telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

OTM qabul komissiyasi faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlar

You are here

Bosh sahifa » Abituriyentlarga » OTM qabul komissiyasi faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlar

Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  1. Rektor nomiga ariza;
  2. O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asli;
  3. 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  4. Pasportning nusxasi;
  5. 3,5x4,5 sm hajmdagi 6 ta rasm.

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlar tegishli tavsiyanomani ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 15 iyulgacha taqdim etishlari shart aks holda undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.

Abiturient hujjatlarining to‘liqligi tekshirilgandan so‘ng web kamera orqali suratga tushiriladi va hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etiladi. Ushbu surat abiturientlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi. Suratga tushmagan abiturientning hujjatlari qabul qilinmaydi.

Abiturientlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilib olinadi va qabul qilinganligi to‘g‘risida tilxat beriladi.

Abiturientlar quyidagi fanlar bo’yicha test sinovlari topshiradilar:

  • Matematika (informatika)
  • Chet tili (Fizika - “Informatika va axborot texnologiyalari” yo’nalishlari uchun)
  • Ona tili va adabiyoti

— Oliy ta'lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida

— Oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida

— 2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida

— O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab Harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyasiga ega bo‘lgan abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilishda shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida;

— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 118-sonli qarori
— Test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom

E'lonlar

Bizga murojaat