telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Turizm va servis kafedrasi

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Kafedralar » Turizm va servis kafedrasi

 Kafedra mudiri

Adilova Zulfiya Javdatovna

 

  Qabul vaqti

900 - 1600

 

  Telefon

(0 371) 239-28-42​

 

  E-mail

kaftur@tdiu.uz

 

  Veb-sayt

www.tdiu.uz

 

Kafedra tarixi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xalqaro turizm fakulteti qoshida Xalqaro turizm menejmenti va Turizm servisi kafedralari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 30-iyundagi “O‘zbekistonda turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yuqoridagi farmon asosida qabul qilingan 1999-yil 2-iyuldagi 324-sonli “O‘zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil qilingan.

2016-yil sentyabr oyidan boshlab ikkita kafedra birlashib “Turizm va servis ” kafedrasi nomi bilan yuritilmoqda.

 

O‘quv-uslubiy ishlar

Tasdiqlangan o’quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o’qitilmoqda:

Bakalavriat:

Turizm menejmenti
Turoperatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari
Mehmonxona xo‘jaligi faoliyati tahlili
Turizmda kommunikatsiya
Turizm iqtisodi
Turizmda transport xizmatlari
Turizmda mehmonxona xizmatlari
Ekologik turizm
Xalqaro turizm
Restoran servisini tashkil qilish
Turizmda transport xizmatini tashkil qilish
Ekoturizm
Xizmat ko‘rsatish sohasida loyihalashtirish
Turizmda strategik marketing
Turoperatorlik faoliyati
Turizmda marketing tadqiqotlari
Xalqaro turizm bozori
Turizm iqtisodiyoti va menejmenti
Turizm va O‘zbekiston milliy merosi
Mutaxassislikka kirish
Mehmonxona xo‘jaligi iqtisodi
Mehmonxonalarda axborot-kommunikatsion tizimlar
Mehmonxonalarda ishbilarmonlik etiketi
Ekskursiya xizmatlarini tashkil etish
Animatorlik xizmatini tashkil etish
Restoran menejmenti
Turizmda axborot texnologiyalari
Turizm: nazariya va amaliyot
Turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmenti
Iqtisodiy va turizm geografiyasi
Turizm faoliyatini rejalashtirish

Magistratura:
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
Turmahsulotlar marketingi
Turistik marshrutlarni loyihalashtirish
Turoperator menejmenti
Turizm rivojlanishini prognozlash
Turizm bozori menejmenti

Kafedra tomonidan 5610200-“Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish”, 5610100-"Xizmatlar sohasi (turizmni tashkil qilish va boshqarish)" bakalavriyat ta’lim yo’nalishi va 5A610301-«Turizm (xalqaro turizm menejmenti)» magistratura mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlanadi.

 

Kafedraning ilmiy salohiyati

Turizm va servis kafedrasi bugungi kunda yuqori ilmiy salohiyatga ega bo‘lib, unda 4 nafar fan doktori, professorlar, 8 nafar  fan nomzodi, dotsentlar,  4 nafar katta o‘qituvchi va 7 nafar assistent faoliyat olib borish bilan birga, ular orasida 2 nafar mustaqil tadqiqotchi o‘zlarining doktorlik  ilmiy ishlarini yakunlab, himoya jarayonlariga tayyorgarlik olib bormoqdalar. 

 

Kafedra yutuqlari

Keyingi yillarda Turizm va servis kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan bakalavr yo‘nalishida 20 tadan ortiq o‘quv qo‘llanma, darsliklar va “Xalqaro turizm menejmenti” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha hamda barcha fanlar bo‘yicha yangi pedagogik texnologiyalar, o‘quv - uslubiy majmualar va modullar tayyorlanib, chop etildi. Yaratilgan barcha o‘quv qo‘llanma va darsliklar O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi griflari asosida chop etilgan, “Turizm”, “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishi uchun ishlab chiqilgan namunaviy o‘quv dasturlar vazirlik tomonidan tasdiqlanmoqda, tayanch oliygoh sifatida boshqa turdosh o‘quv muassasalariga foydalanish uchun taqdim etib kelinmoqda.

 

Malaka oshirish

Kafedra professor-o‘qituvchilari Turkiyaning “Mugla”, “Hajet Tepa” hamda “Dokuz Eylul”  universitetlarining “Xalqaro turizm” fakultetlarida taxsil olgan mutaxasislar hisoblanadi. Shuningdek, oxrigi yillar bir qator kafedramiz professor-o‘qituvchilari xalqaro munosabatlar doirasida Avstriya, Belgiya, Ispaniya, Portugaliya, Sloveniya, Qozog‘iston hamda innovatsion menejment sohasi bo‘yicha Rossiyada, Gretsiyada, Indoneziyada, Misr Arab Respublikasi, Malayziyada va AQShda malakasini oshirib kelishgan.

Katta o‘qituvchi A.Ablakulov – 3 fevraldan 20 fevralgacha Yaponiyaning Sapporo shaxrida bo‘lib qaytdi.

Katta o‘qituvchi Sh.Sayfutdinov - Shvetsiya va Polshada Erazmus Mundus loyihasi doirasida bo‘ldi.

Katta o‘qituvchi M.Tariqulov – 2013-2014 yy. Gretsiyada ilmiy tadqiqot olib borish maqsadida o‘z malakasini oshirib qaytdi 

 

Talabalarimizning ilmiy-amaliy yutuqlari

“Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishi talabalari muntazam ravishda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilayotgan barcha ilmiy-amaliy tanlovlarda faol qatnashib, oliy o‘rinlarni egallab kelmoqdalar. Jumladan, 2014-15 y.y. TL-61 guruhi talabasi U.Mamadaliev Aleksandriya Texnologik institutida «Turizm menejmenti» yo‘nalishida «Erasmus Mundus», TOSKA II:  xalqaro loyixa doirasida taxsil olib keldi. Shuningdek,  bitiruvchi talabamiz M.Eshonxonov ilmiy maqolasi asosida “Kar'era kuniga” bagishlangan  tanlovida  “Eng yaxshi taqdimot” nominatsiyasida faxrli 1-o‘rinni egalladi, 3-bosqich talabasi M.Xaydarova “O‘zbekistonda turizm infratuzilmasi rivojlanishi” mavzusida o‘tkazilgan tanlovida “Eng yaxshi yil loyihasi” nominatsiyasida faxrli 1-o‘rinni egalladi. “Xalqaro turizm menejment” mutaxassisligi 1-bosqich magistri Sh.Ro‘ziev   “Alisher Navoi” nomli davlat stependiati bo‘ldi. Shu bilan birga, “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishi talabasi A.Ikramov “Turizm va servis” kafedrasi mudiri i.f.d.,prof. Z.Adilova bilan hammualiflikda “O‘zbekiston respublikasining ekoturistik salohiyati va imkoniyatlari”  monografiyasini chop etishdi.

2016-yil “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishi bitiruvchi talabasi U.Mamadaliyev  “Ingliz tilida eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi” doirasida OTM o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovida qatnashdi.

 

Ta'limda ilm-fanning  amaliyot bilan integratsiyasi


Ta'lim va amaliyotni samarali integ-ratsiyasini ta'minlash maqsadida  “Turizm va servis” kafedrasi  “O‘zbekturizm” MKsi mutaxassislari bilan uzviy aloqada faoliyat olib borib, kompaniyaning bir qancha yetuk mutaxas-sislari jumladan, A.Aqqulov , ye. Golûsheva, I.Islomov, M.Mirzaxidov, «Aznur-Trevel» U.Nurmatov, «Shark-Intur» N. Xalikulov  va «Uzintour» B.Shotulyaganov turistik korxonalari rahbarlari  hamda Le “Grand Plaza” mehmonxona direktor o‘rinbosari Z.Gofurov yo‘nalish talabalariga dars berish jarayonida hamda talabalarning malakaviy bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalari himoya etish jarayonlarida faol ishtirok etmoqdalar.

Kafedra o‘quv jarayonini samarali tashkil etish maqsadida bakalavriatda “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishlari, magistraturada “Xalqaro turizm menejmenti” mutaxassisligi bo‘yicha kafedra tomonidan ishlab chiqilayotgan davlat ta'lim standart-lari, o‘quv reja, namunaviy va ishchi dasturlar, ma'ruza matnlari, o‘quv adabiyot va darsliklar “O‘zbekturizm” MKsi hamda soha mutaxassislari tomonidan muntazam eksper-tizadan o‘tkazilib, o‘quv jarayoniga tadbiq etilmoqda. Bu esa o‘z navbatida o‘quv jarayonini iloji boricha amaliyotga yaqinlashtirishga hamda bitiruvchilarimizni kelgusida ish bilan ta'minlash jarayonini osonlashtirishga yordam bermoqda. Bunga kafedraning nafaqat “O‘zbekturizm” MKsi bilan balki, respublikada tashkil etilgan ko‘pgina turistik firmalar, mehmonxona va oromgohlar komplekslari bilan jumladan, «INTERSERVIS», «OTEL O'ZBEKISTON», «RADISSON BLU», «CITY PALACE» GRAND MIR,  LE «GRAND PLAZA», MIRACLE hotel, «Uzintour», «Aznur-Trevel», «JannatOromi», «Turkturizm», PX «Servis», «Bildirsay», «Sharq-Intour» va boshqa bir qancha turistik korxonalar bilan hamkorlik shartnomalari tuzayotganligi turtki bo‘lmoqda.

E'lonlar

Bizga murojaat