telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Xodimlar bo‘limi

You are here

Bosh sahifa » Tuzilma » Bo‘limlar » Xodimlar bo‘limi

  Bo‘lim boshlig‘i

   Mingazova Liliya Rifkatovna

 

  Qabul vaqti

   900 - 1600  

 

  Telefon

(0 371) 239-01-19

 

  E-mail

blxod@tdiu.uz

 

  Veb-sayt

www.tdiu.uz

 

 

Xodimlar bo‘limi boshlig‘ining lavozim vazifalari:

- o‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro  intizomiga rioya qilish;
- universitet bo‘linmalarini bo‘lim rahbarlari bilan birgalikda malakali yetuk kadrlar bilan ta'minlash;
- kadrlardan joylarda unumli foydalanishlarini va ularni hisobini yuritish;
- kadrlar qo‘nimsizligi masalalarini tahlil qilish va shu masalalar yuzasidan o‘z takliflarini berib borish;
- boshqa bo‘lim boshliqlari bilan birgalikda kadrlar masalasiga oid hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish;
- universitetda ishlayotgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va o‘qiyotgan magistrlar va bakalavriat bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning shaxsiy delolarini saqlashnishini ta'minlash;
- professor-o‘qituvchilarning tanlovdan o‘tish vaqtini aniqlash va axborot tayyorlashni nazoratga olish;
- universitet xodimlariga guvohnomalar va ma'lumotlar tayyorlashni tashkil etish;
- Oliy ta'lim vazirligi va boshqa hisobot talab qiluvchi tashkilotlarga kadrlar masalasida hisobotlar tayyorlash;
- xodimlarga yuritiladigan mehnat daftarchalarini bo‘lim nazoratchilari tomonidan yurgizilishini nazorat qilib borish;
- xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, lavozim o‘zgarishlari bo‘yicha buyruqlarning loyihasini tayyorlash va rahbariyatga kiritilishini nazoratga olish;
- Oliy ta'lim vazirligidan olinadigan diplom blankalarini saqlanishi va yuritilishini nazoratga olish;
- fakultet dekanlari tomonidan tayyorlanadigan buyruqlarni ro‘yxatga olinishini nazoratini yuritish;
- Oliy ta'lim vazirligidan olinadigan akademik ma'lumotnomalar blankalarini nazoratini yuritish;
- Kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda xodimlarning mehnat intizomini buzganligi tufayli ishdan bo‘shatish nazoratini yuritish;
- Xodimlar bo‘limida ishlovchi nazoratchilarni o‘z vazifalarini qay darajada bajarayotganliklarini kuzatib borish;
- Talabalar bilan ishlash bo‘limida mavjud bo‘lgan shaxsiy delolar va har bir talabaga ochilgan talabalik kartochkalarini harakatini nazoratga olish;
- Xodimlar bo‘limi tomonidan tayyorlanadigan barcha hisobotlarni o‘z vaqtida topshirilishini nazoratga olish;
- ishdan bo‘shatilgan xodimlarning va o‘qishni tugatgan talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivga topshirilishini nazoratga olish;
- har yili qabul komissiyasidan o‘qishga qabul qilingan 1 kurs (bakalavr) talabalari va magistratura tinglovchilari va ikkinchi oliy ta'limga qabul qilinganlarning shaxsiy hujjatlarini qabul qilinishini nazorat qilish.

E'lonlar

Bizga murojaat