telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Statistika kafedrasi

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Kafedralar » Statistika kafedrasi

  Kafedra mudiri

  Ayubjonov Abbos Xasilovich

 

  Qabul vaqti

  900 - 1600

 

  Telefon

  (0 371) 239-28-06

 

  E-mail

  kafstat@tdiu.uz

 

  Veb-sayt

  www.tdiu.uz

 

 

Kafedra tarixi

Kafedra o‘z ish faoliyatini 1932-yildan “Matematika va statistika” kafedrasi tarkibida boshlagan. 1953-yildan boshlab kafedra o‘z ish faoliyatini mustaqil “Statistika” kafedrasi nomi ostida olib bormoqda. Shu yildan boshlab iqtisodiyot tamoqlari uchun jumladan, Davlat statsitika qo‘mitasi uchun mutaxassis-statistiklarni tayyorlash boshlandi.

Kafedraga turli yillarda quyidagi professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilgan:

1932-1937 yillarda prof. P.I. Plotnikov;

1937-1942 yillarda prof. Yu.N. Minakov;

1942-1947 yillarda prof. A.I. Gazulov;

1947-1952 yillarda prof. M.I. Eydelnant;

1952-1955 yillarda dots. F.F. Korrel;

1955-1966 yillarda prof. V.N. Krilov;

1966-1971 yillarda prof. E.A. Akramov;

1971-1997 yillarda prof. N.M. Soatov;

1998-1999 yillarda prof. Z.X. Toshmatov;

1999-2002 yillarda prof. X. Nabiev;

2003-2005 yillarda dots. R.S. Mahmudova;

2007-yildan hozirgi davrga qadar i.f.n., dots. A.H. Ayubjonov kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada jami 9 ta professor-o‘qituvchi, shu jumladan, 1 ta professor, 4 ta dotsent, 2 ta katta o‘qituvchi va 2 ta assistent faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari malakali mutaxassislarni tayyorlashda har doim o‘zlarining nazariy va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida amaliyot korxonalari, malaka oshirish institutlari va xorijiy mamlakatlarda o‘z malakalarini oshirib kelmoqdalar.

Hozirgi kunda kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘rtacha yoshi 47 yoshni, ilmiy salohiyati esa 55,0 foizni tashkil qiladi.

 

Kafedraning vazirlik, korxona va muassasalar bilan tashqi hamkorligi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar” instituti;

Moskva iqtisodiyot-statistika universiteti;

Moskva davlat universiteti;

G.V. Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti.

Kafedraning o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlari. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan oxirgi 5 yilda 3 ta monografiya, 5 ta darslik, 7 ta o‘quv qo‘llanma va 5 ta masalalar to‘plami, 15 ta o‘quv uslubiy majmualar,  hamda 305 b.t.ga yaqin ilmiy ishlar chop etilgan.

Hozirgi kunda kafedrada 2 ta katta ilmiy  xodim izlanuvchi ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqda.

Kafedra yo‘nalishi bo‘yicha 40 dan ortiq iqtidorli talabalar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqda, ularga ilmiy rahbar sifatida kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari biriktirilgan. Iqtidorli talabalar kafedra qoshidagi “Yosh statistiklar” ilmiy to‘garagida va talabalar ilmiy anjumanlarida, seminarlarida  ilmiy ma'ruzalar bilan faol qatnashib kelmoqdalar.

Kafedra yo‘nalishi bo‘yicha har yili bitirgan talabalarning 15-20 foizga yaqini har xil mutaxassisliklar bo‘yicha magistraturaga kirib o‘qishni davom ettirmoqdalar. Xozirgi kunda kafedrada 14 magistr va 302 bakalavr taxsil olmokda.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan oxirgi  yilda “Statistika” kafedrasi  professor-o‘qituvchilari 2015-2016 o‘quv yilida “Beshyog‘och” mahallasida istiqomat qiluvchi keksa onaxonlar holidan xabar olish uchun mahallaga tashrif buyurdilar. “Beshyog‘och” mahallasi Furqat berk ko‘chasi 12-xonadonda istiqomat qiluvchi Lipovskaya Valentina va shu ko‘chaning 63-xonadonida istiqomat qiluvchi Ibragimova Gulzifa onaxonning xonadonlariga tashrif buyurishdi va ularni 8-mart halqaro xotin qizlar bayrami hamda Navruz ayyomi  bilan tabriklashdi. Talabalar uyida ”Oila-tarbiya o‘chog‘i”, “Tarbiya–oiladan boshlanadi” mavzusida davra suxbatlari o‘tkazildi.

2016-2017 o‘quv yilida yangi yil bayrami arafasida ilgari “Statistika” kafedrasida ko‘p yillar mobaynida faoliyat yuritib kelgan faxriy professor-o‘qituvchilardan N.M.Soatovni, K.P.Mixaylovani, A.B.Abduvohidovni uylariga tashrif buyurib, ularni kirib kelayotgan yangi 2017-yil bilan samimiy qutlab TDIU rektori, professor B.Yu.Xodiyevning tashabbuslari bilan tashkil etilgan sovg‘a salomlarni topshirdik.

Ilmiy – tadqiqot ishlari

2016 yil yanvar-dekabrda “Statistika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari   dots. A.H.Ayubjonov, dots. Z.Akbarova, dots. B.X.Mamatqulov hamda kat.o‘qt. M.Sh.Axmedova, kat.o‘qt. A.D.Abduraxmonov, ass. B.Sh.Akbarova va ass. Z.Atamurodovlar ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat dasturini bajarilishida faol ishtirok etib, quyidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda faol qatnashdilar:

O‘zbekiston Respublikasi statistika nazariyasi va amaliyoti;

mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida aholi turmush darajasi, pul daromadlari va xarajatlarini 2000-2016 yillardagi holatini tahlil qilish;

O‘zbekiston Respublikasi mehnat bozori rivojlanishini statistik tahlil qilish;

mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida mamlakatda yuz berayotgan tovar – pul munosabatlari, pul muomalasi, baho va inflyasiya darajasini statistik tahlil qilish;

mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekistonda kichik korxonalar va mikrofirmalar faoliyatini statistik o‘rganish;

mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston iqtisodiyotidagi moliyaviy turg‘unlik jarayonlarini statistik tadqiq qilish;

mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston Respublikasidagi investitsion jarayonlar samaradorligini statistik baholash metodologiyasini takomillashtirish;

mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalari samaradorligini statistik o‘rganish metodologiyasi.

Ushbu ishlar asosan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi, kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar Markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasi bilan hamkorlikda bajarildi.

Kafedra mudiri, dotsent A.H.Ayubjonov esa “Tashqi iqtisodiy aloqalar statistikasini takomillashtirish metodologiyasi (O‘zbekiston Respublikasi misolida)” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bordi. Bundan tashqari, “Yosh statistiklar” ilmiy to‘garagida “O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetini statistik o‘rganish” mavzusida ma'ruza qildi. Toshkent moliya institutida o‘tkazilgan “O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini statistik uslublar orqali baholash va prognozlash” oliy o‘quv yurtlararo ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi. Shu bilan birga, bir nechta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda o‘z chiqishlari bilan qatnashib kelmoqda.

Kafedra dotsenti Z.Akbarova “Mehnat statistikasi” sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. “Yosh statistiklar” ilmiy to‘garagida ham talabalarga “Mehnat bozorini statistik tahlil etish” mavzusi bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berib kelmoqda. Universitetda o‘tkazilgan ilmiy tadbirlarda ham faol ishtirok etib keldi.

Kafedra dotsenti B.X.Mamatqulov “Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishning iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash  mexanizmlarini takomillashtirish (Respublika fermer xo‘jaliklari misolida)” mavzusida doktorlik ishini yozmoqda. Hozirda dissertatsiyaning 4-bobi “O‘zbekiston Respublikasi  fermer xo‘jaliklarining 1995-2015 yillardagi faoliyat natijalarini tadqiqoti”ni yozib tugatdi. “O‘zbekiston agrar sohasida xo‘jalik yuritish samaradorligini oshirish yo‘nalishlari” nomli ma'ruza bilan  “Respublika iqtisodchilar forumi”da ishtirok etdi.

Katta o‘qituvchi M.Sh.Axmedova “O‘zbekiston Respublikasida fermer xo‘jaliklar faoliyatini statistik muammolari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot ishlarini boshladi. “Yosh statistiklar” ilmiy to‘garagida ham talabalarga “Sanoat korxonalarini statistik tahlili” bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berib kelmoqda. “O‘zbekiston agrar sohasida xo‘jalik yuritish samaradorligini oshirish yo‘nalishlari” nomli ma'ruza bilan  “Respublika iqtisodchilar forumi”da ishtirok etdi.

Katta o‘qituvchi A.D.Abduraxmonov “O‘zbekiston Respublikasida aholi tabiiy harakatini statistik o‘rganish metodologiyasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ishining uchinchi bobini yakunlab hozirgi kunda tadqiqot mavzusi bo‘yicha monografiya ustida ish olib bormoqda.

Assistent B.Sh.Akbarova “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishini statistik tahlili” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda. “Yosh statistiklar” ilmiy to‘garagida ham talabalarga “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni statistik tahlili” bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berib kelmoqda. Toshkent moliya institutida o‘tkazilgan “O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini statistik uslublar orqali baholash va prognozlash” oliy o‘quv yurtlararo ilmiy-amaliy konferensiyasida o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

Ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha respublika ilmiy anjumanlarida va TDIU ilmiy anjumanlarida ma'ruzalar qilindi.

“Statistika” kafedrasi joriy yilda “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturi asosida talabalar va yosh olimlarning ilmiy izlanishlarini davom ettirib, talabalar ilmiy to‘garagini “Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida hisob va statistikani xalqaro andozalarga o‘tkazish” mavzusida ilmiy faoliyat olib bordi. Kafedra professor-o‘qituvchilar rahbarligida universitet talabalari turli mavzularda ilmiy ma'ruzalar tayyorladi va ular munosib taqdirlandi.

Har yili TDIUda o‘tkaziladigan magistrlar ilmiy konferensiyasida “Statistika” mutaxassisligida ta'lim oluvchi talabalari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining qiziqarli hamda dolzarb mavzudagi ma'ruzalari bilan faol ishtirok etishdi.

Kafedrada ilmiy seminar ish olib bordi. Unga prof. X.Nabiyev rahbarlik qilib kelmoqda. Seminar ishlarida kafedra a'zolari bilan birgalikda Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari: B.E.To‘raev, dots. A.A.Nabixo‘jaev, prof. B.K.G‘oyibnazarov, dots. B.Maxmudov, X.Yakubov, O.Ravshanov, X.Murodxo‘jayev, S. Jo‘rayev  va B.Irgashevlar ham faol ishtirok etib kelishmoqda.

Seminarda tinglanadigan ma'ruzalar kafedra a'zolari olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan uzviy bog‘liq va ularning natijalarini o‘zida aks ettiradi. Ilmiy seminar ish rejasi belgilangan muddatlarda bajarilib kelinmoqda.

Ilmiy seminarda rejadagi ma'ruzalar bilan bir qatorda iqtidorli talabalarning va magistrlarning ilmiy ma'ruzalari ham tinglanib kelinmoqda.

2016-yilning 7-iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-o‘quv binosi 1/134-xonasida “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat tarmoqlari iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘nalishlari” mavzusida muammoli seminar bo‘lib o‘tdi.

Muammoli seminarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar Markazi kafedra mudiri, akademik G‘ulomov S.S., O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bo‘lim boshlig‘i, dotsent Nabixodjaev A.A., O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasi prorektori B.K. G‘oyibnazarov, Toshkent moliya instituti “Statistika” kafedrasi mudiri dotsent Rashitova N.X., Toshkent shahar statistika boshqarmasi “Yig‘ma bo‘limi” boshlig‘i S. Jo‘rayev va Toshkent viloyati statistika boshqarmasi “Demografiya va mehnat statistikasi” boshqarmasi yetakchi mutaxassisi S.Ergashev taklif etildi. Muammoli seminarga taklif etilgan mehmonlar bilan ishtirokchilar o‘rtasida savol-javoblar va muhokamalar qizg‘in baxs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

2016-yilda kafedra professor - o‘qituvchilari dots. A.H.Ayubjonov, dots. B.X.Mamatqulov, kat.o‘q. B.M.Bozorov va kat.o‘q. S.N.Sayfullaevlar “Sog‘liqni saqlash sohasida ilmiy tekshirish va innovatsiya jarayonlarini moliyalashtirishning qulay usullarini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot ishini ikkinchi yili bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishdi. Tadqiqotning maqsadi – sog‘liqni saqlash tizimida ilmiy izlanishlar holati va natijalarini moliyaviy ta'minotini tanqidiy tahlil qilish va ularning natijasi o‘laroq ilmiy tekshirish va innovatsiya jarayonlarini moliyalashtirishning qulay usullarini yaratishdan iborat. Amaliy loyiha ishi 3 yilga (2015-2017 yillar) mo‘ljallangan.

Kafedrada bajarilgan eng katta yutuqlardan biri, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “Xalqaro statistika”, “Milliy hisoblar tizimi”, “Qurilish statistikasi”, “Sanoat statistikasi”, “Qishloq xo‘jaligi statistikasi” fanlaridan masalalar to‘plamlari tayyorlanib, nashrga topshirish arafasida turibdi. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari “Sanoat statistikasi”, “Xalqaro statistika”, “Iqtisodiy statistika”, “Statistika” “Milliy hisoblar tizimi”, “Aholi statistikasi”, “Ijtimoiy statistika”, “Statistika umumiy nazariyasi”, “Moliyaviy dasturlash”, “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”,  “Amaliy statistika” fanlaridan o‘quv-uslubiy majmualar yaratildi va elektron shakli tayyorlandi.

 

Innovatsion va tijorat faoliyati

2016-yilda kafedra Davlat Statistika Qo‘mitasi bilan innovatsion hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi.

2017-yilga statistika kafedrasi tomonidan “Elektr quvvatlovchi soyabon” nomli innovatsion g‘oya kiritilmoqda. Unda aholiga qulaylik yaratish maqsadida  uyali telefon, kompyuter va boshqa elektor yordamida ishlaydigan qurilmalarni  soyabon orqali quyosh nuridan elektr energiya berish orqali muqobil energiyadan foydalanishdir.
 

E'lonlar

Bizga murojaat