telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Moliya-iqtisod bo‘limi

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Bo‘limlar » Moliya-iqtisod bo‘limi

  Bo‘lim boshlig‘i

   Xodjayev Baxodir Baxtiyorovich

 

  Qabul vaqti

   900 - 1600  

 

  Telefon

(0 371) 239-01-53

 

  E-mail

blrn@tdiu.uz

 

  Veb-sayt

www.tdiu.uz

 

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliya-iqtisod bo‘limi xodimlarining funksional vazifalari

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining moliya-iqtisod bo‘limi universitet iqtisodini rejalashtiruvchi va moliyalashtiruvchi asosiy bo‘lim hisoblanib, universitetga tushgan pul mablag‘lari tushumi va xarajatlarining amalga oshirilishini tasdiqlangan smetalarga asosan monitoring qiladi. 

Moliya-iqtisod bo‘limida ishlovchi xodimlarning vazifalari quyidagilardan iborat:

- budjet, budjetdan tashqari, maxsus mablag‘lar bo‘yicha yil boshida joriy yil uchun tayyorlangan universitet shtatlar jadvallarini universitet rektoriga tasdiqlatib, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tasdig‘idan o‘tkazish;

- budjet, budjetdan tashqari, maxsus mablag‘lar bo‘yicha yillik smetalarni o‘z vaqtida tayyorlab, universitet rektoriga tasdiqlatib, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tasdig‘idan o‘tkazish;

- universitet hududidagi bo‘sh  joylarni ijaraga berish bo‘yicha ijarachilar bilan yil boshida shartnoma tuzib,  ijara va kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish;

- kafedralar bo‘yicha tasdiqlangan yuklamalardan kelib chiqqan holda normativga asosan shtat sonini belgilab, shtatlarga professor-o‘qituvchilarni rasmiylashtirilishini ta'minlash;

- bandlikka ko‘maklashish markaziga universitet bo‘yicha vakant lavozimlar to‘g‘risidagi hisobotni  har oyning 25-sanasigacha  topshirish;

- O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Farmoniga  asosan   oylik maoshlar  oshirilganda,universitet xodim va professor-o‘qituvchilar oylik maoshlarini qaytadan hisoblab buyruq asosida doimiy tasdiqdan o‘tkazish;

- servis va xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha har oyning oxirida Vazirlikga hisobot berish;

- talabalar to‘g‘risidagi universitet buyruqlarini doimiy ravishda qayd qilib borish;

- talabalar kontingenti xarakati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni jadvallarga asosan to‘ldirib tegishli bo‘limlarga yetkazib berish;

- har chorakdan keyingi oyning 10-sanasigacha universitet  buxgalteriyasiga talabalar kontingenti bo‘yicha hisobotni taqdim etish;

- yilning  5-noyabr sanasigacha  shahar statistika boshqarmasiga statistik hisobotning 4-ta'lim shaklini topshirish;

- xodimlar va professor-o‘qituvchilar bo‘yicha ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish haqidagi buyruqlarni o‘z vaqtida qayd qilib borish orqali shtatlar soni monitoringini yuritish;

- har chorakdan keyingi oyning 10-sanasigacha universitet buxgalteriyasiga xodimlar va professor–o‘qituvchilar keldi-ketdisi(stavka) bo‘yicha hisobotni taqdim etish;

- shahar statistika boshqarmasiga  chorak, yillik hisobotning 1-T (mehnat) shaklini  topshirish;

- shahar statistika boshqarmasiga boshqaruv xodimlari to‘g‘risidagi hisobotning 1-UP shaklini har chorakdan keyingi oyning 3-sanasigacha topshirish;

- yilning 15-dekabr sanasigachashahar statistika boshqarmasiga hisobotning 1-NX shaklini topshirish;

- universitetning 19-sonli yosh ilmiy tadqiqodchilar yotoqxonasida istiqomat qiluvchi xodimlarningkommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazorat qilib, kommunal to‘lovlar hisob-kitobini amalga oshirish;

- universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan xodim va professor o‘qituvchilarning elektr energiya, gaz, sovuq suv, issiqlik energiyasi uchun kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘laganliklari to‘g‘risidagi ma'lumotnomalarni yig‘ish;

- yuqori tashkilotlardan kelgan xat va modemlarning bo‘limga tegishli bandlariga doimiy javob berish.

 

 

E'lonlar

Bizga murojaat