telefon: (0 371) 232-64-21

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart

Yosh olimlar kengashi

You are here

Bosh sahifa » Faoliyat » Ilmiy faoliyat » Yosh olimlar kengashi

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2013-yil 18-iyundagi 171-sonli buyrug’iga asosan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Yosh olimlar” kengashi tashkil qilindi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Yosh olimlar kengashi” ilmiy tadqiqot va ijod bilan shug’ullanuvchi yoshlarni birlashtirish, TDIUda yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tizimli asosda yo’naltirish, mavjud ilmiy maktablar an’analarini davom ettirish hamda yangi ilmiy maktablarni shakllantirishga zamin yaratish, yosh olimlar, kasbiy va ijtimoiy-maishiy miqyosdagi ilmiy-ijodiy faoliyatini qo’llab-quvvatlash, TDIUda fundamental, amaliy va innovastion tadqiqotlarni rivojlantirish orqali ta’lim sifatini oshirish va  shu tarzda ilmiy kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda yosh olimlar ijodiy yutuqlarini targ’ib qilishda ko’maklashish vazifalarini amalga oshirishga xizmat qilib kelmoqda.

Kengash faoliyati yosh olimlar jamoat tashkilotining asosiy yo’nalishlari va faoliyat shaklini belgilab beruvchi O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi, “Ta’lim to’grisida”gi va boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Universitet  rektoratining buyruqlari, qarorlari va ko’rsatmalari,o’zining “Nizomi” va “Yillik ish reja”si asosida faoliyat olib bormoqda.Kengash a’zolarining soni bugungi kunda 24 nafarni tashkil qiladi, ular o’zlari tanlagan ilmiy ishlari ixtisosliklariga mos ravishda 6ta sho’balarga bo’lingan holda faoliyat yuritishmoqda. Har ikki xaftada bir marta  o’tkaziladigan Kengash yig’ilishlarida yosh olimlar tomonidan turli xil mavzulardagi ilmiy masalalar, muammolar, kamchiliklar muhokama qilinmoqda.

“Yosh olimlar kengashi”  a’zolari tarkibining asosiy qismi katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil tadqiqotchilar hamda kelajakda o’z oldiga doktorlik dissertastiyasini himoya qilishni maqsad qilib qo’ygan yoshlardan iborat ekanligini hisobga olib  6 sentyabr kunidagi kengash yig’ilishida “Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash” bo’limi boshlig’i G.I.Malashina –“Aktualnost nauchno issledovatelskoy deyatelnosti v Respublike Uzbekistan” mavzusida,  universitet ixtisoslashgan kengashi kotibi Samadov A. – “Doktorlik dissertastiyasini himoyasi qilishda qabul qilingan yangi nizomlar va o’zgarishlar” mavzusidagi ma’ruzalari tashkil qilindi.

“Yosh olimlar kengashi”ning “Yillik ish rejasi”ga muvofiq chet mamlakatlarda o’qib, ilmiy–amaliy malaka oshirib qaytgan yosh mutaxassislar bilan hamkorlikda 20 sentyabr kuni “Ijtimoiy sohalar menejmenti” kafedrasi katta o’qituvchisi To’raev J.ning “Yaponiya ta’lim tizimi va uning o’ziga xosliklari”, 6 dekabr kuni “Iqtisodiy nazariya” kafedrasi”ning katta ilmiy xodim-izlanuvchisi Xolov J.ning “Hindiston iqtisodiyoti va uning O’zbekiston iqtisodiyoti bilan solishtirgandagi farqlari” mavzusidagi ma’ruzalari asosida semenarlar o’tkazildi.

“Yosh olimlar kengashi” a’zolarining o’z ixtisosliklari bo’yicha Respublikamizda o’tkazilayotgan ilmiy – amaliy anjumanlardagi ishtirokini ta’minlash va bilimlarini boyitish maqsadida Tashqi iqtisodiy faoliyat kafedrasi katta ilmiy xodim – izlanuvchisi Meliqulov A.N., 28-29-noyabr kunlari Termiz davlat universitetida o’tkazilgan “XXI asr - intellektual yoshlar asri”  shiori ostidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etib, 6 dekabr kunidagi navbatdagi Kengash yig’ilishida safar taassurotlari va anjumanda muhokama qiloingan masalalar yuzasidan hisobot berdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya instituti bilan hamkorlikda o’tkazilgan qo’shma ilmiy-amaliy semenarlarda ham “Yosh olimlar kengashi” a’zolari faol ishtirok etdilar. Jumladan, “Iqtisodiy fanning barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashdagi o’rni (xalqaro tajriba)”, “Davlat budjeti g’azna ijrosi va uni takomillashtirish masallari”, “Regional siyosatni metodologik jihatlari”, “Ishlab chiqrishni modernizastiyalashni fiskal rag’batlantirishni samaradorligini oshirish”  kabi mavzulardagi ma’ruzalarida ishtirok etdilar.

“Yosh olimlar kengashi”  a’zolarining sho’balari yig’ilishi har oyda bir marta tashkil qilinmoqda,8 noyabr kuni “Tashqi iqtisodiy faoliyat sho’basi”ning taqdimoti o’tkazildi unda,Tashqi iqtisodiy faoliyat kafedrasi tadqiqotchisi Ostonaqulova G.M. – “Brend va uni shakllantirish masalalari” va Tashqi iqtisodiy faoliyat kafedrasi katta ilmiy xodim – izlanuvchisi Meliqulov A.N.- “O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari”mavzularida taqdimot qildilar.

E'lonlar

Bizga murojaat