telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Universitet faxri

You are here

Bosh sahifa » Faoliyat » Ilmiy faoliyat » Universitet faxri

Biz ular bilan faxrlanamiz

Mamlakatimizda qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida iqtidorli o‘quvchilar, talabalar va aspirantlarni qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Buning natijasida yoshlar sport, fan va ta'lim sohasida o‘z iqtidorlarini yanada to‘laroq namoyon qilmoqdalar, ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritmoqdalar. Quvonarlisi joriy o‘quv yilida ta'lim dargohimizning 1 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, 2 nafari esa Navoiy nomli davlat stipediyasi sovrindori bo‘ldi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori


Abdurahmonov Abduqahhor Abduqodir o‘g‘li

Iqtisodiyot fakulteti, Makroiqtisodiyot ta'lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

Abduqahhor Abdurahmonov iqtidori va o‘ziga bo‘lgan talabchanligi tufayli fan va xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishga bor e'tiborini qaratdi. Buning samarasi o‘laroq, universitetda o‘tkazilgan “Konstitutsiya bilimdoni” hamda “Ingliz tili bilimdoni” tanlovlarida g‘olib bo‘ldi. 2015 yilda ingliz tilini bilishi to‘g‘risida 6 ballik xalqaro “IELTS” sertifikatini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 2015-2016 o‘quv yilida “Makro va Mikroiqtisodiyot” fanidan o‘tkazilgan respublika fan olimpiadasining respublika bosqichida faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
2014-2016 yillarda o‘tkazilgan “O‘zbekiston iqtisodiyotini yangi bosqichga ko‘tarishda yosh olimlar tadqiqotlari va innovatsiyalarining o‘rni”, “O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida yoshlarning o‘rni” va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: erishilgan natijalar va rivojlanish istiqbollari” nomli talabalar ilmiy-amaliy anjumanlarida birinchi o‘rinlarga egalik qildi. 
U universitet va fakultet ilmiy-tadqiqot va ma'naviy-ma'rifiy ishlarida faol qatnashib kelmoqda. O‘zbek, ingiliz va rus tillarini mukammal biladi. Dars mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtlarida vebdasturlash bilan shug‘ullanadi va hozirgi kunda www.tridantus.uz nomli axborot portaliga asos solgan.
Bugungi kunda “Milliy iqtisodiyotga jalb etilayotgan investitsiyalarni baholash, barqaror iqtisodiy o‘sish va bandlik muammolari” masalalari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Informatsion texnologiyalarni o‘rganish, kitob o‘qish, Yunon-rum kurashi sporti bilan shug‘ullanish, chet tillarini o‘rganish va VeB dasturlash Abduqahhorning qiziqishlari doirasiga kiradi.


O‘zbekiston Respublikasi Navoiy nomli davlat stipediyasi sovrindorlari

 


Obidov Said Amirxon Ferdavsiy o‘g‘li
Iqtisodiyot fakulteti Kadrlar menejmenti ta'lim yo‘nalishi, 4-bosqich talabasi

XXI asrga kelib nafaqat O‘zbekiston balki butun dunyoda iqtisodiyotga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta'sir qiladigan, iqtisodiyotning o‘sishini ta'minlashda muhim ro‘l o‘ynaydigan, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa soxalarda band bo‘lgan korxona va tashkilotlar rivojining 95 foizini kadrlar ta'minlaydi. Bu esa har qanday korxona va tashkilotda kadrlar menejmentining dolzarbligini, muhimligini ko‘rsatmoqda. “Kadrlar menejmenti” ta'lim yo‘nalishida tahsil olayotgan Said Amirxon Obidov ushbu jihatlarni hisobga olgan holda xorijiy gigant kompaniyalarda kadrlar menejmenti qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi, ustunlik jihatlari va milliy korxonalariimizdagi holat bilan farqini o‘rganish, rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o‘zimizda qo‘llash yo‘l yo‘riqlarini o‘rganib kelmoqda va turli xil ilmiy-amaliy konferensiya, ilmiy seminarlarda faol qatnashib kelmoqda.

U “Business Triumph” marketing agentligi tomonidan o‘tqazilgan Mini MBA biznes kursida muvaffaqiyatli ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlangan. Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan talabalar konferensiyasida “Kadrlarni tanlash va ishga yollash” mavzusida o‘z taqdimoti bilan qatnashib faxrli 2-o‘rinni egallagan. “O‘zbekistonning ijtimoiy mehnat tizimi: hozirgi holat va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi iqtidorli talabalar ilmiy-amaliy seminari qatnashchisi. “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: erishilgan natijalar va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi universitet talabalar ilmiy-amaliy anjumanida “Personalni boshqarish tizimida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish” nomli taqdimnomasi bilan ishtirok etgan. Nemis tili bo‘yicha talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan olimpiyadaning 1-bosqichida 1-o‘rinni egallagan.


Jalolova Nodiraxon Ravshanxon qizi
Iqtisodiyot fakulteti Kasb ta'limi (iqtisodiyot) yo‘nalishi talabasi

2013-yildan buyon universitetning Kasb ta'limi (iqtisodiyot) yo‘nalishida tahsil olib kelmoqda. 2015-2016-o‘quv yilida “Kamolot stipendiyasi” sovrindori bo‘lgan.

Nodiraning xorijiy nashrlarda 8 ta, jurnallarda 3 ta maqolasi chop etilgan. Shuningdek, u tomonidan 7 ta ilmiy-ommabop risola nashr etilgan. Turli anjuman va ilmiy seminarlarda faol ishtirok etib, 6 ta xorijiy sertifikat, 17 ta respublika miqyosidagi sertifikat sohibasi bo‘lgan. Uning 11 ta ilmiy maqolalari va 18 ta ilmiy tezislari respublika va xorijiy konferensiyalar to‘plamlarida chop etilgan.

 


Talabalar Respublika fan olimpiadasida g‘olib bo‘lgan talabalar ro‘yxati

 

 

 

 

Hasanova Hilola Ixtiyorovna

 

 

 

2016-yil Menejment va marketing” respublika fan olimpiadasining respublika bosqichida 1-o‘rin sovrindori. Uning ilmiy rahbari professor N.Q. Yo‘ldoshev.

 

 

 

 

 

Shoraxmatov Suxrob Sunnat o‘g‘li

 

 

 

2016-yil Buxgalteriya hisobi va audit” respublika fan olimpiadasining respublika bosqichida 1-o‘rin sovrindori. Uning ilmiy raxbari katta o‘qituvchi M.S. To‘layev.

 

 

 

Abduraxmonov Abduqaxxor Abduqodir o‘g‘li

 

 

 

2016-yil Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot” respublika fan olimpiadasining respublika bosqichida 1-o‘rin sovrindori. Uning ilmiy raxbari professor B.T. Salimov.

 

 

 

Xoshimxodjayev Shuhrat Sharafutdin  o‘g‘li

 

 

 

2016-yil Informatika va axborot texnologiyalari” respublika fan olimpiadasining respublika bosqichida 1-o‘rin sovrindori. Uning ilmiy raxbari dotsent I.Ye. Jukovskaya.

 

 

 

Xudoynazarova Sarvinoz Qarshi qizi

 

 

 

2016-yil Servis” respublika fan olimpiadasining respublika bosqichida 2-o‘rin sovrindori. Uning ilmiy raxbari dotsent S.R. Safayeva.

 

 

 

G‘aniev Akmal Norboy o‘g‘li

 

 

 

2016-yil Ingliz tili” respublika fan olimpiadasining respublika bosqichida 2-o‘rin sovrindori. Uning ilmiy rahbari o‘qituvchi A.T. Abduraxmonova.

 

 

Egamov Xurshidjon  Shukurjon o‘g‘li

 

2016-yil “Iqtisodiyot nazariyasi” respublika fan olimpiadasining respublika bosqichida 3-o‘rin sovrindori. Uning ilmiy rahbari katta o‘qituvchi Q. Sharipov

 

 

E'lonlar

Bizga murojaat