telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Moliya va soliqlar kafedrasi

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Kafedralar » Moliya va soliqlar kafedrasi

  Kafedra mudiri

  Ilxamov Shavkat Islamovich

 

  Qabul vaqti:

  1400 - 1600

 

  Telefon

  (0 371) 239-28-23​

 

  E-mail

  kafdms@tdiu.uz

 

  Veb-sayt

  www.tdiu.uz

 

 

Kafedra tarixi

Iqtisodiy tizimning barcha shakllari davrida ham moliyachi mutaxassislarga talab doim yuqori bo‘lgan. Bu ehtiyoj e'tiborga olingan holda 1931-yilda O‘rta Osiyoda(hozirgi Markaziy Osiyo) dastlabki moliya yo‘nalishida tashkil etilgan “Moliya-iqtisodiyot instituti” qoshida «Moliya» kafedrasi tashkil etildi. Kafedraning birinchi mudiri qilib E.Favorskiy tayinlangan.

“Moliya” kafedrasini ilmiy-pedagogik kadrlar bilan ta'minlashda shu kafedra a'zolari,  rektor M. M. Qoriev, prorektor X. M. Murodovlar yuqori jonbozlik ko‘rsatgan. 1972-1990-yillarda kafedraga i.f.d., prof. H.R.Sobirov rahbarlik qilgan. Xalq xo‘jaligi institutining 40 yilligi munosabati bilan kafedra mudiri H. Sobirov va dots. X. M. Murodovlar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi unvoni bilan taqdirlangan.

1980-1990-yillar oralig‘ida moliya mutaxassisligi bo‘yicha ta'lim olayotganlar soni ko‘paydi. Kunduzgi bo‘limda har yili 400, kechki va sirtqi bo‘limlarda o‘rta hisob bilan 1000 kishi ta'lim oldi. Har yili 320-340 kishi moliyachi – iqtisodchi ixtisosligi bo‘yicha diplom oldi. Ana shu yillarda kafedra a'zolari O.Olimjonov, T.Malikovlar moliya tizimining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan dastlabki  doktorlik dissertatsiya ishlarini, I.Ismatullaev, Z.Zairova, Sh.Abdullayeva, E.Qodirov, A.Yo‘ldoshev, N. Asilov va boshqalar nomzodlik dissertatsiyasini yoqladilar.

1991-yilda Xalq xo‘jaligi instituti negizida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga asos solindi va kafedraning nomi “Moliya va baholarni shakllantirish” deb nomlandi va unga i.f.d., prof. O.Yu. Rashidov kafedraga mudirlik qildi. 1993-yildan 1996-yilga qadar i.f.d., prof. T.S. Malikov  rahbarlik qilgan.

1996-yilda kafedraga i.f.d., prof. O.M.Jumanov mudir etib tayinlandi. 1996-2003-yillar mobaynida kafedrada  «Moliya», «Soliqlar va soliqqa tortish» yo‘nalishlarida bakalavrlar tayyorlash bilan birga «Davlat moliyasini boshqarish», «Soliqlar va soliqqa tortish» mutaxassisligi buyicha magistrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi, kafedra aspirantlaridan B.Jo‘rayev, O.Ashurovalar aspirantlar o‘zlarining nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

2002-yilda soliq tizimi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashni kuchaytirish maqsadida “Moliya va bahoni shakllantirish” kafedrasi negizida alohida “Soliq” kafedrasi tashkil etildi va unga i.f.n., dots. R. Xolbekov mudir etib tayinlandi. 2003-yil sentabrdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishiga ko‘ra kafedra mudiri etib O‘zbekiston Respublikasi Soliq Ko‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari i.f.n. E.F. Gadoyev tayinlandi.

2003-yilda “Soliq” va “Moliya” kafedrasi birlashtirilib “Moliya va soliqqa tortish” kafedrasi tashkil etildi va 2005-yildan boshlab esa kafedraning nomi “Moliya va soliqlar” deb nomlandi.

2003-2005 yillar mobaynida kafedraning 2 professor o‘qituvchilari: M.Alimardonov va R. Gaybullaevlar doktorlik dissertatsiyalarini himoya kilishdi.

2006-yilning aprelidan sentyabriga qadar kafedraga i.f.d., prof. B.Yu.Hodiev rahbarlik qildi. B.Yu.Hodiyevning kafedraga qisqa vaqt rahbarligi davomida o‘quv rejalariga bir qator zamonaviy yangi fanlar kiritildi, ularning uslubiy bazasi yaratildi, 10 dan ortiq darslik va o‘quv adabiyotlari tayyorlanib nashrga tayyorlandi hamda kafedraning ilmiy va o‘quv yo‘nalishi hamkorlik munosabatlari kengaytirildi, kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy stajirovkalari rivojlantirildi.

2006-2009-yillar davomida  dotsent Bozor Karimovich Tuxliyev, 2009-2014-yillarda Xudoyqulov Sadriddin Karimovich kafedraga mudirlik qildi.

2011-yildan boshlab kafedraning nomi “Davlat moliyasi va soliqlar” deb qayta nomlandi.

2015-yildan boshlab kafedraning nomi “Moliya va soliqlar” deb qayta nomlangan.

2015-2017-yillar davomida dotsent Bazarov Qahramon Toshtemirovich kafedraga mudirlik qilgan.

2017-yildan kafedraga dotsent Ilxomov Shavkat Islamovich rahbarlik qilib kelmoqda.

Hozirgi kunga kelib kafedrada 31 ta fan mavjud bo‘lib, ulardan 18 tasi bakalavriyatda, 13 tasi magistratura mutaxassisligiga to‘g‘ri keladi. So‘nggi 3 yil ichida kafedraning professor – o‘qituvchilari tomonidan 4 ta darslik, 10 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta halqaro maqola, 50 dan ortiq mahalliy jurnallarda maqollar chop etilgan.  

 

E'lonlar

Bizga murojaat