telefon: (0 371) 232-64-21
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “o‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Markazlar » O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi

  Direktor

  Rajabbayev Sharof Rahimberdiyevich

 

  Qabul vaqti

  Dushanba 1500 - 1800

 

  Telefon

  (0 371) 239-28-26

 
   Fax   (0-371) 239-28-98  

  E-mail

  director@cedr.uz 

 

  Veb-sayt

  www.cedr.uz

 

 

Markaz to‘g‘risida qisqacha ma'lumot

Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1927-sonli 2013-yil 28-fevraldagi “Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida” gi Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti vorisi sifatida tashkil etilgan.

Markaz Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ma'muriy binosining 13-14-qavatlarida o‘z faoliyatini olib bormoqda.

 

Markaz oldiga qo‘yilgan vazifalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1927-sonli Qaroriga muvofiq Markazga quyidagi vazifalar belgilangan:

- iqtisodiyotni isloh qilish va barqaror rivojlanishining ilmiy muammolari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish, chuqur tahlillar asosida iqtisodiyotning evolyusioni rivojlanish, bosqichma-bosqich modernizatsiyalash va tarkibiy o‘zgarishlar tendensiyalari, qonuniyatlari va ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, ushbu masalalar yuzasidan ilmiy asoslagan takliflar tayyorlash;

- respublika hududlarining iqtisodiy va resurs salohiyatini har tomonlama o‘rganish, ishlab chiqarish kuchlarini hududiy taqsimlanish darajasini tahlil qilish, ushbu asosda tabiiy, mineral xom ashyo va mehnat resurslaridan ratsional va nisabatan samarali foydalanish, hududlarni kompleks va teng rivojlanishi, sanoat va injenerlik-kommunikatsion va ijtimoiy infratuzilma, xizmatlar sohasini yuqori sur'atlarda rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;

- moliya bozorini shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy asoslari va metodologik muammolari, moliya-bank tizimining institutsional infratuzilmasi va samarali ishlashini yanada takomillashtirishni tadqiq etish;

- demografik jarayonlar, respublika hududlarida ularga ta'sir etuvchi omillar, shart-sharoitlar va xususiyatlarni chuqur o‘rganish, mehnat resurslari va mehnat bozorini rivojlanish darajasi, mehnat resurslaring mavjudligi va yaratilgan ish o‘rinlari tenglik darajasini hududlar kesimida tahlil qilish, ushbu asosda ratsional demografik siyosat amalga oshirish, mehnatga layyoqatli aholini ish bilan samarali band qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;

- markazda olib borilayotgan ilmiy va amaliy tadqiqotlarga o‘qituvchilar, vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislari, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va respublikadagi boshqa iqtisodiy ta'lim va ilmiy muassasalari katta ilmiy xodim-izlanuvchi, talabalarini keng jalb qilish;

- markazda olib borilayotgan tadqiqot asosida va natijalari bo‘yicha mamlakatdagi iqtisodiy oliy ta'lim muassasalari o‘quv rejasi va dasturlarida qo‘llash uchun iqtisodiy fanlarni o‘qitish sifati va darajasini oshirishga qaratlgan ilmiy va o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish;

- markaz faoliyati bo‘yicha ilmiy va analitik dokladlar tayyorlash, ilmiy konferensiya, davra suhbati, seminar va treninglar tashkil etish va o‘tkazish;

- xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, xalqaro va xorijiy universitet, tadqiqot markazlari va institutlari bilan xamkorlikda amalga oshiriladigan tadqiqotlarda qatnashish.

 

Markazda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini amaliyotga joriy etilishi

2014-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi topshirig‘iga ko‘ra, “Surxondaryo viloyatida ichki omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish omillarini joylashtirish bo‘yicha tavsiyalar” yuzasidan yozma bildirgi (mualliflik huquqi guvohnomasi №000252);

2014-yil 2-fevralda “Kriptovalyuta va ularning milliy iqtisodiyotga ta'siri” mavzusidagi Axborot ma'lumotnomasi (mualliflik huquqi guvohnomasi №000283);

2014-yil 4-martda “O‘zbekiston Respublikasi hududlarining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish darajasini hisob-kitob qilish uchun tavsiyalar”;

2014-yil 12-aprelda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasini investitsion jarayonlarga ta'siri”;

2014-yil 31-martda “O‘zbekiston Respublikasida ishchi kuchi sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarishni joylashtirish” (mualliflik huquqi guvohnomasi №000290);

2014 йил 31 июнь “Реализация прав на объекты интеллектуальной собственности в ВУЗах, созданные в результате выполнения работ, полностью или частично финансируемых за счет государственного бюджета”;

2014-yil 31-iyulda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim muassasalariga qabul miqdorini baholash tahlili va hisoblash bo‘yicha tavsiyalar” (mualliflik huquqi guvohnomasi №000249);

2014-yil 13-avgustda “O‘zbekistonda demografik xolat: muammo va rivojlanish istiqbollari” (mualliflik huquqi guvohnomasi №000248);

2014-yil 8-oktyabr “Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish, faoliyat yuritishi va rivojlantirish bo‘yicha jahon tajribasi”;

2014 йил 5 ноябрда “Совершенствование нормативно-правового регулирования инновационной деятельности в Узбекистане”;

2014 йил 11 ноябрда “Анализ социально-экономического развития Узбекистана в 2014 году и рекомендации по определению приоритетные направления экономической программы на 2015 году”;

2014 йил 12 декабрда “Рекомендации по разработке мер по реализации важнейших приоритетов экономической программы на 2015 год”;

2014 йил 19 декабрда “О повышении эффективности использования водных ресурсов”;

2014 йил 22 декабрда “Повышение эффективности использования земельных и водных ресурсов в регионах Республики Узбекистан”(муаллифлик ҳуқуқи гувоҳномаси №000289);

2015 йил 26 майда “Анализ рынка кожевенно-обувной продукции и дальнейшее развитие отраслевой промышленности” (муаллифлик ҳуқуқи гувоҳномаси №000285);

2015 йил 8 июнда “Меры по созданию благоприятной среды для развития инновационной экономики в Узбекистане”;

2015 йил 30 июнда “Анализ внутренних резервов социально-экономического роста и рекомендации по размещению производительных сил в Республике Каракалпакстан” (муаллифлик ҳуқуқи гувоҳномаси №000251);

2015 йил 31 июлда “Рекомендации по рациональному размещению производства молочной продукции в регионах Республики Узбекистан” (муаллифлик ҳуқуқи гувоҳномаси №000253);

2015 йил 28 августда “Информационно аналитические системы мониторинга и прогнозирования социально-экономического развития регионов Республики Узбекистан”;

2016 йил 18 майда “О результатах прогнозирования половозрастной и территориальной структуры численности населения Республики Узбекистан”;

2016 йил 19 августда “Причинно-следственные условия возникновения курсовой разницы и меры по ее сокращению” (муаллифлик ҳуқуқи гувоҳномаси №000286);

2016 йил 29 июлда “Программа дополнительных мер по дальнейшему совершенствованию системы государственного заказа на закупку и использование плодовощной продукции и проведения Международной плодоовощной ярмарки”;

2016-yil 29-avgustda “O‘zbekiston Respublikasining “Global innovatsiya indeksi”dagi o‘rni” (mualliflik huquqi guvohnomasi №000284);

2016-yil 4-sentabrda “Izmeneniya v sistemu yejekvartalnыx indikatorov utverjdennыe Postanovleniem Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 07.01.2011 g. za №PP-1464”;

2016-yil 20-oktyabrda “Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlashda va yangi ish o‘rinlarini tashkil qilishda tez o‘suvchi korxonalarning o‘rni” (mualliflik huquqi guvohnomasi №000288);

2016-yil 20-oktyabrda “Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha quvvatlarni unumli joylashtirish va mazkur sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar”.

 

Markaz tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlar

Markaz respublika oliy ta'lim muassasalari bilan tuzilgan kelishuvlar asosida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni olib boradi. Oliy ta'lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodim izlanuvchilar va talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Markaz tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- bakalavr va magistratura talabalari malakaviy amaliyotlarini tashkil etish va malakaviy bitiruv ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari uchun zarur ma'lumotlar bilan ta'minlash;

- magistratura bosqichi bitiruvchilari tanlov asosida ishga qabul qilish;

- iqtisodiyot yo‘nalishi mavjud bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari uchun magistrlik dissertatsiya mavzularini ishlab chiqish;

- markazda olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va talabalarni tanlov asosda jalb qilish;

- professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va talabalarga nashriy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.

OTMlar bilan tuzilgan hamkorlik memorandumlari doirasida 10ta konferensiya, 6ta davra suhbati, 8 ta ilmiy va 3 ta ilmiy-muammoviy seminarlar, 4 ta seminar treninglar o‘tkazildi quyidagi ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etildi va o‘tkazildi.

 Shu bilan birga, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kengashining 2016-yil 2-maydagi qaroriga muvofiq Markaz tomonidan “Iqtisodiyot va ta'lim” jurnali nashr qilinmoqda.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazining Internetdagi manzili — www.cedr.uz

E'lonlar

Bizga murojaat