telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Xalqaro turizm

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Fakultetlar » Xalqaro turizm

  Dekan

  Rasulov Nodirbek Madrahimovich

 

  Qabul vaqti

  1400 - 1600

 

  Telefon

  (0 371) 239-28-59

 

  E-mail

  dekxt@tdiu.uz

 

  Veb-sayt

  www.tdiu.uz

 

Fakultet tarixi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Xalqaro turizm fakulteti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 30-iyundagi “O’zbekistonda turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash to’g`risida”gi Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yuqoridagi farmon asosida qabul qilingan 1999-yil 2-iyuldagi 324-sonli “O’zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g`risida”gi Qarori asosida tashkil qilingan. Fakultetga 1999-2003-yillarda prof. G. Nazarova, 2003-2006-yillarda dotsent M. Irmatovlar rahbarlik qilgan. Hozirgi kunda fakultetni Rasulov Nodirbek Madrahimovich boshqarib kelmoqda.

Fakultet dekanati va kafedralari o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining oliy ta’lim muassasalari ish faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha qabul qilgan qarorlariga tayangan holda, shuningdek, universitet Ilmiy Kengashi qarorlari hamda rektor buyruqlari asosida olib bormoqda.

Fakultetda Turizm va servis (kafedra mudiri Z. Adilova), Marketing (kafedra mudiri Sh. Ergashxodjayeva), O‘zbekiston tarixi (kafedra mudiri M. Ganiyeva) va Jismoniy madaniyat (kafedra mudiri dotst A. Istomin) kafedralari o’z faoliyatini olib bormoqda.

 

O‘quv-uslubiy ishlar

Fakultetda o’quv, o’quv-uslubiy ishlar tasdiqlangan rejalar asosida olib boriladi. Fakultet dekanatida mazkur o’quv yillarida belgilangan ish reja, reyting tizimi to’g`risidagi “Namunaviy nizom”, bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha Davlat ta’lim standartlari, na`munaviy va ishchi o’quv rejalari  hamda dasturlari mavjud.

Fakultetda bakalavriat yo’nalishi o’quv rejasiga asoslanib, o’quv-uslubiy boshqarma tomonidan tasdiqlangan o’quv rejasiga muvofiq dars jadvallari har bir fanlarni soatlariga asoslangan holda ma’ruza va amaliy mashғulot darslarining olib borilishi dekanat tomonidan nazorat qilinib borilgan, shuningdek, sifatli dars jarayonlarini tashkil qilish uchun ilғor pedagogik texnologiya va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida hamda multimediya apparaturalaridan foydalangan holda darslarni olib borishga erishildi.

Fakultetda “O’ZBEKTURIZM” Milliy Kompaniyasi va “Yasmina-tur” turistik kompaniyasi bilan hamkorlikda iqtidorli talabalarning “DEBAT KLUBI” faoliyat olib bormoqda. “DEBAT KLUB”da shu kunning eng dolzarb mavzularida o’zaro bahs-munozara, fikrlar almashinuvi qizg`in tarzda bo’lib o’tadi. Shuningdek, fakultetda ta’lim olayotgan talabalar o’rtasida “INTERCONTINENTAL”, “GRAND MIR HOTEL”, “RADISSON HOTEL” mehmonxonalari va “O’ZBEKTURIZM” Milliy Kompaniyasi bilan hamkorlikda “ENG YAXSHI STOL SERVISI” mavzusidagi master klass o’tkazilib kelinmoqda.

 

2011/2012-o’quv yilida TS 52-guruh talabasi Xusanov Dilshod “Servis” yo’nalishi bo’yicha Samarqand iqtisodiyot va servis institutida o’tkazilgan fan olimpiadasi Respublika bosqichida 2-o’rinni egalladi. 2011 yil “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qilinishi fakultet talabalarini yanada ruhlantirgan holda ma’suliyatini oshirdi. Xususan, fakultet tashabbusi bilan hamda turistik firmalarning homiyligi ostida “O’ZBEKISTONDA TURIZM VA SERVISNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI” mavzusida o’tkazilgan referatlar ko’rik tanlovida fakultetning uch nafar talabasi sovrinli o’rinlarni egalladilar. 2011 yil mamlakatimiz Prezidenti tomonidan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”deb e`lon qilingan munosabati bilan “O`zsanoatqurilishbank” OATB tomonidan talabalar o`rtasida “Eng yaxshi innovatsion biznes g`oya” tanlovi o`tkazildi. Ushbu tanlovda  Ishanov Laziz “Hamisha navqiron va ko`hna diyor” dasturiy loyihasi bilan faxrli birinchi o`ringa loyiq deb topildi va noutbuk bilan taqdirlandi.  

2012-yil 19-20-aprel kunlari fakultetning bir guruh talabalari, jumladan Sulaimanov SH. (TJ-75), Xaitboev A. (TJ-75), Yuldashev M. (TS-83), Umarov B. (TU-41) hamda guruhga rahbar sifatida “Xalqaro turizm” fakulteti dekani muovini B. Mamayevlar Donetsk turizm biznesi institutida “Sanoat turizmi: muammolar rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro talabalar ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etib, malaka oshirishib keldilar.

 

Fakultet ishlab chiqarish bilan aloqasi

Fakultet dekanati va kafedralarida ta’limning ishlab chiqarish bilan real integratstiyasini amalga oshirish bo’yicha reja ishlab chiqilgan. Rejaga asosan “O’zbekturizm” MK, “O’zintur”, “Silk-Road”, “Yasmina tour”, “Planetatur”, “Sabotli” kabi turistik firmalar, “Interkontinental”, “Tashkent-Palas”, “Dedeman”, “Malika” kabi mehmonxonalar bilan shartnomalar tuzilgan. Rejalarga asosan ishlab chiqarish korxonalarida talabalar amaliyotlarini tashkil qilish bilan birga professor-o’qituvchilarning malakasini oshirish ham kelishib olingan. Natijada fakultetning 4–kurs talabalari mutaxassislik fanlardan mashgulotlarni bevosita “O’zbekturizm” MKning o’quv - maslahat markazida, mehmonxonalarda va turli turistik firmalarda o’tmoqdalar hamda bu jarayonga amaliyotning malakali mutaxassislari jalb qilingan.

  

E'lonlar

Bizga murojaat