telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Xalqaro aloqalar bo‘limi

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Bo‘limlar » Xalqaro aloqalar bo‘limi

  Bo‘lim boshlig‘i

Zufarova Nozima Gulamiddinovna

 

  Qabul vaqti

900 - 1600  

 

  Telefon

(0 371) 232-63-80

 

  E-mail

blxalo@tdiu.uz

 

  Veb-sayt

www.tdiu.uz

 


O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan boshlab maqsadli tarzda bozor munosabatlariga o‘tish dasturini amalga oshirmoqda, unda muhim o‘rinni jahon talablariga javob beradigan, ya’ni yuqori professional darajadagi, tadbirkorlik qobilyatiga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.

1991-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Xalqaro aloqalar bo‘limi ochishga zaruriyat tug‘ildi va bugunda jahonning yetakchi universitet va ilmiy markazlari bilan xalqaro aloqalar o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublikada yetakchi o‘rinda turadi. Universitetda zamonaviy halqaro tajribaga asoslangan tashqi iqtisodiy profildagi mutaxassilar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha keng miqiyosdagi dastur ishlab chiqilgan. O‘zbekiston va chet eldagi tashqi savdo muassalarida va qo‘shma korxonalarida mutaxassislar va professor-o‘qituvchilarni tajriba oshirishlari uchun dastur belgilangan. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, xususan, kadrlarni o‘qitishda hamkorlik qilish, ilmiy-tadqiqot ishlar, anjumanlar, simpoziumlar o‘tkazish masalalari bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa qilish jarayonni faol rivojlantirilmoqda.

 

Xalqaro aloqalar bo‘limi quyidagi masalalar bilan shug‘ullanadi:

  • chet el ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni va do‘stlikni rivojlantirish va mustahkamlash;
  • milliy kadlar tayyorlashda rivojlanayotgan davlatlarga yordam berish;
  • xorijiy ta’lim muassasalaridagi fan va texnika sohasidagi ijobiy yutuqlarni o‘rganishda ko‘maklashish va o‘zbek tilini chetelda targ‘ib qilishda hamkorlik qilish;
  • TDIU olim va mutaxasislarini xalqaro ilmiy forumlar faoliyatida qatnashishlarini joriy qilish;
  • kadrlar tayyorlash tizimi va ilmiy tadqiqotni rejalashtirish bilan tanishtirish;
  • ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish;
  • o‘qish, ilmiy-amaliy tajriba ortirish, malaka oshirish va chet tillarni bilish darajasini rivojlantirish;
  • o‘zbek tilini o‘qitishni chet elda rivojlantirish;
  • ilmiy forumlarda, xalqaro ilmiy kongresslarda va anjumanlarda qatnashish;
  • dolzarb ilmiy muammolar bo‘yicha lekstiyalar o‘qish va chet elda tarqatish.

 

Xalqaro aloqalar bo‘lim funkstional majburiyatlari quyidagi shaklda tasdiqlangan:

Bo‘lim boshlig‘i

  • bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarining umumiy boshqaruvi;
  • chet elga chiqish uchun nomzodlar tanlashni nazorat qilish;
  • xorijdan mehmonlar, delegastiyalar, amaliyotchilar va aspirantlar qabul qilishni tashkillashtirish;
  • xalqaro loyihalar va dasturlarni tayyorlash va ularni boshqarish va ularning natijalarini umulashtirish va tahlil qilish;
  • yuqori instanstiyalar bilan aloqada bo‘lish;
  • chet el oliy ta’lim muassalari bilan xalqaro almashinuv dasturlari doirasida marosimlar rejalashtirish va o‘tkazish;
  • chet el oliy ta’lim muassalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri kelishuvlar olib borish va tashkillashtirish;
  • muzokaralar olib borish;
  • elchixonalar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘qish va malaka oshirish masalalar bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish; 
  • yillik hisobot tayyorlash;
  • chet el oliy ta’lim muassalari bilan ish aloqalarini olib borish;
  • chet el oliy ta’lim muassalari bilan zamonaviy va to‘g‘ri yozishmalarni olib borilishini nazorat qilish;
  • xorijiy deligatsiya va mutaxassislarni qabul qilish;
  • elchixonalar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘qish va tajriba amaliyot dasturlari masalasida aloqa qilish.

Nazoratchi

  • kelish va ketish hujjatlarini rasmiylashtirish,
  • Toshkent davlat iqtisodiyo universitetida o‘qiyotgan xorijiy talabalarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘qiyotgan xorijiy talabalarning davlatlaridagi muhim sanalarini nishonlash;
  • yuqori instanstiyalar bilan xalqaro talabalarning o‘qishi masalasida aloqada bo‘lish;
  • hujjatlarni va xatlarni tarjima qilish;
  • xorijiy talabalarni o‘qishga qabul qilish va ular bilan shartnomalar tuzish.

 

E'lonlar

Bizga murojaat