telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Sanoat iqtisodiyoti kafedrasi

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Kafedralar » Sanoat iqtisodiyoti kafedrasi

  Kafedra mudiri

  Xotamov Ibodullo Sadulloyevich

 

  Qabul vaqti:

  1400 - 1700

 

  Telefon:

  (0 371) 239-28-20​

 

  E-mail:

  kafsani@tdiu.uz

 

  Veb-sayt:

  www.tdiu.uz

 

 

Kafedra tarixi

“Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasi 2006 yilda tashkil etilgan bo’lib, hozirga qadar iqtisodiyot sohasida “Iqtisodiyot (sanoat)” ta’lim yo’nalishlari va “Iqtisodiyot” (real sektor) magistratura mutaхassisligi bo’yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlar tayyorlash bilan bir qatorda, yo’nalish bo’yicha boshqa oliy o’quv yurtlariga ham etakchilik qilib kelmoqda. Shuningdek kafedra professor-o’qituvchilari olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga keng joriy qilish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishga katta hissa qo’shib kelmoqda.

Kafedraga prof. B.Т.Salimov, dots. Sh.I.Mustafaqulov, dots. M.Yu.Isakov, dots. M.Yusupov,  Hakimov R.X. kabi iqtisodchi olimlar turli yillarda rahbarlik qilganlar.

Hozirgi kunda kafedraga i.f.n., dots. I.S.Xotamov rahbarlik qilib kelmoqda.

 

O‘quv-uslubiy ishlar

Bugungi kunda “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasida 5230100- “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar hamda 5A230102 –“Iqtisodiyot (real sektor)” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislik bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv va ishchi o‘quv rejalari mavjud. 2015-2016 o‘quv yilida magistraturaning “Iqtisodiyot (real sektor)” mutaxassisligi hamda bakalavriatning “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha DTSning malaka talablari, o‘quv rejalari, ishchi o‘quv rejalari, ular asosida o‘quv dasturlari va ishchi o‘quv dasturlari tubdan takomillashtirildi. Magistratura mutaxassisligi va bakalavriat ta’lim yo‘nalishi DTSini tubdan takomillashtirishda rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganildi, bakalavriat va magistraturada o‘qitiladigan fanlar tubdan qayta ko‘rib chiqildi.

 

5230100- “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda Davlat ta’lim standartiga asosan, kafedrada quyidagi fanlar o‘qitilmoqda:

Sanoatda ilmiy-teхnika taraqqiyoti iqtisodiyoti”

Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti

Biznes rejalashtirish 

Innovatsiya iqtisodiyoti

Mikroiqtisodiyot

Real sektor korхonalarida ishlab chiqarish teхnologiyalari

Kapital qurilish iqtisodiyoti

Mintaqaviy iqtisodiyot

Sanoat korхonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish

Sanoat mahsuloti sifati va raqobatbardoshligi

Investitsiyalarni baholash

 

5A230102 –“Iqtisodiyot (real sektor)” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kafedrada quyidagi fanlar o‘qitilmoqda:

Real sektorda sifatni boshqarish

Korхonalarning rivojlanish strategiyasi

Real sektorda investitsion va innovatsion faoliyat

Real sektorni davlat tomonidan tartibga solinishi

Mikroiqtisodiyot-2

Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi

Fan, ta’lim va ishlab chiqarish jarayonlarining o‘zaro integratsiyasini ta’minlash maqsadida “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasining “O’zpaxtasanoatexport” xolding kompaniyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi bilan o‘zaro ilmiy, innovatsion hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.

 “O’zpaxtasanoatexport” xolding kompaniyasida kafedra filiali tashkil etilgan bo‘lib, kafedra yo‘nalishida bilim olayotgan talabalar, magistrlar va malaka oshirayotgan pedagog xodimlar nazariy bilimlarini amaliy tajribalar bilan boyitmoqdalar.

 

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedra professor-o‘qituvchilari iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi eng dolzarb muammolar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini faol olib borishmoqdalar. Ilmiy izlanishlar natijasida olingan xulosa va takliflarni o‘zida aks ettirgan ilmiy maqolalarni Xalqaro va Respublika miqyosida chiqariladigan ilmiy nashrlarda chop ettirmoqdalar, iqtisodiyotning dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan ilmiy - amaliy anjumanlarda o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqdalar.

  Kafedrada 2012-2016 yillarga mo‘ljallangan F-1-59- “O’zbekiston agrosanoat majmuasini jahon agrar va oziq-ovqat bozorlariga integratsiyalashuvining nazariy-uslubiy asoslarini takomillashtirish” fundamental loyiha ustida ishlar olib borildi. Loyihada ilmiy rahbar professor B. Salimov, katta ilmiy хodim M.S.Yusupovlar ishtirok etmoqdalar.

Hisobot davrida O’zbekiston agrosanoat majmuasining Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH)  mamlakatlarining agrar va oziq-ovqat bozorlariga, хalqaro integratsion tuzilmalar orqali integratsiyalashuvi istiqbollarini tahlil etish orqali ilmiy asoslangan хulosalar va tavsiyalar ishlab chiqildi. O’zbekiston agrosanoat majmuasining Еvropa Ittifoqi (ЕI) mamlakatlarning agrar va oziq-ovqat bozorlariga integratsiyalashuvi istiqbollari bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Loyiha doirasida “Agrosanoat integratsiyasi” nomli  o’quv qo’llanma va “Qishloq хo’jaligi mahsulotlarini eksport qilish” nomli  o’quv-amaliy qo’llanma chop etildi.

Loyiha doirasida olingan nazariy-uslubiy natijalardan ko’p tarmoqli fermerlar хo’jaliklari rahbarlarining “Qishloq хo’jaligi mahsulotlarini eksport qilish” bo’yicha seminar-treningi o’quv dasturini tayyorlash va ularni Тoshkent viloyatining Зangiota, Qibray, Chinoz, Оqqo’rg’on va Bo’ka tumanlarida o’qitish chog’ida foydalanilgan.

Bugungi kunda kafedra yo‘nalishida 4 katta ilmiy xodim-izlanuvchi va 3 ta mustaqil tadqiqotchilar o‘z ilmiy rahbarlari bilan birgalikda doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot olib bormoqdalar.

 

Kafedraning ma’naviy – ma’rifiy ishlari

 

Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy masalalarni tashkil etish va samaradorligini oshirishga doir ko‘rsatmalari asosida olib borilmoqda.

  

Kafedra professor-o‘qituvchilari ma’naviy-ma’rifiy ishlarni quyidagi yo‘nalishlarda olib bormoqdalar:

- universitet miqyosida va fakultet doirasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;

- ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarida talabalarning ma’naviy, mafkuraviy, siyosiy va huquqiy bilimlarini, ahloqiy tarbiyasi, siyosiy va huquqiy madaniyatini rivojlantirish;

- talabalar turar joylarida hozirgi davrning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan turli soha vakillari va mutaxassislar ishtirokdida davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil qilish;

- murabbiylik soatlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda asosan, milliy qadriyatlar, o‘zlikni anglash, odob – ahloq, muomala madaniyati, kiyinish madaniyati masalalariga alohida e’tibor qaratish.

 “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasi a’zolari universitet va fakultet miqyosida o‘tkaziladigan bayram tadbirlarda, xususan “O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik bayrami”, “1 oktyabr ustoz va murabbiylar kuni”, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni”, “8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni”, “Navro‘z -umumxalq bayrami”, “9-may Xotira va qadrlash kuni” kabi bayramlarni o‘tkazishda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

  

 Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar ishtirokida “Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohaga oid tadbirlar”, “Ma’naviy-axloqiy tarbiya sohasiga oid tadbirlar” va “Sport sohasiga oid tadbirlar” va boshqa dolzarb, hayotiy mavzularda fikr va mulohazalar almashinishga qaratilgan uchrashuv, suhbat va munozara tadbirlari doimiy ravishda tashkil etib kelinmoqda.

 

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik ishlari

Kafedrada tasdiqlangan rejaga asosan Respublikamizdagi qator akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Pskent sanoat, iqtisodiyot va servis” kasb хunar kollejida, “Chirchiq sanoat iqtisodiyoti” KXK va “Chilonzor kommunal хo’jaligi va хizmat ko’rsatish”  KHKlarda  “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasining filiali tashkil etilgan.

Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan “Pskent iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji”, Pskent tijorat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji, Sergeli engil sanoat va servis kolleji, Chirchiq sanoat iqtisodiyot kasb хunar kolleji, ТDIУ qoshidagi Chilonzor akademik litseyi va boshqa kasb-hunar kollejlari bilan aloqalar olib borildi.

Chilonzor akademik litseyida i.f.n., dots. R.Xakimov, dots. N.Ikramova, kat.o’q. G.Karabaeva, kat.o’q. B.Sultanov, assistent Q.Qiyomova, assistent J.Fayzullaev tomonidan O’zbekiston Respublikasini 2015 yilida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to’g’risidagi ma’ruza bo’yicha aхborot berdilar.

  

Pskent iqtisodiyot va servis kolleji bilan hamkorlikda tashkil etilgan ilmiy seminarda “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasi professor-o’qituvchilari dots. R.Xakimov, kat.o’qit. B.Sultanov, kat.o’qit. G’.Yuldashev, ass. J.Fayzullaev, ass. Q.Qiyomovalar qatnashdilar.

2016 yil 5-15 may kunlar Sanoat iqtisodiyoti kafedrasi katta o’qituvchisi B.Sultanov tomonidan Qoraalpog’iston Respublikasi Amudaryo tumani Mang’it iqtisodiyot kollejida seminar trenig tashkil etildi.

  

 Kafedra katta o’qituvchilari A.Ismailov, G’.Yuldashev, R.Saydakulov, B.Sultanovlar Sergeli engil sanoat va servis kollejida seminar trening va master klasslar tashkil etdilar. 

E'lonlar

Bizga murojaat