telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

O‘quv-uslubiy boshqarma

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Bo‘limlar » O‘quv-uslubiy boshqarma

 

  Boshqarma boshlig‘i

  Usmanov Baxtiyar Babaxanovich

 

  Qabul vaqti

 Dushanba  1000 - 1200, Seshanba 1400 - 1600, Chorshanba 1000 - 1200,

 Payshanba 1400 - 1600, Juma 1000 - 1200, Shanba 1400 - 1600

 

  Telefon

  (0 371) 232-60-21

 

  E-mail

  bluub@tdiu.uz

 

  Veb-sayt

  www.tdiu.uz

 

O‘quv-uslubiy boshqarma haqida

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining O‘quv-uslubiy boshqarmasi universitet o‘quv jarayonini rivojlangan xorijiy mamlakatlar universitetlari tajribasini e'tiborga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy, iqtisodiy rivojlantirishniig zamonaviy talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan Davlat ta'lim standartlari, namunaviy va ishchi o‘quv rejalari, fan bo‘yicha namunaviy va ishchi dasturlar asosida tashkil etilishi uchun mas'ul bo‘lgan tarkibiy tuzilmadir.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining O‘quv-uslubiy boshqarmasi o‘z foliyatida O‘zbekiston Respublikasi "Ta'lim to‘g‘risida", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘grisida"gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining buyruqlari, universitet Ilmiy Kengashi qarorlari, universitet rektoriping buyruqlari, farmoyishlari va boshqa turdagi me'yoriy hujjatlarga amal qiladi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining O‘quv-uslubiy boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda «O‘quv-uslubiy boshqarma» deb yuritiladi) mustaqil tarkibiy tuzilma bo‘lib, universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektoriga bo‘ysunadi.

 

O‘quv-uslubiy boshqarmaning asosiy vazifalari

Universitet ta'lim jarayonini belgilangan tartibda tasdiqlangan Davlat ta'lim standartlari, namunaviy va ishchi o‘quv rejalari, fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil etadi, ular asosida o‘quv jarayoni jadvallarini ishlab chiqadi va uni barcha fakultetlar, kafedralar tomonidan to‘liq bajarilishini ta'minlaydi.

Fakultetlar, kafedralar va o‘quv jarayoniga daxldor boshqa tarkibiy tuzilmalar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtiradi.

Muntazam ravishda har bir yo‘nalish va mutaxassislik bo‘yicha davlat standartlari, o‘kuv rejalari, fanlar dasturlari va boshqa o‘kuv-uslubiy xujjatlarni takomillashtirishni tashkil etish bo‘yicha ish olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi me'yoriy hujjatlarini o‘rganish va universitet o‘quv jarayopida ularni tadbiq etish bo‘yicha tegishli hujjatlar loyihasini tayyorlaydi.

Ta'lim sifatini tahlilini o‘tkazadi.

Mamlakatimizda va xorijda qo‘llaiilayotgan zamonaviy ilg‘or axborot va pedagogik texnologiyalar va amaliy tajribalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va universitet o‘quv jarayoniga joriy etadi.

Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiya mavzularini iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlaptirish, korxonalar faoliyati samaradorligini onshrish va shu kabi dolzarb muammolarga va muayyan korxona misolida yozilishini nazorat qiladi.

Fakultetlar va kafedralar bilan birgalikda ishchi o‘quv rejalari, kafedralar va professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari, o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, boshqa turdagi o‘quv-uslubiy hujjatlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlash uchun Ilmiy hamda O‘quv-uslubiy kengashga taqdim etadi.

Talabalarni kafedralar tomonidan o‘quv dasturlari va boshqa o‘quv-uslubiy hujjatlar bilan ta'minlanishini nazorat qiladi.

Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan bajariladigan o‘quv yuklamalari taqsimoti, professor-o‘qituvchilarning shtat jadvalini o‘rganib chiqadi va rejalashtiradi.

Vaqt me'yorlari asosida universitetning shtatdagi professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari va fakultetlar dekanlari bir o‘quv yili davomida bajarishi shart bo‘lgan o‘quv yuklamalari, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy ishlar xajmini va tarkibini aniqlaydi hamda tasdiqlash uchun universitet Ilmiy Kengashiga olib chiqadi.

Kafedralarda rejalashtirilgan o‘quv yuklamalarining bajarilishini monitoringini olib boradi va soatbay ishlaydigan professor-o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtiradi.

Kafedralar, o‘qituvchilarning yillik hisobotlarini ko‘rib chiqadi, qabul qiladi va universitetning yillik umumiy hisobotini tayyorlashda qatnashadi.

Universitet shtatidagi va soatbay professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishlarini ta'minlash maqsadida ochiq darslar tashkil qiladi.

Universitet Ilmiy va O‘quv-uslubiy kengashi qarorlarini o‘quv jarayoniga joriy etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha barcha tashkiliy ishlarni rejalashtiradi. Davlat attestatsiya komissiyasi ishini tashkil etish bo‘yicha zaruriy xujjatlarni tayyorlaydi va ularni universitet bo‘linmalari, dekanatlar va kafedralarga yetkazadi, DAK ishini nazorat qiladi, DAK hisobotlarini o‘z vaqtida bajarilishini va O‘quv-uslubiy boshqarmaga topshirilishini talab qiladi.

Universitet kafedralarining laborantlari, dekanatlar kotibalarining o‘quv-uslubiy faoliyatini boshqaradi, ularning ish hujjatlarini yuritishlari va mehnat intizomiga rioya etishlarini nazorat qiladi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari va xodimlarini malakasini oshirish maqsadida seminarlar tashkil etadi.

Universitet kafedralari, fakultetlar dekanatlari o‘quv-uslubiy faoliyatini doimiy nazorat qilib boradi, o‘quv-uslubiy ishlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar beradi va universitet O‘quv-uslubiy, Ilmiy Kengashlari muhokamasiga kiritadi.

Talabalarning dekanatdagi shaxsiy hujjatlari, reytingi qaydnomalarini va shu kabi boshqa hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilishini doimiy nazorat qilib boradi.

 

O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlarning lavozim vazifalari
 

O‘quv-uslubiy boshqarma universitet rektori tomonidan tayinlanadigan boshqarma boshlig‘i tomonidan boshqariladi. O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i uiiversitetdagi o‘quv jarayonining ahvoli, Davlat ta'lim standartlariga rioya etilishi bo‘yicha mas'uldir. O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i lavozimiga oliy ma'lumotga ega va OO‘Yu yo‘nalishiga mos holda mutaxassisligi bo‘yicha ish staji kamida 5 yil bo‘lgan shaxslar tayinlanadi.

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘ining xizmat vazifalari jumlasiga kuyidagilar kiradi:

- o‘quv-uslubiy boshqarma ishini tashkil qilish, yuklatilgan vazifalarni samarali va o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlash;

- boshqarma xodimlari tomonidan mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya etilishini nazorat qilish;

- universitet o‘quv jarayonini tashkil qilish bilan bog‘liq barcha tashkiliy va nazorat ishlarini tashkil etish;

- universitet kafedralari, dekanatlari va boshqa bo‘linmalar o‘quv-uslubiy ishlarini nazorat qilish maqsadida tuzilgan komissiyalar tarkibida ishtirok etish;

- o‘quv jarayonini tashkil etishga oid buyruqlar va farmoyishlar loyihasini tayyorlash, ularni tasdiqlash uchun universitet rahbariyatiga taqsim etish hamda ijro etish uchun kafedra va dekanatlarga yetkazish;

- kafedralarning ish rejalarini ko‘rib chiqish, ma'qullash, ushbu rejalar ijrosi bo‘yicha hisobotlarni qabul qilish;

- kafedralar professor-o‘qituvchilarini tanlovini, ro‘znomalarga e'lon berilishini tashkil etadi;

- professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamalari taqsimoti va shaxsiy ish rejalarini ko‘rib chiqish, ma'qullash, ular ijrosi bo‘yicha hisobotlarni qabul qilish;

- o‘quv jarayonini holatini o‘rganish bo‘yicha talabalar orasida anketa so‘rovlarini o‘tkazishni tashkil etish;

- universitet bo‘yicha yillik o‘quv yuklamalari umumiy hajmini aniqlash va kafedra mudirlari tomonidan tayyorlangan kafedralar o‘quv yuklamalari taqsimotini ko‘rib chiqish;

- dekanat va kafedralardagi texnik xodimlar (uslubchilar, kotiba)ning mehnat intizomiga rioya etishlarini va ish yuritishlarini nazorat qilish;

- universitet Ilmiy, O‘quv-uslubiy kengashlarida o‘quv va o‘quv-uslubiy jarayonini takomillashtirishga oid takliflarning muhokama etilishini ta'minlash;

- o‘quv jarayoniga taalluqli bo‘lgan universitet rektori buyruqlari, farmoyishlarini, Ilmiy va O‘quv-uslubiy Kengashi qarorlarining ijro etilishini nazorat qilish;

- universitetda o‘quv jarayonini yanada yaxshilash, samaradorligini oshirish maqsadida respublikamiz va xorijiy mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari, ilmiy muassasalar, bank, moliya, soliq tashkilotlari bilan aloqalar o‘rnatish, ulardagi ilg‘or tajribalardan foydalanishni tashkil etish;

- o‘quv mashg‘ulotlarini boshlanishi, tugallanishi, o‘tkazilishi, sifatini nazorat qilish va mashg‘ulotlar barbod bo‘lgan, kamchiliklar bilan o‘tkazilgan hollarda tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha rektoratga takliflar berish;

- talabalar malakaviy amaliyotlarini o‘quv rejaga mos ravishda o‘tilishini ta'minlash;

- professor-o‘qituvchilarni pedagogik, axborot texnologiyalari, kasbiy maxorati bo‘yicha malaka oshirish hamda qayta tayyorlashga yuborish;

- professor-o‘qituchilar va xodimlarni ta'tilga chiqish jadvallarini tuzilishini muvofiqlashtirish;

- rektor va o‘quv ishlari prorektori topshirig‘iga binoan tegishli hujjatlarni tayyorlash va boshqalar.

O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi lavozimiga oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadi. O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi xizmat vazifasiga quyidagilar kiradi:

- yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha Davlat ta'lim standartlari, o‘quv rejalari, fanlar dasturlari talablarini bajarilishini ta'minlash;

- o‘quv jarayonini jadvallarga mos ravishda olib borilishini nazorat qilish;

- talabalarni uslubiy hujjatlar bilan ta'minlash;

- o‘quv jarayonini uslubiy hujjatlar va adabiyotlar bilan ta'minlanganligini monitoringini olib borish va ushbu uslubiy hujjatlar va adabiyotlarni ishlab chiqilishini tashkil etish;

- kafedralar va dekanatlar uslubiy hujjatlarini tekshirish va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berish;

- uslubiy hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha kafedralar va dekanatlarga metodik yordam ko‘rsatish;

- laboratoriya mashg‘ulotlarini ta'minlanganlik darajasini monitoringini olib borish;

- o‘quv jarayonini adabiyotlar bilan ta'minlanganlik darajasini yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha olib borish;

- amaliyotlar bazalarini kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda aniqlash;

- o‘quv jarayonini taaluqli bo‘lgan hujjatlarni tipografiyada ko‘paytirish uchun talabnomalar berish;

- o‘quv jarayoni bo‘yicha seminar va konferensiyalar tashkil etishda faol qatnashish;

- rektor va prorektorlar bergan vazifalarini bajarish;   

- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining modemnomalariga javob tayyorlash;

- o‘quv jarayoniga tegishli masalalar bo‘yicha buyruq va kengashlar qarorlari loyixalarini tayyorlash;

- o‘quv-uslubiy kengash bayonnomalarini tayyorlash va shu kabi boshqa vazifalarni bajarish.

O‘quv-uslubiy boshqarma dispetcheri lavozimiga oliy yoki bo‘lmasa o‘rta maxsus ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadi. O‘quv-uslubiy boshqarma dispetcheri xizmat vazifasiga quyidagilar kiradi:

- o‘quv rejalariga mos ravishda dars jadvallarini tuzish;

- dars jadvallariga asosan yakuniy baholashni o‘tkazish jadvallarini tuzish;

- auditoriya fondini tahlil etib borish;

- auditoriya fondi kamchiliklarini bartarf etish bo‘yicha xo‘jalik bo‘linmalariga bildirishnomalar berish;

- o‘quv mashg‘ulotlari borishini tekshirish va barbod bo‘lgan mashgulotlar bo‘yicha raportlar berish;

- darslarga kirish va chiqish qo‘ng‘iroqlarini o‘z vaqtida chalish;

- o‘quv tarbiyaviy jarayonning tashkil etilishi va borishini doimiy nazorat qilish va yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tekshirishni jurnaliga muntazam yozib borish;

- universitetda o‘tkaziladigan tadbirlarga auditoriyalar fondini taqsimlash;

- professor-o‘qituvchi xodimlar o‘quv mashg‘uloti kartochkasini tuzish va barcha keyingi o‘zgarishlarni o‘qituvchilar kartochkalariga kiritish;

- rektor va prorektorlar bergan vazifalarini bajarish;

- mashg‘ulotlarni barbod bo‘lish xollari, talabalar davomadini tahlil etish va tegishli ma'lumotnomalar tayyorlash;

- kafedra mudirlari va fakultetlar dekanlari, bo‘limlar boshliqlari tomonidan mashg‘ulotlarga kirish jadvallarini tuzish va taqrizlar blankalarini ularga yetkazish.

O‘quv-uslubiy boshqarma kotibi lavozimiga o‘rta maxsus ma'lumotga va qo‘shimcha bilimlarga ega bo‘lgan shaxslar tiyinlanadi. O‘quv-uslubiy boshqarma kotibi xizmat vazifasiga quyidagilar kiradi:

- o‘quv-uslubiy boshqarma nomenklaturasi bo‘yicha hujjatlar yuritilishini ta'minlash;

- o‘quv-uslubiy boshqarma faoliyatiga doir buyruqlar, qaror loyixalari, xizmat xatlari va shu kabi hujjatlarni tayyorlash, belgilangan tartibda rasmiylashtirish va tegishli tashkilotlarga yuborilishini tashkil etish;

- o‘quv-uslubiy boshqarmaga murojaat qilgan fuqarolar haqida maxsus kitob yuritish;

- o‘quv-uslubiy boshqarmaga kelgan hujjatlarni qayd etilishini olib borish;

- universitetning boshqa bo‘linmalaridan olingan topshiriq va hujjatlarni rahbarga o‘z vaqtida yetkazish;

- telefonogramma, modemogrammalarni qabul qilish va jo‘natish;

- majlis bayonnomalarini rasmiylashtirish;

- rahbar tomonidan xodimlarga berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilishini monitoringini olib borish;

- rahbar imzo qo‘yishi uchun hujjatlarni qabul qilib olish va imzolangandan so‘ng egalariga qaytarish;

- rahbar qabuliga kelgan kishilarni kutib olish va belgilangan tartibda qabul qilinishini tashkil etish.

E'lonlar

Bizga murojaat