2015-2016 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 8 ta xorijiy va 12 ta respublika jurnallarida ilmiy maqola, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida ko‘plab tezislar chop etildi.

Xalqaro aloqalar va xalqaro ilmiy hamkorlik sohasida kafedra professor-o‘qituvchilari i.f.d. prof. M.A. Ikramov, i.f.d. prof. Sh.J. Ergashxodjaeva, dots. A.N. Samadov, dots. L.T. Abduxalilova, dots. M.Yu. Saidkarimova, ass. S.A. Eshmatovlar Gunadarma Universiteti (Jakarta, Indoneziya) bilan hamkorlikda 2015 yil oktyabr oyida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdilar.

Bugungi kunda kafedra yo‘nalishida 5 katta ilmiy xodim-izlanuvchi va 10 dan ortiq mustaqil tadqiqotchilar o‘z ilmiy rahbarlari bilan birgalikda doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot olib bormoqdalar.

 

Kafedraning ma’naviy – ma’rifiy ishlari

 

Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy masalalarni tashkil etish va samaradorligini oshirishga doir ko‘rsatmalari asosida olib borilmoqda.

 Kafedra professor-o‘qituvchilari ma’naviy-ma’rifiy ishlarni quyidagi yo‘nalishlarda olib bormoqdalar:

- universitet miqyosida va fakultet doirasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;

- ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarida talabalarning ma’naviy, mafkuraviy, siyosiy va huquqiy bilimlarini, ahloqiy tarbiyasi, siyosiy va huquqiy madaniyatini rivojlantirish;

- talabalar turar joylarida hozirgi davrning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan turli soha vakillari va mutaxassislar ishtirokdida davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil qilish;

- murabbiylik soatlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda asosan, milliy qadriyatlar, o‘zlikni anglash, odob – ahloq, muomala madaniyati, kiyinish madaniyati masalalariga alohida e’tibor qaratish.

  

“Marketing” kafedrasi a’zolari universitet va fakultet miqyosida o‘tkaziladigan bayram tadbirlarda, xususan “O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik bayrami”, “1 oktyabr ustoz va murabbiylar kuni”, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni”, “8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni”, “Navro‘z -umumxalq bayrami”, “9-may Xotira va qadrlash kuni” kabi bayramlarni o‘tkazishda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar ishtirokida “Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohaga oid tadbirlar”, “Ma’naviy-axloqiy tarbiya sohasiga oid tadbirlar” va “Sport sohasiga oid tadbirlar” va boshqa dolzarb, hayotiy mavzularda fikr va mulohazalar almashinishga qaratilgan uchrashuv, suhbat va munozara tadbirlari doimiy ravishda tashkil etib kelinmoqda.

 

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik ishlari

Kafedrada tasdiqlangan rejaga asosan Respublikamizdagi qator akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Mirzo Ulug‘bek Informatika kasb-hunar kolleji, Toshkent telekommunikatsiya texnologiyalari kolleji, Respublika olimpiya zahiralari kolleji, Toshkent tijorat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji, Quyi Chirchiq ijtimoiy-iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji, Toshkent viloyati Parkent tumani Tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji, TDIU qoshidagi Chilonzor akademik litseyi va boshqa kasb-hunar kollejlari bilan aloqalar olib borildi.

Toshkent viloyati Parkent tumani “Tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish” kasb-hunar kollejida “O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va yuksak ma’naviyatli yosh mutaxassislarni tayyorlash vazifalari” mavzusida suhbat-uchrashuv o‘tkazildi. Unda kafedra professorlari A.A. Fattaxov, M.A. Ikramov, Q.A. Dadaboyevlar ishtirok etdilar.

Toshkent telekommunikatsiya texnologiyalari kollejida kafedra professorlari A.A. Fattaxov, M.A. Ikramov, Q.A. Dadaboevlar ishtirokida “Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda yuksak ma’naviyatli, yosh mutaxassislarning o‘rni” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.


Mirzo Ulug‘bek informatika kasb – hunar kollejida, kafedra katta o‘qituvchisi i.f.n., N.E. Alimxodjaeva va katta o‘qituvchi A.N. Meliqulovlar ishtirokida “Biznes reja, uning ahamiyati, mohiyati va mazmuni” mavzusida ilmiy amaliy seminar o‘tkazildi.

E'lonlar

Bizga murojaat